“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning markaziy himoyachilari — Abduqodir Husanov va Mark Gexi juftligini haqida iliq fikrlar bildirdi. Mutaxassis ushbu himoyachilarning ko‘rsatayotgan o‘yinda hayratda ekanligini yashirmadi.
“Shunchaki daxshat. Abduqodir Husanov va Mark Gexi juftligi ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Men bir necha hafta avval aytganimdek, jamoaning kelajagi porloq. Chunki bu yosh yigitlar bir mavsum ichida qanchalik o‘sganini ko‘ryapman. Ular hali uzoq yillar davomida jamoamizning yetakchi futbolchilari sifatida harakat qiladi”, deydi Gvardiola.
Ma’lumot o‘rnida, “shaharliklar” tarkibida Yoshko Gvardiol va Ruben Diash kabi yetakchi himoyachilar jarohat olgani sababli, Husanov va Gexi juftligi asosiy tarkibda ko‘proq ko‘rinish bera boshladi. Gvardiol yanvar oyidan buyon safdan chiqqan, Diash esa so‘nggi haftalarni o‘tkazib yubormoqda. Shunga qaramay, mazkur yosh himoyachilar ishonchni to‘la oqladi: “Siti” oxirgi to‘rtta o‘yinda o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i bitta to‘p olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan 33,5 million funt evaziga transfer qilingan edi. Mark Gexi esa “Kristal Pelas”dan 20 million funt evaziga kelib qo‘shilgan.