Saudiya Pro-Ligasining 23-turidan o‘rin olgan «An-Nasr» va «Al-Xazem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs Ar-Riyoddagi «Qirol Saud Universiteti» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yinda hisobni 13-daqiqada «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ochdi. 30-daqiqaga kelib, vinger Kingsli Koman mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘limda Gabriel Anjelo hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 80-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu dublini rasmiylashtirib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.
Ayni damda «An-Nasr» 22 ta o‘yindan so‘ng 55 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Al-Xazem» esa 24 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olgan.
Saudiya Pro-ligasi. 23-tur
22.02.2026 | 00:00
«Qirol Saud Universiteti», Ar-Riyod
«AN-NASR» — «AL-XAZEM» — 4:0
Gollar: Krishtianu Ronaldu 13’ (1:0), Koman 30’ (2:0), Anjelu Gabriel 77’ (3:0), Krishtianu Ronaldu 79’ (4:0).
«An-Nasr»: Bentu, Simakan, Al-Amri, Yaxya (Al-Nadjei, 83), Al-Gannam (Al-Bushal, 74), Brozovich, Anjelu Gabriel, Mane (Al-Xamdan, 87), Koman (Al-Xaibari, 83), Joau Feliks (Garib, 87), Krishtianu Ronaldu.
«Al-Xazem»: Zayed, Butuil (Al-SHankiti, 73), Tanker, Al-SHamrani, Al-Arbi, RosYE, Ba (Fabiu Martinsh, 63), Umaru, Al-Xabashi (Avadji, 86), Al-Dvexe (Mokvana, 63), Al-Soma (Al-SHammari, 73).
Ogohlantirishlar: Simakan (59), Anjelu Gabriel (62) — Ba (54), Fabiu Martinsh (82).