Fransiya Ligi 1ning 23-turi doirasida "Lans" va "Monako" jamoalari o‘rtasida haqiqiy "triller" guvohiga aylandik. Safarda o‘ynagan monakoliklar 3:2 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yin kutilmagan ssenariy asosida kechdi: dastlab mezbonlar Odsonn Eduard va Florian Tovenning gollari evaziga ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olishgandi. Biroq, ikkinchi bo‘limda "Monako" aql bovar qilmas "kambek" namoyish etdi. Folarin Balogan, Denis Zakariya va Ansu Fatining gollari mehmonlarga g‘alaba taqdim etdi.
Ushbu mag‘lubiyat "Lans"ning barcha turnirlardagi to‘rt o‘yinlik g‘alabali seriyasini to‘xtatdi. Jamoa 52 ochko bilan hamon peshqadamlik qilmoqda, biroq ikkinchi o‘rindagi "PSJ"da (51 ochko) bitta zaxira o‘yini mavjud. "Monako" esa 34 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Liga 1. 23-tur
21.02.2026 | 21:00
«Bollar-Delelis», Lans
«LANS» — «MONAKO» — 2:3
Gollar: Eduar 3’ (1:0), Toven 56’ (2:0), Balogun 62’ (2:1), Zakariya 70’ (2:2), Fati 72’ (2:3).
«Lans»: Risser, Ganyu, Sarr, Chelik, Bulatovich (Sotoka, 87), Tomasson, Yudol, Abdulhamid (Agilar, 75, Bermon, 87), Sen-Maksimen (Fofana, 75), Toven, Eduar (Sima, 63).
«Monako»: Ken, Zakariya, Fas, Kerer, Teze, Kamara, Kulibali, Kayyu Enrike, Diatta (Bamba, 31), Balogun (Biyeret, 85), Adingra (Fati, 69).
Ogohlantirishlar: Abdulhamid (74), Ganyu (90) — Fas (90).