Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan «Andijon»ni tark etayotganini e’lon qildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Andijon» – OKMK (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Samvel Babayan quyidagicha fikr bildirdi:

— Birinchi navbatda bugungi natija uchun hammadan uzr so‘rayman. Nima deyishim mumkin? Tushuntirish juda qiyin. Bu holat mening faoliyatimda birinchi marta ro‘y berdi. Nima bo‘lishi kerak bo‘lsa bo‘ldi. Faqat «Andijon»da shu holat bo‘lgani achinarli. Bugungi raqibimiz ham qiyin holatda edi. O‘yinni yomon boshlamadik, deb o‘ylayman. Bir qator imkoniyatlarimiz bo‘ldi, standartlardan ham foydalansak bo‘lardi. Harakat qildik, ammo to‘p darvozaga kirmadi. Qanot himoyasidagi xatolar tufayli gol o‘tkazdik. Darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazdik, tushuntirishim ancha qiyin. Birinchi taymda raqib deyarli unchalik xavfli vaziyatlarni yarata olmadi. Yaxshi harakat qilsak, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Yigitlar vaziyatni o‘zgartirishga intilishdi. Bu safar o‘xshamadi.

Jamoadagi faoliyatimga to‘xtaladigan bo‘lsam, klubga kelganimda safarda «Bunyodkor»ni yutdik va klubni Superligada saqlab qoldik. Jamoa rahbariyati shakllantirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Yomon transferlar qilmadik. Kimni olmoqchi bo‘lsak, barchasini ololmadik. Chunki ko‘pchiligining shartnomalari bor edi. Shartnoma muddati tugaganlarini imkoniyat darajasida oldik. Jamoa qurishni yaxshi boshlagandik. Yig‘inlarda ham faol qatnashdik, mavsumni yaxshi boshladik. Boshida 4:0 ga yutganimizda 60 foiz o‘yinimizni ko‘rsatdik, deb aytgandim. Bu yolg‘on emasdi. O‘shanda ham men hali o‘zim ko‘rishni istagan jamoani ko‘rmagandim. «Qizilqum»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat «nastroy»ning yo‘qligi sababli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Qo‘pol xatolar bo‘ldi. Keyin Farg‘onada «Neftchi»ga mag‘lub bo‘ldik. «Mash’al» bilan bahsda barchasini to‘g‘rilash imkoniyati bo‘ldi. FIFA kunlaridan keyingi o‘yinlarda afsuski, bizda ketma-ket uchta mag‘lubiyat bo‘ldi. Bir qancha sabablar tufayli imkoniyatlarni boy berdik. «Nasaf» bilan bahsni alohida ta’kidlash kerak. Ular ko‘p yillardan beri bir xil tarkibda o‘ynaydi va biz birgina qo‘pol xato evaziga yutqazdik. «Navbahor» bilan bellashuvda esa 90+4-daqiqada raqib murabbiyi durangni saqlab qolish uchun o‘yinchi almashtirdi. Afsuski, muvozanatni yo‘qotganimiz sababli gol o‘tkazdik va mag‘lub bo‘ldik. Bugungi mag‘lubiyat ham tushunarsiz bo‘ldi. Biz hujum tashkil qilyapmiz.

Qanday talablar qo‘yilgan bo‘lsa, klub barchasini bajardi. Bu yerga yaxshi niyatlar bilan, klub tarixini yaxshilash uchun kelgandim. «Andijon»ning chempionatda eng yaxshi natijasi 5-o‘rin bo‘lgan ekan va men buni yaxshilab, yuqoriga ko‘tarish maqsadida kelgandim. Futbolchilar ham bu yerga yuqori maqsadlarni ko‘zlab kelishgan. Jamoa uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. To‘g‘risi, erkakcha gapiraman: endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman. Klub boshqaruvini boshqasiga beraman. Biz bu o‘yindan avval rahbariyat bilan ochiq va samimiy gaplashdik. Rosti, endi o‘z o‘rnimni boshqa insonga topshiraman. Yana aytaman: bu yerga natija qilish va barchani xursand qilish uchun kelgandim. Avval ham aytganman: menda ko‘p vaqt yo‘q edi va qisqa fursat ichida natija ko‘rsatishim kerak. Yillar davomida ishlab natija ko‘rsatishga menda vaqt yo‘q edi. Viloyat hokimi barcha sharoitlarni yaratib, natija uchun jonbozlik bilan harakat qilyapti. Klub yuqori natijalarni ko‘rsatishi uchun viloyat hokimi barcha ishni amalga oshiryapti. O‘zbek futboli rivojlanishi yo‘lida aynan viloyat hokimi ko‘p ishlarni qilyapti. Men ko‘rdimki, biz birgalikda bu ishlarni bajara olardik. Kechayu kunduz 24 soat ishladik va agar 25 soat bo‘lsa ham ishlashga tayyor edik. Afsuski, mehnatlarimiz o‘xshamadi. Har doim nimadir yetishmadi. Demak, nimanidir o‘zgartirish kerak.

Rahbariyat bilan gaplashdik va jamoani boshqasi boshqarishi kerak. Men va mening murabbiylar shtabim iste’foga chiqamiz.

Fursatdan foydalanib, «Andijon» klubiga omad tilaymiz. Birinchi navbatda vaziyatni o‘nglashini xohlayman. Chempionatda va Kubokda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishini tilab qolaman. Shuningdek, maksimal darajada kurashgan futbolchilarni ham e’tirof etaman. E’tirozim yo‘q, ular qo‘llaridan kelganicha ishini qilishdi. Jamoani keyingi faoliyatiga omad tilayman.

Barcha muxlislarga jamoamizni to‘xtamay qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun katta rahmat. Bu yerda ishimizni boshidan to shu kungacha mehnatimizni qadrlab olqishlashgani uchun ishqibozlardan minnatdorman. Nodir To‘ychiyevga alohida rahmat. U jamoani uzluksiz qo‘llamoqda. Uning boshchiligida fan-klub mamlakatimizdagi eng zo‘ri va alohida rahmat. Bunday muxlislar ko‘p narsaga loyiq. Hammaga rahmat. O‘ylaymanki, «Andijon»da barchasi yaxshi bo‘ladi, — dedi Samvel Vyacheslavovich.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:56, 12.04.2026. O'qildi: 853 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик