"Liverpul" yordamchi murabbiyi Pep Leynders nima uchun qishki transfer oynasida uning klubidan ko‘p faollik kutmaslik kerakligini tushuntirdi.
Ayni damda "Liverpul" to‘rtta frontda kurashni davom ettirib, Premyer-ligada peshqadamlik qilmoqda, Angliya kubogining 4-bosqichi doirasida "Arsenal"ni mag‘lub etib, Yevropa Ligasi pley-offi bilan Liga kubogining yarim finaliga chiqdi.
Bu mavsumning ikkinchi yarmida "Liverpul" uchun ajoyib istiqbolni ochadi, ammo Leynders tashqi kuchaytirishlarga ishonmaydi va yozda uning klubi to‘rtta yarim himoyachi uchun 146 million funt sterling sarflaganini ta’kidlaydi.
"Biz yozda juda ko‘p pul sarfladik. Biz jamoaga haqiqatan ham katta sarmoya kiritdik. Xo‘jayinlar to‘g‘ri o‘yinchilarni olib kelishdi. Hatto hozir kimdir jarohat olgan bo‘lsa ham, ular safga qaytishi uchun ko‘p vaqt o‘tmaydi.
Biz ham har doim akademiyamizga ishonamiz. Biz raqobatlasha oladigan va sovrinlarni qo‘lga kirita oladigan o‘z futbolchilarimizni yetishtirmoqchimiz.
Biz asosiy jamoada o‘ynashni orzu qiladigan va umid qiladigan 250 nafar o‘yinchidan iborat akademiyani boshqaramiz, mavsum davomida jarohatlar tufayli vaziyat og‘irlashganda ularga ishonish mumkin. Hozirgacha bu har doim o‘z samarasini berdi", - dedi Leynders Evening Standard bilan suhbatda.