Italiya A Seriyasining 2025/2026 yilgi mavsumi 26-turi doirasida "Yuventus" va "Komo" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Daniele Doveri boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqargan bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi kutilmagan g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi hisob 12-daqiqadayoq mehmonlar himoyachisi Mergim Voyvoda tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida esa yarim himoyachi Maksans Kakere Sesk Fabregas shogirdlarining ustunligini mustahkamladi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng "Yuventus" 46 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog‘onasida qoldi. "Komo" esa ochkolarini 45 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
A Seriya. 26-tur
21.02.2026 | 19:00
«Allyans», Turin
«YUVENTUS» — «KOMO» — 0:2
Gollar: Voyvoda 11’ (0:1), Kakere 61’ (0:2).
«Yuventus»: Di Gregorio, Kelli, Kopmeyners, Gatti, Lokatelli, Tyuram (Boga, 74), Kambyaso (Adjich, 83), Makkenni, Kenan Yildiz (Kostich, 83), Miretti (Konseysau, 46), Openda (Devid, 74).
«Komo»: Byute, Kempf, Ramon, ValYE, Smolchich, Perrone, Da Kunya (Diyegu Karlos, 74), Kakere (Moreno, 86), Baturina (Serji Roberto, 60), Voyvoda (van der Brempt, 74), Duvikas (Morata, 86).
Ogohlantirishlar: Lokatelli (73).