FIDE tomonidan tashkil etilgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionligi uchun yo‘llanma beruvchi talabgorlar musobaqasida bugun 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Javohir Sindarov ushbu turda hindistonlik kuchli grossmeyster Rameshbabu Pragnanandhaga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Bahsning 13-yurishida hamyurtimiz o‘zining Otini qurbon qilib, raqibning 2 ta piyodasini urib olish bilan birga Rameshbabuni rokirovkadan mahrum qildi. Shundan so‘ng Javohir o‘zi uchun qulay hujumkor vaziyatni qo‘lga kiritdi va bosimni boshladi.
Tomonlar seytnotga tushib qolgani uchun ba’zi xatolar kuzatila boshlandi. So‘nggi qo‘pol xato esa Pragnanandha tomonidan amalga oshirildi. Javohir darhol bu xato uchun hindistonlik shaxmatchi jazoladi. Natijada Rameshbabu Pragnanandha 40-yurishdan keyin taslim bo‘ldi.

Bugungi g‘alabadan keyin Sindarov 2,5 ochko to‘plagan holda Fabiano Karuana bir birga peshqadam bo‘lib turibdi. Ikki shaxmatchi hisobida 1,5 ochko bor.
3-turda quyidagi natijalar qayd etildi:
Rameshbabu Pragnanandha - Javohir Sindarov - 0:1
Mattias Blyubaum - Andrey Yesipenko - 0,5:0,5
Fabiano Karuana - Vey Yi - 1:0
Xikaru Nakamura - Anish Giri - 0,5:0,5
Javohir Sindarov 4-turda Fabiano Karuanaga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.