"Aston Villa" sobiq futbolchisi Li Xendri Angliya chempionatining so‘nggi turidagi mag‘lubiyatdan so‘ng sobiq jamoasidagi vaziyatdan xavotirda ekanligini bildirdi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun da’vogarlik qilayotgan jamoa so‘nggi o‘rinda borayotgan "Vulverxempton"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Aston Villa" murabbiy Unai Emeri boshchiligida APLning so‘nggi 10 ta o‘yinidan faqat 3 tasida g‘alaba qozondi.
"O‘tmishdagi yaxshi sport formasiga qaramay — hozir na xarakter, na ishonch ko‘rinmayapti. Natijalar dahshatli. Hozir "Villa"ning mavsumi qil ustida turibdi... Men vahimaga tusha boshladim. Oldinda muhim o‘yinlar bor va jamoa parchalanib ketishi mumkinligini ko‘ryapman", — deya Xendrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Sky Sports".
"Bu APLning hal qiluvchi bosqichi, men esa jamoada reaksiya ko‘rmayapman — mana shu meni xavotirga solmoqda. Yaqin orada chempionlik uchun kurash haqida gapirayotgan edik, endi esa kuchli beshlikdan chiqib ketish haqida gap ketyapti. Bu falokat bo‘ladi", — deb qo‘shimcha qildi u.
Oldinda "Aston Villa"ni muhim bahslar kutmoqda: chempionatda "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinlar, shuningdek, Yevropa Ligasida "Lill" bilan ikki uchrashuvdan iborat qarama-qarshilik.