Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 41 67 62 170
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1861 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini “jangchilar”ga aylantirmoqchi — The Athletic

Baho:
+-1 | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tarixda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan atigi uch nafar futbolchi bor. Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Desham ularning eng oxirgisi hisoblanadi: u 1998-yilda Fransiya terma jamoasi sardori sifatida kubokni boshi uzra baland ko‘targan bo‘lsa, 2018-yilda jamoasini bosh murabbiy sifatida chempion qildi. Frans Bekkenbauer esa 1974-yilda futbolchi va jamoa sardori sifatida chempionlikni qo‘lga kiritganidan 16 yil o‘tib, G‘arbiy Germaniya terma jamoasi bilan Italiyadagi Jahon chempionati g‘alaba qozondi.

Bu natijaga erishgan ilk inson esa braziliyalik Mario Zagallo bo‘lib, u 1958 va 1962-yillarda futbolchi sifatida Jahon chempioni bo‘lgan. 1970-yilda esa Braziliya terma jamoasi bilan Meksikadagi mundialda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Xo‘sh, italiyalik mutaxasis Fabio Kannavaro mazkur ro‘yxatdagi to‘rtinchi shaxsga aylanishi mumkinmi? U 2006-yilda Berlindagi finalda Italiya terma jamoasi safida kubokni boshi uzra ko‘targan edi, oradan 20 yil o‘tib esa boshqa bir mamlakatni Jahon chempionatiga olib bormoqda.

Nufuzli The Athletic nashri aynan shu qiziqarli savol atrofida fikr yuritib, “oq bo‘rilar”ning bo‘lajak mundialdagi imkoniyatlari hamda bosh murabbiy Fabio Kannavaro haqida maqola e’lon qildi. “Daryo” mazkur materialning qiziqarli joylarini taqdim etadi.

2006-yilgi Jahon chempioni va “Oltin to‘p” sohibi Fabio Kannavaro 2025-yilning oktyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U sog‘lig‘idagi muammolar sabab iste’foga chiqqan Srechko Katanes hamda jamoani mundial olib chiqqan Temur Kapadzening o‘rnini egalladi. Endilikda italiyalik mutaxassis “oq bo‘rilar”ni o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionatiga olib bormoqda.

Nima uchun aynan O‘zbekiston?

52 yoshli mutaxassisning Markaziy Osiyoga ko‘chib o‘tish qarori (u oilasini ham poytaxt Toshkentga olib kelgan) uning murabbiylik faoliyati qanchalik rang-barang ekanini ko‘rsatadi. Kannavaroning futbolchilik yillari asosan “Inter”, “Yuventus” va “Real Madrid” kabi Yevropa futboli gigantlari safida o‘tgan bo‘lsa-da, murabbiylik faoliyati unchalik yorqin emas. Fabio 2024-yilda “Udineze” bilan qisqa muddatli shartnoma imzolab, jamoani A Seriyada saqlab qolganini inobatga olmasak, uning murabbiylik faoliyati asosan Osiyo qit’asida kechdi (Saudiya Arabistoni va Xitoy). Shuningdek, bir oz muddat Xorvatiyada ham ishladi. Kannavaro futbolchilik faoliyati davomida erishgan yutuqlari tufayli Yevropadan taklif kutgan bo‘lishi mumkin. Biroq, B Seriyadagi “Benevento” va Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublaridagi omadsiz faoliyati sababli barchasi boshqacha tus oldi.

Xo‘sh, unda nima uchun aynan O‘zbekiston? Yaxshigina maoshmi? Yoki Jahon chempionatida murabbiylik qilish imkoniyatimi? Shubhasiz, har ikki omil ham muhim rol o‘ynaydi, biroq Kannavaro hozirdanoq 2027 yil yanvarida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi haqida gapirmoqda, demak, bu loyihaning ortida ko‘pchilik o‘ylagandan ham chuqurroq reja bor.

Hukumat tomonidan o‘quv-mashg‘ulot bazalari, stadionlar va yangi milliy futbol markaziga kiritilayotgan ulkan investisiyalar fonida O‘zbekiston Jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchisiga aylanishni va Osiyo turnirlarida muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilgan. Mamlakat so‘nggi yillarda 17 va 20 yoshgacha bo‘lgan jamoalar orasida bunga erishib kelmoqda. Kannavaroning o‘zi ham o‘zbek futbolidagi o‘sishdan hayratda ekanini yashirmaydi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Kannavaroning tayinlanishi haqida gapirar ekan, shunday degan edi:

“Biz himoyaviy o‘yin uslubi natija keltirishini ko‘rdik. Uning xalqaro tajribasi, professional madaniyati va taktik tuzilishi terma jamoamizga yangi ruh va yangi tizim olib kirishiga ishonamiz”.

Ruhiy va jismoniy holat — asosiy muammo

The Tashkent Times nashri bosh muharriri Akbar Yusupov Kannavaroning mamlakatdagi obro‘-e’tibori va muxlislarning undan kutayotgan natijalari xususida to‘xtalib, shunday deydi

“Uni bu yerda hamma taniydi va hurmat qiladi. Kannavaro o‘zbeklarni mag‘lub etish qiyinligini aytdi va men bunga qo‘shilaman. Lekin bizda ruhiyat va o‘ziga bo‘lgan ishonch tez yo‘qolishi mumkin. Shuningdek, o‘yinning 70-daqiqasidan keyin jismoniy holat pasayishi doimiy muammomiz bo‘lib kelgan. O‘zbek xalqi terma jamoadan yaxshi natijalar kutmoqda”.

Kannavaroning o‘zi ham matbuot anjumanlarida muxlislarni ortiqcha eyforiyaga berilmaslikka va bo‘lajak turnir nihoyatda qiyin bo‘lishini esdan chiqarmaslikka chaqirgan. Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR joy olgan guruhda O‘zbekistonning g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan eng real imkoniyat — guruh bosqichining so‘nggi turida, aynan Kongo DRga qarshi bahsda bo‘ladi.

“Menga jangchilar kerak”

Italiyalik mutaxassis mahalliy chempionat — Superliga saviyasi va uning tempini tanqid qilib, Jahon chempionatigacha bo‘lgan qisqa vaqt ichida futbolchilarning jismoniy holatini eng yuqori darajaga olib chiqish qiyin ekanini yashirmadi:

“Jahon chempionatidagi daraja butunlay boshqacha bo‘ladi. Turnir nihoyatda og‘ir kechadi, kimga oson tuyulsa, u qattiq adashadi. Mahalliy chempionatimizda (Superliga) intensivlik pastligi sababli, futbolchilarimizning jismoniy holati ba’zan talab darajasida bo‘lmaydi. G‘alaba qozonish uchun 100 foizdan ham ko‘proq kuch sarflashimiz kerak. Meni futbolchilarning mahorati emas, faqat jismoniy tayyorgarligi xavotirga solmoqda. Mundialga qadar esa ularni eng yuqori sport formasiga olib chiqish uchun vaqtimiz juda kam”.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyun, seshanba O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Kanadaga qarshi o‘ynadi. Edmonton shahrida o‘tgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:28, 02.06.2026. O'qildi: 3176 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик