"Arsenal" ustozi Mikel Arteta jamoa yetakchilaridan biri — Bukayo Sakaning universalligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Saka "o‘nlik" pozisiyasida? O‘ylashimcha, bu unga yoqadi. U o‘ziga chaqiruv tashlaydigan har qanday narsani xush ko‘radi. Nimanidir isbotlashi kerak bo‘lgan har qanday vaziyat uning ichida olov yoqadi. Bu ijobiy holat. Vaziyatdan kelib chiqib, biz Sakaning pozisiyasi bilan bog‘liq turli variantlardan foydalanishimiz mumkin. Bu juda ajoyib", — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Mikel Arteta hozirda "Arsenal"ni Angliya chempionati doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi safar o‘yiniga tayyorlamoqda. Jamoalar chorshanba, 18 fevral kuni o‘zaro to‘qnash kelishadi.