"Atletiko" so‘nggi vaqtlarda "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Yunayted" va, albatta, "Barselona" kabi klublar bilan bog‘lanayotgan hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘yib yubormoqchi emas. Madridliklar Alvaresni saqlab qolish niyatida va u bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda.
Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko‘ra, "Atletiko" allaqachon 26 yoshli Alvaresga shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif yuborgan. Nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari Xulian Alvaresni 100 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda argentinalik forvard 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va sheriklariga 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Atletiko" navbatdagi uchrashuvini 18 fevral kuni Chempionlar ligasi doirasida safarda "Bryugge"ga qarshi o‘tkazadi.