Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6068 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2538 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xoylundning qanday karomatlari bor?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ko‘pchilik tomonidan yuqori baholangan yosh hujumchi katta jamoaga o‘tdi: Xoylund «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylandi.

20 yoshli o‘yinchi o‘zining debyut mavsumidayoq «Atalanta»da shunchalik porladiki, u uchun Erik ten Xag 72 million funtdan kechib yuborishga rozi bo‘ldi. Manchesterliklarda Xarri Keyn, Randal Kolo-Muani, va Viktor Osimxen kabi fantastik hujumchilar varianti bor edi. Biroq, «qizil iblislar» kelajak uchun sarmoya kiritishdi va jamoaga uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin bo‘lgan Xoylund tanlovini amalga oshirishdi. Yoz davomida qariyb 120 million funtni Onana va Maunt xaridi uchun sarflagan klub, Xoylundi sotib olish orqali yangi mavsumda ten Xag uchun tushadigan bosimni yanada oshirdi. Quyida «Yunayted»ning yangi xaridi jamoaga nima taklif etishi va uning Reshford va Marsyaldan farqini o‘rganamiz.

Raqib jarima maydonida

Avvalo, shuni aytish kerakki, Xoylund «MYU»ga mutlaqo yangi daraja taqdim etadi. Reshford va Marsyaldan farqli ravishda daniyalik hujumchi kuchli jismoniy imkoniyat, yuqori tezlik va raqib jarima maydonchasi ichida to‘g‘ri joy tanlay olish qobiliyatiga ega. Xoylund o‘tgan mavsumda «Shturm» va «Atalanta» safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol va 4ta assist qayd etgan. Reshfordda bu ko‘rsatkich 35 o‘yinda 17}5ga teng. Marsyalni esa u bilan solishtirish qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin deb o‘ylamoqdamiz. Negaki, u 6ta gol va 2ta assist qayd etgan xolos. Umuman olganda, Reshford uchun Xoylunding kelishi faqatgina foyda keltirgan bo‘lardi. Negaki, u tezkor va raqiblarni o‘z ortidan yugurtirishni yaxshi ko‘radi. Ingliz hujumchisi o‘tgan mavsumda jami 138ta imkoniyatning 39,1 foiz holatlarida raqibni to‘psiz qoldirgan. Shuningdek, Reshford bundan keyin o‘zi istagan chap qanotda doimiy o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi.

To‘pni saqlab turish

Xoylund «MYU»ga bir jabhada juda katta yordam berishi kutilmoqda. U ham bo‘lsa, hujumchining to‘pni o‘zida olib yurish va ushlab turish qobiliyatidir. Masalan, bu jabhada o‘tgan yilgi ijarachi Vaut Vegxorstning kamchiligi bor edi. Shuningdek, havodagi kurashlarda ham niderlandiyalikka havas qilib bo‘lmasdi. Xoylund va boshqalarning bu boradagi ko‘rsatkichlarini solishtirsangiz, daniyalikning yaqqol ustunligi ko‘zga tashlanadi. Xoylund 37,1, Marsyal 37, Reshford esa 33,3 foiz holatlarda ikkinchi qavatda muvaffaqiyatli harakat qilishgan. Afsuski, to‘pni aniq oshirish borasida Xoylundda muammolar bor. U bergan paslarning 73,1 foizigina o‘z manziliga aniq yetib borgan. Reshford va Mar-syalda esa bu ko‘rsatkich, mos ravishda 76,7 va 80,2 foizni tashkil etadi. Bu esa keyingi juftlikning texnik jihatdan ustunligini ko‘rsatadi.

Xoylund «MYU» hujumini kuchaytiradimi?

Xoylund aqlli va tajovuzkor hujumchi bo‘lishiga qaramay, u ayni damdagi «MYU»ning hujumdagi quvvatini oshira olmaydi. Shunga qaramay, jamoada markaziy hujumchiga bo‘lgan katta muhtojlik bor. Negaki, Reshford qanot futbolchisi, Marsyalning esa jarohatga moyilligi kuchli. Shu sababli Reshforddan 5, Marsyaldan esa 7 yoshga kichik hujumchi sotib olindi. Xoylund qayd etgan natijalar uning sotib olinishi uchun haqiqatdan ham yetarli edi. U «Atalanta» ustozi Jan Pyero Gasperini tomonidan Erling Xolandga qiyoslangan. «MYU» muxlislari esa uni yangi mavsumdan boshlab Xoland bilan kurash olib borishiga ishonishmoqda. Agarda u «Old Trafford»ga kelsa, bitta shahar klublarining ikki hujumchisi o‘rtasidagi ajoyib raqobatdan bahra olardik.

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:59, 13.08.2023. O'qildi: 3512 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.