Haqiqiy sportchilarni eslab… Dunyo boshqa bunaqa sportchilarni ko‘rmadi va ko‘rmasa ham kerak
Baho:
+0; -0
1992 yil. Sietl paralimpiadasi... 100 metrga yugurish bahslari. Jismonan va aqlan zaiflar o‘rtasidagi sprint bahslari. 9 nafar ishtirokchi. 9 nafar ko‘ngli yarim, lekin g‘ururi baland sportchilar. 9 xil millat va 9 xil bayroq ostidagi sportchilar.
Hakamlar tayyorlanishga buyruq berishdi. Ular start chizig‘idan joy olishadi va o‘q ovozi yangradi. Sportchilar jon-jahdlari bilan oldinga intilishdi. To‘g‘ri, ular o‘qdek otilib ketishmadi, darhaqiqat, ular katta tezlikda muxlislarning ko‘zlarini quvnatib yugurib ketishmadi, lekin ularning hammasi marra sari bor vujudlari bilan intilishdi. Eng oldingi qatorga o‘tib ketgan sharqiy osiyolik atlet birdaniga qoqilib yiqilib ketdi. U jon holatda o‘rnidan turishga intildi, lekin uddasidan chiqa olmadi. Uning oyoqlari yaxshi bukilmas, agar bukilsa keyin yozilmay qolardi. Ortidan kelayotgan sporchilar uni quvib o‘tib ketishmadi. Birinchi bo‘lib AQSh vakilasi (Daun sindromi bilan og‘rigan qiz) keldida, uni mahkam bag‘riga bosdi so‘ng: «Endi yaxshimi?», — dedi.
Qolgan sportchilar asta ortiga qaytdilar va yiqilgan atletni o‘rnidan turgazishdi. So‘ng butun dunyoni hayratda qoldirgancha qo‘l ushlashib, marraga birdek kirib kelishdi. Stadion o‘rnidan turib, nogiron, ko‘ngli yarim, lekin insoniy hislarga boy, tom ma’nodagi Odamlarga ko‘zlarida yosh bilan uzoq qarsak chaldi...
Bu voqea haqida bejiz to‘xtalmadim. Bizning futbolchilar hali JCh nimaligini bilmay kelishmoqda, lekin ularni hamma taniydi. Ozgina yutuqqa erishishsa ham, avtomashinalar qatorlashib ularni kutadi, lekin bizning amputant futbol termamiz bir necha bor JChda g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan, afsuski, ularning hatto ismini ham bilmaymiz. Kelajak avlod uchun bizninig amputant termamiz chinakam o‘rnak deb aytsak, xato qilmagan bo‘lamiz. Saytimiz tamonidan yangi yildan so‘ng bir necha yangi loyihalarni ishga tushirish niyatidamiz. Nasib qilsa, ilk intervyumiz ham amputant futbolchi yulduzlarimiz haqida bo‘ladi. Chunki ular bunga loyiq.
Kiritilgan sana: 17.04.2019 11:33. O'kildi: 3975 marta.