Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirko Yelichich: «95 daqiqa davomida futbol o‘ynab, ikkita standart vaziyatda oddiy gol o‘tkazib yuborish alamli»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildiri o‘tdi.

— Futbol — adolatsiz o‘yin. 95 daqiqa davomida futbol o‘ynab, ikkita standart vaziyatda oddiy gol o‘tkazib yuborish alamli. Jamoam maydonda namoyish etgan o‘yin menga yoqdi. Raqibni uch ochko bilan qutlayman. Bugun raqibimizning uslubi ish berdi.

— «Lokomotiv» ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatga uchradi. Jamoaning mavsumning dastlabki uch turida qayd etgan natijasi tasodif edi, «Lokomotiv» endi o‘zining haqiqiy o‘rniga qaytdi degan fikrlarga qanchalik qo‘shilasiz?

— Biz chempionatdagi har qanday raqibni mag‘lub etishimiz mumkin. Shuningdek, har bir raqib ham bizni yengish ehtimoli yo‘q emas. Bizning maqsadimiz va yo‘limiz boshqa. Biz har bir o‘yinda qaysi jihatdan kuchliroq bo‘lishimiz mumkinligi haqida o‘ylab maydonga tushamiz. Menimcha, bugun unchalik yomon o‘ynamadik. Futbol shunday o‘yin. Ayrim vaziyatlarda rejalar o‘xshamaydi qoladi. Statistikaga qarasangiz, bugungi o‘yin kimning ustunligi ostida o‘tganini ko‘rasiz va savolingizga javob topa olasiz.

— Navbatdagi 30 kun davomida Superligada 7ta tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Bunday zich taqvim MTJning mundialdan oldingi yig‘inlari sababchi bo‘lmoqda. Demak, Superliga klublari aprel oyi davomida har to‘rt kunda o‘yin o‘tkazadi. Bu o‘ziga xos "boxing day" klublarga qanchalik noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin? Jarohatlar ko‘payib ketishidan qo‘rqmaysizmi?

— Aksincha, bu yaxshi. Biz yangi jamoa yig‘dik. Tezroq dastlabki 5-6 o‘yinimizni o‘tkazib olib, maydonda bir-birimizni yaxshiroq tushuna boshlaymiz. Jamoa ancha shakllanib, barqaror bo‘lib oladi. Jamoa barqarorlashib olganidan so‘ng tarkibda o‘zgarish qilsa ham bo‘ladi. Har 4-5 kun ichida o‘yin o‘tkazish masalasiga keladigan bo‘lsak. Bu siz o‘ylayotgandek katta muammo emas. Shunchaki boshqacha reja bo‘yicha tayyorgarlik olib borish kerak. Eng qulay yechim bu sxemani o‘zgartirish. Eng yaxshi progress o‘yinda qayd etiladi. Jamoa ikki yoki uch hafta davomida mashg‘ulot olib borishi mumkin, ammo maydondagi o‘yin bilan tenglasha olmaydi. Eng yaxshi tayyorgarlik — o‘yinda ishtirok etish. Men uchun bu aksincha yaxshi yangilik.

— O‘tgan mavsumda Pro Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Muhriddin Zoirov joriy mavsumda juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Zoirov bugun so‘nggi daqiqalarda maydonga tushdi va bunga qadar faqatgina «Mash’al»ga qarshi o‘yinda 12 daqiqa maydonda harakatlangandi. Zoirovga imkoniyat berilmayotganining sababi nimada? Men Zoirovni joriy yanada ko‘proq gol urishini taxmin qilgandim, ammo hozircha maydonga tushayotgani ham yo‘q...

— Men birinchi navbatda barqarorlik istayman. Temurxo‘ja Abduholiqovning ajoyib formada ekanligi Zoirovning zarariga ishlamoqda. Men esa hozirgi holatda eng yaxshi sport formada bo‘lib turgan futbolchini o‘ynatishim kerak. Abduholiqovsiz qanday o‘yin qurishimiz haqida ham o‘ylashim kerak. Dastlabki 5 turda Abduholiqovdek o‘yin namoyish etgan futbolchini zaxiraga olish mantiqsiz.

— Birinchi bo‘lim so‘ngida o‘tkazib yuborilgan ikkinchi gol jamoangizga qanchalik ta’sir qildi?

— Taym so‘ngida 1:0 hisobida rozi bo‘lib qo‘ygandek tuyuldi. Keyin esa gol o‘tkazib yubordik. Goldan so‘ng kayfiyat o‘zgardi. Biz har bir o‘yinda o‘zimizning oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishishga intilamiz. Tablodagi hisobdan tashqari boshqa maqsadlarimiz ham. O‘yin sifatini yaxshilash, intensivlikni oshirish. Tabiiyki, natija muhim. Lekin biz uchun natijadan ham maqsadlar bor.

— O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. «Lokomotiv» joy olgan guruh haqida gapirib o‘tsangiz?

— Har klub Kubok bahslariga eng maksimal natijani ko‘zlaydi. Pro Liga klubimi yoki Birinchi Liga farqi yo‘q. Kubok shunday musobaqa. Barcha jamoalarda imkoniyatlar teng bo‘ladi va har qanday musobaqada g‘olib bo‘lishga intiladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 04:54, 03.04.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик