Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 8 21
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 8 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 OKMK 8 11
9 Lokomotiv 8 11
10 Qizilqum 8 9
11 Qo‘qon-1912 8 8
12 Surxon 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 8 0

O'tgan o'yinlar.

8-тур Lokomotiv 0-2 Navbahor
8-тур OKMK 3-2 Buxoro
8-тур Surxon 0-1 Qizilqum
8-тур Neftchi 2-1 Nasaf
8-тур Mash’al 0-1 Xorazm
8-тур Paxtakor 4-2 Dinamo
8-тур So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
8-тур Qo‘qon-1912 0-0 Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tennis. Kamilla Rahimova Indian-Uells turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Tennis
Rukn: Yangiliklar
A A A

Tennis bo‘yicha WTA 1000 turkumiga kiruvchi Indian-Uells ochiq chempionatining (AQSH, Kaliforniya shtati) ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida birinchi davra uchrashuvlari yakunlandi. Unda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi, dunyo reytingida 88-o‘rinni egallab turgan Kamilla Rahimova hamda jahonning sobiq 4-raqamli raketka ustasi, kanadalik Byanka Andreesku o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuv Rahimovaning uch setdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 6:7, 6:0, 6:1.

Bahs 2 soat-u 19 daqiqa davom etdi. Rahimova bitta eysni amalga oshirdi, to‘rtta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi va 13 ta breyk-pointdan 7 tasini muvaffaqiyatli yakunladi. Andreesku esa 12 ta eys qayd etdi, beshta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi va o‘yin davomida ishlab olingan oltita breyk-pointdan faqat bittasidan samarali foydalana oldi.

Indian-Uells turnirining ikkinchi bosqichida Kamilla Rahimova dunyoning to‘rtinchi raketkasi, amerikalik Kori Goff (to‘rtinchi raqam ostida saralangan) bilan kuch sinashadi.

Rahimova yanvar oyida o‘tkazilgan 2026 yilning ilk “Katta dubulg‘a” turniri — Avstraliya ochiq chempionatining ilk bosqichida ham ushbu amerikalik tennischi bilan bahs olib borgan va 2:6, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Indian-Uells musobaqasi har yili AQSHning Kaliforniya shtati, Indian-Uells shahrida o‘tkaziladigan professional tennis turniri bo‘lib, qattiq qoplamali kortlarda o‘tkaziladi. Turnir erkaklar o‘rtasidagi ATP Masters 1000 va ayollar o‘rtasidagi WTA 1000 turkumiga kiradi.

Ushbu turnir to‘rtta “Katta dubulg‘a” (Grand Slam) musobaqalaridan keyin eng ko‘p tomoshabin tashrif buyuradigan tennis tadbiri bo‘lib, ko‘pincha “beshinchi Katta dubulg‘a” deb ham ataladi. Indian Wells Tennis Garden majmuasi dunyodagi ikkinchi eng yirik tennis inshooti hisoblanadi (birinchi o‘rinda Nyu Yorkdagi US Open musobaqasi o‘tadigan “Artur Esh” stadioni turadi).

Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarining asosiy to‘rida 96 nafar o‘yinchi ishtirok etadi (jami 128 talik setka). Bunda saralangan 32 nafar tennischi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga yo‘llanma oladi. 2024 yildan boshlab musobaqa dasturiga yangi yo‘nalish — mikst (aralash juftliklar) bahslari ham kiritildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:58, 05.03.2026. O'qildi: 525 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Нефтчи Stipe Perisa 4
4 Сурхон Chinedu Stefan 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик