Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yurgen Klopp: «Hozircha murabbiylikka qaytish niyatim yo‘q, ammo…»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kelasi yozda «Real» boshqaruvini qo‘lga olish asnosida murabbiylik faoliyatini tiklashi mumkinligi aytilayotgan Yurgen Klopp mazkur masalaga yana bir marta barham bergandek bo‘ldi. Har holda, ayni payt «Red Bull» kompaniyasining global futbol yo‘nalishi rahbari sifatida ishlayotgan germaniyalik mutaxassis AFP axborot agentligi- (Fransiya)ga bergan intervyusida bu boradagi xabarlarni qat’iyan rad etish barobarida hozirgi maqomidan mamnunligini ta’kidladi.

– Xabi Alonsoni yaqindan bilgan mutaxassis sifatida uning «Real» boshqaruvidan iste’foga chiqarilganini qanday qabul qildingiz?

– Ochig‘i, bu xabarni ilk marta eshitganimda, xayolim biroz chalkashib ketdi. Avvaliga miyamda savol tug‘ildi: «Qanaqasiga axir?» Ammo ortiqcha o‘ylab o‘tirmay, o‘zimga darhol javob ham berdim: «Hayron qoladigan joyi yo‘q, axir bu — «Real»ku». «Madrid»da vaziyat doim shunday: agar jamoa turnir jadvalida 1-o‘rinda bo‘lmasa, har qanday murabbiy o‘z kelajagi haqida jiddiy o‘ylab qo‘yishi kerak. Umuman, shu voqealarga qaramay, Xabi men uchun yangi avlodning eng istiqbolli murabbiylaridan biri bo‘lib qolaveradi. U o‘yinni chuqur tahlil qilish salohiyatiga ega, vaziyatlarni tez ilg‘aydi, qaror qabul qilishda aqlga tayanadi. Bu sifatlar esa har qanday yuqori darajali jamoa murabbiyi uchun juda muhim.

– Xabi Alonso bungacha «Bayer»da katta muvaffaqiyatlarga erishgan va ko‘pchilik uni «Madrid»da yangi sarguzashtlar kutayotganiga shubha qilmagandi…

– Xabi 2024 yili «Bayer» bilan Bundesliga va Germaniya kubogini yutish orqali nechog‘li istiqbolli murabbiy ekanligini isbotladi. Ammo «Real» – mutlaqo boshqa muhit, jamoada sabr tushunchasi deyarli yo‘q. Bunga tarixdan yetarlicha misol keltirish mumkin. Masalan, Yupp Xaynkes 1998 yili «Madrid» bilan CHLda g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, ishdan bo‘shatilgandi, baribir.

– Xo‘sh, «Real» rahbariyatiga yangi murabbiy tanlash masalasida qanday maslahat bera olasiz?

– Jamoa rahbariyatida o‘z ishlarining ustalari va nima qilayotganlarini tushunadigan mutaxassislar ishlashmoqda, shubhasiz.Agar shaxsiy fikrim kimnidir qiziqtirsa, aytishim mumkinki,boshmurabbiyni ishdan bo‘shatishdan oldin uning vorisi haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lish lozim. Shuningdek, vaziyatga real ko‘z va kayfiyat bilan qarash kerak. Misol uchun, hozir «Madrid»ga Gvardiolani chorlash haqida o‘ylayotgan bo‘lsalar, bu unchalik hayotiy g‘oya emas.

– Endi mavsum yakunlangach, aynan «Real»da ish boshlashingiz haqidagi mish-mishlarga ham to‘xtalsak…

– Hozir hayotimning shunday bosqichidamanki, ayni faoliyatimdan to‘laqonli qoniqish hosil qilyapman va bosh­qa joyga intilmayapman. Agar qayerdadir «Real» xizmatimga jiddiy qiziqayotgani haqida eshitsam ham, ortiqcha hayajonga berilmayman. Chunki barchasi faqat OAV taxminlari, xolos.

– Demak, siz uchun murabbiylikka qaytish masalasi butunlay yopiq, shundaymi?

– Ayni payt shunday. Ammo ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. To‘g‘ri, hozir qachondir bu boradagi fikrimni o‘zgartirishni o‘ylamayapman, lekin hammasini vaqt ko‘rsatadi. Shunday ekan, bu savolga aniq javob bermay turganim ma’qul. Qisqasi, mazkur masalada aniq nuqta qo‘yishga shoshilmaslik kerak…

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:54, 24.02.2026. O'qildi: 5664 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик