Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real» vs «Barselona». Google olamida qay biri mashhurroq?

Baho:
+-2 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ispaniya grandlariga nisbatan e’tiborning umumiy evolyusiyasi va jahon geografiyasi (2004-2025 yillar) yoxud Google Trends bo‘yicha muhim, uzoq muddatli bahs-munozaralar tahlili. Google (sayyoramizdagi eng yirik qidiruv tizimi) va YouTube (asosiy videoplatforma) ma’lumotlari internet sahnasida turli futbol klublariga nisbatan qiziqish darajasini global miqyosda baholash imkonini beradi. Ushbu tahliliy maqola uchun ma’lumotlar Google Trends xizmatidan olingan bo‘lib, bu 2004 yil 1 yanvar - 2025 yil 16 may oralig‘idagi qidiruvlar foizini qamrab olgan.

«Real» va «Barselona»ni o‘zaro taqqoslashda har bir mavzu bo‘yicha qidiruvning nisbiy takrorlanishi, turli mamlakatlardagi so‘rovlar miqdori hisobga olingan. Shuningdek, qidiruvlar toifalarga ajratilgan. Umuman, tarixiy tendensiya tahlilida Google algoritm­laridagi o‘zgarishlarni ham nazardan qochirmaslik talab etiladi. Zero, klublarga nisbatan qiziqish vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Google Trends xizmati esa eng ommalashgan 25 xildagi so‘rov natijalariga qarash imkonini yaratadi. Qidiruvlar bo‘yicha ma’lumotlar muxlislarning klublarga nisbatan qiziqishini to‘liq ifodalamasligini ham aytish o‘rinli. Oddiy aytganda, ushbu tahlil muxlislar soni (sosiologik so‘rovlar natijasi ko‘proq mos keladi) yoki ijtimoiy tarmoqlardagi faollik emas, balki qidiruvlar dinamikasiga asoslangan - bu alohida mavzu. Xo‘sh, oxirgi 20 yillikda global internet auditoriyasining Ispaniya futbolidagi eng muvaffaqiyatli ikki klubga e’tibori qay darajada o‘zgarib turdi?

Qiziqish dinamikasi

Google Trends xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2004-2025 yillar oralig‘ida dunyo bo‘yicha Ispaniyaning eng mashhur klubi - bu «Real». To‘g‘ri, muayyan oraliq (2006, 2008, 2009 va 2011 yillar)da «Barselona» bu borada oldinga chiqib olganini ko‘rish mumkin. Kataloniya klubining oltin davri ayni shu yillarga to‘g‘ri kelgani o‘z-o‘zidan tushunardi. «Anorranglilar» avvaliga Frank Raykaard boshqaruvi va Ronaldinyo yetakchiligida, keyin Xosep Gvardiola rahbarligida butun Yevropada mutlaqo boshqacha futbol ko‘rsatishdi, yangi uslubni yaratishdi. Ha, 2005 yilning oxiridan keyingisining yarmiga qadar Google tizimida braziliyalik to‘p afsungari (albatta, Ronaldinyo) ijrosidagi xaylaytlar butun «Barsa»ga nisbatan ko‘proq qidirilgani ham faktdir.

2009 yildan esa «Real» va «Barselona»ning jahon miqyosida mashhurlik bobida barqaror o‘sishi kuzatildi. Barchasi zamonamizning ikki eng buyuk futbolchisi - Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasida boshlangan afsonaviy raqobatning asl samarasidir. Har holda, 2017 yilgacha har ikki klubga bog‘liq qidiruvlar barqaror ravishda o‘sib bordi. Ayni shu yillar davomida «El-klasiko» o‘yinlari global media-voqeaga aylanib, televideniye reytinglariga daxldor rekordlarni yangiladi. Shuning barobarida La Liganing eng katta o‘yinlari YouTube tarmog‘ida ham eng ko‘p ko‘rilgan futbolcha videolar qatoriga kirdi. Biroq 2018-2021 yillarda vaziyat bir qadar o‘zgardi. Xususan, Krishtianu Ronalduning 2018 yili «Yuventus»ga yo‘l olgani natijasida e’tiborning ma’lum qismi Italiya «A» seriyasiga burildi. «Barselona» va «Real»ga qiziqish pasayishining qo‘shimcha omillari ham bor: orada har ikki grand yorqin g‘alabalar qayd etolmadi, tarkib nuqtai nazaridan avlodlar almashinuvi boshlandi, yana pandemiya davri ham xalaqit berdi. Ha, «Real» 2016-2018 yillar CHLda qatorasiga 3 marta g‘alaba qozonib, mashhurlik bobida «Barselona»dan ancha o‘zib ketdi. 2019-2021 yillar oralig‘ida esa ikki azaliy raqib o‘rtasidagi mashhurlik darajasi farqi minimal darajaga tushdi. 2022-2024 yillarda yana tub o‘zgarishlar ro‘y berdi: «Madrid»ga nisbatan qiziqish keskin oshdi, «Barselona» bu vaqtda Lionel Messisiz qolib, sport nuqtai nazaridan ham orqaga ketdi. O‘rtada farq yana kattalashganini «Los Blankos»ning CHLdagi yangi g‘alabalari va tarkibiga yorqin yulduzlar (Vinisius Junior, Kilian Mbappe) jalb etgani bilan ham izohlash mumkin. Mana, joriy yil muvaffaqiyatli mavsum va tarkibida «Oltin to‘p»ga yaqqol da’vogarlarning paydo bo‘lishlari ortidan «Barsa»ga qiziqish sur’ati yana tezlik oldi. Xo‘sh, Kataloniya klubi yaqin kelajakda mashhurlik (qidiruv hajmi) bo‘yicha «Real»dan yana o‘zib ketishi mumkinmi? Bunga faqat va faqat vaqt to‘g‘ri javob bera oladi.

Google tizimida Ispaniyaning yetakchi klublariga daxldor mashhurlik dinamikasi (2004-2025 yillar)

Davrlar bo‘yicha mashhurlik indeksi

«Atletiko» ikki gigantdan sezilarli darajada orqada, «matraschilar»ga nisbatan qiziqish faqat 2010-2015 yillarda kuchaydi. To‘g‘ri, oxirgi 2 yilda bu borada barqaror o‘sish bor. «Sevilya» va «Valensiya» klublari esa joriy asr boshida katta mashhurlikka erishdi, so‘nggi bir necha yildan buyon esa yetakchilar bilan o‘rtadagi farq tobora kattalashib bormoqda. Jumladan, 2014 yil «Sevilya» uchun salbiy ma’noda burilish nuqtasiga aylandi. O‘shanda andalusiyaliklar Ispaniya klublari orasida 3-o‘rinni «Atletiko»ga boy berishdi. 2025 yilda esa «Valensiya» ham ilk marta «Sevilya»dan o‘zib ketdi.

Google tizimida Ispaniyaning yetakchi klublariga daxldor mashhurlik indeksi (2004-2025 yillar)

Mashhurlik geografiyasi

«Real» statistika yig‘iladigan deyarli barcha mamlakatlarda eng mashhur klub hisoblanadi. «Barselona» esa atigi 8ta mamlakat (Sudan, Polsha, Burkina-Faso, Daniya, Ekvador, Ummon, Suriya va Tailand)da «Madrid»dan oldinda, xolos. Ispaniyaning o‘zida ham «Madrid» yaqqol yetakchi - 48 foiz. Mashhurlik bobida keyingi o‘rinlar «Barselona» (35 foiz) va «Atletiko» (17 foiz)ga tegishli. Qit’alar miqyosida qarasak, Shimoliy Amerikada «Real» (57 foiz) mutlaq yetakchi. «Barselona»ning eng yuqori natijasi Osiyoda - 41 foiz. «Atletiko» esa MDH (11 foiz) va Yevropa (10 foiz)da nisbatan yaxshiroq pozisiyaga ega.

Google tizimida Ispaniyaning yetakchi klublariga daxldor mashhurlik xaritasi (2004-2025 yillar)

A.AHMEDOV tayyorladi.

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:55, 19.08.2025. O'qildi: 4742 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик