Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 01.04.2025 00:00
      • Selta
      • 1:1
      • Las-Palmas
  • APL
      • 01.04.2025 23:45
      • Vulverhempton
      • 1:0
      • Vest Xem
      • 01.04.2025 23:45
      • Arsenal
      • 2:1
      • Fulhem
      • 02.04.2025 00:00
      • Nottingem Forest
      • 1:0
      • Man. Yunayted
      • 02.04.2025 23:45
      • Brayton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 02.04.2025 23:45
      • Sautgempton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 02.04.2025 23:45
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lester
      • 02.04.2025 23:45
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brentford
      • 02.04.2025 23:45
      • Bornmut
      • -:-
      • Ipsvich
      • 03.04.2025 00:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Everton
      • 04.04.2025 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Liverpul 29 70
2 Arsenal 30 61
3 Nottingem Forest 30 57
4 Chelsi 29 49
5 Manchester Siti 29 48
6 Nyukasl 28 47
7 Brayton 29 47
8 Fulhem 30 45
9 Aston Villa 29 45
10 Bornmut 29 44
11 Brentford 29 41
12 Kristal Pelas 28 39
13 Man. Yunayted 30 37
14 Tottenhem 29 34
15 Everton 29 34
16 Vest Xem 30 34
17 Vulverhempton 30 29
18 Ipsvich 29 17
19 Lester 29 17
20 Sautgempton 29 9

O'tgan o'yinlar.

30-тур Vulverhempton 1-0 Vest Xem
30-тур Arsenal 2-1 Fulhem
30-тур Nottingem Forest 1-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

16/04/25 Nyukasl - Kristal Pelas

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 20048 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Saudiyaliklarning «bozor»i qachon tugaydi?

Baho:
+ | -
OSIYO / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2023 yil yozgi transferlar bozori haqida gap ketganda faqat Saudiya Arabistoni eshitdik.

Eng katta transferlar ushbu diyor klublari bilan bog‘lanmoqda. Lekin bunga ularni nima majbur etdi? Shuncha xarajatlardan foyda bormi? Va bu Xitoydagidek bo‘lmaydimi?

Saudiya Arabistoni klublari transferlar uchun hozirgacha jami 804,8 million yevro sarflashdi (26 avgust holatiga).

Xarajatlar bo‘yicha yetakchilar (raqamlar Transfermarkt portalidan olingan):

«Al-Hilol» - 353,1 million yevro;
«An-Nasr» - 165,1;
«Al-Ahli» - 143,2;
«Al-Ittihod» - 75,8.

Top-10 transferlar:

Neymar («PSJ»dan «Al-Hilol»ga) - 90 million yevro;
Otavio («Portu»dan «An-Nasr»ga) - 60;
Malkom («Zenit»dan «Al-Hilol»ga) - 60;
Ruben Nevesh («Vulverxempton»dan «Al-Hilol»ga) - 55;
Aleksandr Mitrovich («Fulxem»dan «Al-Hilol»ga) - 52,6;
Fabinyo («Liverpul»dan «Al-Ittihod»ga) - 46,7;
Sergey Milinkovich-Savich («Lasio»dan «Al-Hilol»ga) - 40;
Riyod Mahrez («Manchester Siti»dan «Al-Ahli»ga) - 35;
Sadio Mane («Bavariya»dan «Al-Nasr»ga) - 30;
Rojer Ibanyes («Roma»dan «Al-Ahli»ga) - 30...

Bularning barchasi nafaqat Saudiya Arabistoni klublarining 2023 yil yozidagi top transferlari, balki butun liga tarixidagi eng qimmat xarajatlardir. Eng yaxshi o‘ntalikning alohida e’tibori bu yozda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tadigan yulduzlarning xilma-xilligini ko‘rsatadi. Ammo buni to‘liq ko‘rsatish uchun bu reyting ham yetarli bo‘lmadi: Emerik Lyaport, Kalidu Kulibali, Marselo Brozovich, Jordan Xenderson, Karim Benzema, N~Golo Kante va boshqa yulduzlar ham joriy transfer oynasida mahalliy ligaga o‘tishdi.

Shu bilan birga, 4ta klubning xarajatlari Saudiya Arabistonidagi to‘liq transfer kartinasini aks ettirmaydi. 6ta klub yozda transferlar uchun 2 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ sarflashdi, yana 3ta jamoa «kiruvchi transferlar uchun sarflangan mablag‘lari 10 million yevroga yetmadi.

Yulduzlarga «hujum»ning asl sababi - umummilliy taraqqiyot dasturi

Saudiya Arabistoni Xitoy kabi tezkor loyihami? Xitoyliklar faqat kuchli futbol ligasini yig‘ishga harakat qilishdi. Qolaversa, bu juda mahalliy va qisqa muddatli edi: qaysidir vaqtda Xitoy futbol ittifoqi rahbariyati qimmat xorijlik futbolchilar oqimi mahalliy yosh futbolchilarning rivojlanishini to‘xtatib qo‘yganini anglab yetdi. Chet ellik futbolchilarni xarid qilish ustidan nazorat kuchaytirildi, maoshlar tushdi. Xitoy ligasi yarim yo‘lda to‘xtab qoldi va avvalgi darajasiga qaytdi.

Saudiya Pro-ligasi bosh­qacha yo‘l tutadi. Bu ko‘p jihatdan mamlakatning global dasturidagi ahamiyati bilan bog‘liq. Saudiya Arabistoni rasmiylari yaqinda xalqaro obro‘ni mustahkamlash bilan shug‘ullanishni boshladi. Futbol esa katta rejalarning bir qismiga aylandi, chunki uning butun dunyo bo‘ylab milliardlab muxlislari bor. Shu boisdan katta sarmoya kiritildi. Davlat 2028 yilgacha har mavsumda transferlar uchun klublarga 2 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Ya’ni, hozirda liga klublari bir necha mavsumga yulduzlar bilan kuchayishdi, lekin shu bilan birga, barchasi birgalikda 2023|24 yilgi mavsum uchun rejalashtirilgan mablag‘ning yarmidan kamini sarflashdi.

Chet ellik yulduzlar uchun Pro-liga rahbariyati maosh chegarasini zaiflashtirdi va chegarani yumshatdi. Hozirda har bir jamoa 8tagacha legioner bilan o‘yinni boshlashi mumkin.

Oqilona investisiyalarning yana bir belgisi butun chempionatni tashkil etishdir. Pro-ligani dunyoda ommalashtirish va turli masalalarni hal qilish uchun mamlakat futbol ittifoqi dunyoning turli burchaklaridan fikr yuritadi. Masalan, yaqinda Nike kompaniyasining sobiq direktori Garri Kuk Pro-liganing bosh ijrochi direktori bo‘ldi.

Saudiya futboli kuchli bo‘lishining yana bir sababi sog‘­lom turmush tarzi ommalashib borayotganidir. 2018 yilda Saudiya Arabistoni hukumati «Vision-2030» dasturini ishlab chiqdi, uning asosiy tezisi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir. Bir necha yillar davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar va so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, mahalliy aholi jismoniy madaniyatni yoqtirmaydi va ko‘pincha ortiqcha vazn­dan aziyat chekadi.

Dastur boshidagilarning rejasi sport uchun qulay joylarni yaratishdir. Amalda bo‘lganidek, Saudiya Arabistoni futbol chempionatiga chinakam zo‘r o‘yinchilar oqib kelishi hamon davom etmoqda.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:45, 05.09.2023. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливерпуль Muhammad Saloh 27
2 Манчестер Сити Erling Xoland 21
3 Ньюкасл Aleksander Isak 19
4 Ноттингем Форест Kris Vud 18
5 Брентфорд Brian Mbemo 15
6 Брентфорд Yoan Vissa 14
7 Челси Koul Palmer 14
8 Вулверхэмптон Mateus Kunya 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 13
10 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.