Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.12.2025 00:45
      • Torino
      • 2:3
      • Milan
  • APL
      • 09.12.2025 01:00
      • Vulverhempton
      • 1:4
      • Man. Yunayted
  • La-liga
      • 09.12.2025 01:00
      • Osasuna
      • 2:0
      • Levante
  • Elit OCHL
      • 09.12.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:1
      • Ulsan Xyonde
      • 09.12.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 2:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 09.12.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:2
      • Kangvon
      • 09.12.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 0:0
      • Shangxay Port
      • 10.12.2025 15:00
      • Seul
      • -:-
      • Melburn Siti
      • 10.12.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • -:-
      • Shanghai Shenhua
  • ECHL
      • 09.12.2025 20:30
      • Qayrat
      • 0:1
      • Olimpiakos
      • 09.12.2025 22:45
      • Bavariya
      • 3:1
      • Sporting
      • 10.12.2025 01:00
      • Monako
      • 1:0
      • Galatasaroy
      • 10.12.2025 01:00
      • Atalanta
      • 2:1
      • Chelsi
      • 10.12.2025 01:00
      • Barselona
      • 2:1
      • Ayntraxt F
      • 10.12.2025 01:00
      • Inter
      • 0:1
      • Liverpul
      • 10.12.2025 01:00
      • PSV
      • 2:3
      • Atletiko
      • 10.12.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 3:0
      • Slaviya
      • 10.12.2025 01:00
      • Yunion
      • 2:3
      • Marsel
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 16 40
2 Real Madrid 16 36
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 16 31
5 Espanyol 15 27
6 Betis 15 24
7 Atletik Bilbao 16 23
8 Xetafe 15 20
9 Elche 15 19
10 Selta 15 19
11 Alaves 15 18
12 Rayo Valyekano 15 17
13 Sevilya 15 17
14 Real Sosyedad 15 16
15 Osasuna 15 15
16 Valensiya 15 15
17 Malyorka 15 14
18 Jirona 15 12
19 Real Ovyedo 15 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

13/12/25 Real Sosyedad - Jirona
13/12/25 Atletiko - Valensiya
13/12/25 Malyorka - Elche
13/12/25 Barselona - Osasuna
14/12/25 Xetafe - Espanyol
14/12/25 Sevilya - Real Ovyedo
14/12/25 Selta - Atletik Bilbao
14/12/25 Levante - Vilyarreal
15/12/25 Alaves - Real Madrid
16/12/25 Rayo Valyekano - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 10.12.2025

      06:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      08:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      09:55 U-17. Чемпионат мира в Катаре. Финал. Португалия - Австрия.
      11:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:05 U-20. Чемпионат мира в Чили. Финал. Аргентина - Марокко.
      15:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      17:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      18:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Газиантеп".
      22:00 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Трабзонспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      04:00 U-17. Чемпионат мира в Катаре. Финал. Португалия - Австрия.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 10.12.2025

      05:05 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Спринт. Классический стиль. Финал.
      07:30 "Культовые".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. "Большой шлем" Абу-Даби в ОАЭ. День 3.
      10:40 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Катара. Runabout and freestyle.
      12:45 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Смешанная эстафета.
      14:10 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Женщины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      15:35 Лыжная страна.
      16:05 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Мужчины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      17:35 "Эволюция спорта".
      18:05 Гольф. Кубок Континентальной гольф-лиги в Москве.
      20:10 Прыжки на лыжах с трамплина. "Тагильская сталь" в Нижнем Тагиле, Россия. Смешанные пары. HS 85. 2-я попытка.
      20:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Зенит-Казань" - "Кузбасс" (Кемерово). Прямая трансляция.
      23:00 "Культовые".
      23:25 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Смешанная эстафета.
      00:45 "Небесная грация".
      01:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      02:35 "Эволюция спорта".
      03:00 "География спорта". Пенза.
      03:25 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Женщины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      04:45 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Мужчины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
  • MATCH-TV
    • Sana: 10.12.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Прыжки на лыжах с трамплина. "Тагильская сталь" в Нижнем Тагиле, Россия.
      08:00 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Д/ф "Дарья Соколова. Вернуться и победить!".
      12:00 Торжественная церемония награждения премией Паралимпийского комитета России "Возвращение в жизнь".
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "Вид сверху".
      16:50 Новости.
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:55 LIVE Бокс. Чемпионат мира в ОАЭ. Мужчины. Прямая трансляция.
      21:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Бокс. Чемпионат мира в ОАЭ. Мужчины. Прямая трансляция.
      01:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      02:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - "Бетсити Парма" (Пермский край).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 10.12.2025

      05:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Эстерсунде, Швеция. Женщины. Гонка преследования. 10 км.
      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 1.
      06:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      06:30 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 2 в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. Скиатлон. 10+10 км.
      07:00 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 2 в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 10 км. Свободный стиль.
      08:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 1.
      09:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      10:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. Сессия 2.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Скоростной спуск.
      13:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Супергигант.
      14:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 1.
      15:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      16:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. Сессия 2.
      17:45 LIVE Снукер. Shoot Out в Блэкпуле, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      22:00 Фехтование. Гран-при. Этап в Орлеане, Франция. Сабля. Обзор.
      23:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      23:45 LIVE Снукер. Shoot Out в Блэкпуле, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Скоростной спуск.
      04:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Супергигант.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Tanganing ikkinchi tomoni

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

«Manchester Siti» nega APLni «Liverpul»ga boy bermoqda?

Baho:
+0; -0

Stadion.uz “Manchester Siti”dagi asl muammo nimada ekanligi borasida fikr almashadi.

 

Laport juda muhim

«Liverpul» jamoasining g‘alabali yurishlari Virjil van Deykning transferidan so‘ng boshlandi. Aynan Gollandiya terma jamoasi sardori “qizillar” safiga kelib qo‘shilgach, jamoa kamroq gol o‘tkazib yuborishni boshladi. Bundan tashqari, aynan Virjil zamonaviy «Liverpul»ning hujumlarini boshlab beruvchi futbolchiga aylanib oldi. Angliyaning boshqa bir grand jamoasi – “Manchester Siti” esa, «Liverpul»dan ancha avvalroq Virjil singari kuchli markaziy himoyachi izlashni boshlagan edi. Tan olish lozim, Laport yakunda “shaharliklar” izlagan markaziy himoyachi bo‘lib chiqdi, biroq uning bu mavsumdagi jarohati barchasini katta xavfda qoldirmoqda.

 

Laport nima uchun shunchalar muhim?

Barchasi juda oddiy. Fransuz ayni damda “Siti” safida 90 daqiqa o‘z pozisiyasini almashtirmay o‘ynashga qodir yagona futbolchi va eng ishonchli so‘nggi himoyachi. Qolgan markaziy himoyachilar esa uning oldida masxarabozlarga o‘xshab qoladi. Masalan, Jon Stounzning “Youtube”da 8 daqiqalik kulguli xatolaridan iborat videorolikni ko‘rishingiz mumkin. Ha aytgancha, aynan Jon 2016-yilda dunyoning eng qimmat himoyachisi maqomida “Manchester Siti” tarkibiga kelib qo‘shilgan edi.

 

Qolgan himoyachilar bilan solishtirganda, Laportning statistikasi (har bir o‘yinda o‘rtacha 2 bor to‘p uchun kurashda g‘olib chiqish, 3 bor himoyadan hujum boshlab berish,1 bor yakkama-yakka kurashda g‘olib chiqish) ancha yaxshiroq. Emerik to‘liq ishtirok etgan mavsumda “shaharliklar” atigi 23 bor to‘p o‘tkazib yuborishgan xolos. Ayni damda klub 25 ta gol o‘tkazib bo‘ldi. Vaholanki, APL musobaqasi yakunlanishia yana 11 tur mavjud.

 

Fransiyalik himoyachining yo‘qligi himoyadan ko‘ra hujumga o‘z salbiy ta’sirini ko‘proq o‘tkazayotgani ham bor gap. Birinchi uzatmalarni (o‘tgan mavsumda Laport ijro etgan birinchi paslarning 92,3 foizi aniq manziliga yetib borgan) mohirlik bilan amalga oshirayotgan Laportning yo‘qligi “shaharliklar”ning pozision hujumga o‘tishini sekinlashitirib yubormoqda. Aynan himoyachilarning o‘z zonalaridan maydon markazigacha kelishlari pleymeykerlarning markazroq surilishlariga ko‘mak berishi ko‘zlab qilingan ish aslida.

 

Ushbu suratda Laport tarkibda bo‘lgan uchrashuvda himoyachilar maydoni bosib o‘tgan nuqtalari va uzatmalarning qayergacha yetib borgani aks etgan. Fransiyalik himoyachi davrida “Manchester Siti” har bir o‘yinda amalga oshirgan paslarning 36,7 foizi himoyachilarga tegishli edi. Ayni damda bu ko‘rsatgich 26 foizga tushib ketdi. Eng achinarlisi shundaki, chap markaziy himoyachisi sifatida harakat qiladigan Laportning o‘rnini “yopib” ketadigan futbolchi bu mavsum “Siti”da topilmadi.

 

Laportning jarohatidan so‘ng nima o‘zgardi?

Qahramonimiz safdan chiqqach, Gvardiola qo‘l ostidagi futbolchilardan turli tandemlarni qo‘llab ko‘rdi. Masalan, Stounz – Otamendi, Stounz – Fernandinyo, Otamendi – Fernandinyo… Hatto yosh Erik Garsiya ham sinovdan o‘tkazildi. Murabbiy hujumkor markaziy himoyachi izlash bilan deyarli yarim mavsumni o‘tkazib yubordi. Qanchalar g‘alati tuyulmasin, ushbu tandemdagi yigitlarga nisbatan Fernandinyoda yaratuvchanlik ancha ko‘proq. Shu sababli mavsumning katta qismini Otamendi va Fernandinyodan(aslida braziliyalik futbolchi yarim himoyachi) tashkil topgan tandem o‘tkazdi. Fernandinyo qanchalar harakat qilmasin, hujumkorlikda baribir jarohat olgan himoyachidan yaxshiroq harakat qila olmadi. Misol uchun Laport har bir o‘yinda o‘rtacha 85ta(ushbu paslarnin 84 foizi oldinga uzatilgan) pasni amalga oshirgan. Ushbu uzatmalarning 5 tasi manzilga aniq yetib borgan krosslar bo‘lsa, 0,5 tasi golli vaziyat yaratgan. Ushbu uzatmalarning 91,9(!) foizi aniq ekanligini inobatga olsak, Laport nafaqat “Siti” balki butun APLdagi eng muhim figuralardan biri ekanligini ko‘zga yaqqol tashlanadi.

 

Endi uning o‘rnini egallashga uringan Fernandinyoning statistikasiga e’tibor qarating. Har bir o‘yinda o‘rtacha 71ta uzatma. 89 foiz aniqlikda va ularning ichida birorta golli vaziyat yaratgani hali uchraganicha yo‘q. Shu o‘rinda braziliyalik futbolchi Laportning o‘rnini bosa olmasligining sababi ham mavud. Fernandinyo chapaqay markaziy himoyachining o‘rnini to‘ldirish uchun o‘ng oyoqda qanchalar harakat qilmasin, bundan aytarli hech narsa chiqmayapti. Hujumlarni tezkorlik bilan himoyadan boshlaydigan “Siti” aynan Fernandinyoning ortiqcha to‘pga teginishi sababli bir necha soniyalarni boy bermoqda. Bu esa, raqib uyushtiradigan pressingning effektini oshirib yubormoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Fernandinyo har bir uchrashuvda o‘rtacha 1,3 ta omadsiz to‘pga teginishni amalga oshirmoqda. Bu ko‘rsatkich Laportda har 5 ta uchrashuvda bir marotaba ko‘zga tashlanar edi. Aynan Laportning yo‘qligi bois, yarim himoyachilar hujum tempi tushib ketmasligi uchun hujumdan ko‘ra himoyaga yaqinroq o‘ynashga majbur bo‘lmoqda. Shu sababli, “Siti” o‘zining himoyadan boshlanuvchi hujumlarini va eng muhimi o‘yindagi mobillikni namoyish eta olmayapti. APLdagi raqiblar ham aynan shu kamchiliklardan o‘zlari uchun ochko ishlab olishga muvaffaq bo‘lishmoqda.

 

“Manchester Siti” markaziy himoyachilar uchun keragidan ortiq pul sarflab yubordi

Tan olish lozim, “Siti” o‘z Virjil van Deykini juda ko‘p izladi. Klub 2014-yildan boshlab hujukor markaziy himoyachini qo‘lga kiritish uchun naqd 210 million yevrodan voz kechishgacha bordi. Elyakim Mangala 45 million, Jon Stounz 55,6 million, Nikolas Otamendi 44,5 million va Emerik Laport uchun 65 million yevro sarflandi. Ha aytgancha, 45 millionlik himoyachilardan biri – Mangala allaqachon jamoa safini erkin egent sifatida tark etishga ham ulgurdi. Klub seleksiya ishlarini juda maromida olib boryapti deyish biroz o‘rinsizroq.

 

Bejizga aynan “shaharliklar”da moliyaviy feyr-pley bilan muammo paydo bo‘lmadi. O‘ylab o‘tirmasdan yangi futbolchilar uchun millionlar sarflanmoqda. Achinarlisi,ularning aksariyati jamoani arzimagan pullar yoki erkin egent sifatida tark etishmoqda. Omadsiz transferlar va futbolchilarning maoshlari qo‘shib hisoblansa, klub byudjeti har yili juda katta zarar ko‘rayotgani ma’lum bo‘ladi. Ha aytgancha, Yevropa nashrlarning ma’lum qilishicha, ayni damda “Siti” sifatli markaziy himoyachi izlayotgan ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, jamoani himoya markazidagi bo‘sh o‘yin ortga tortmoqda.

 

Vaziyat «Liverpul»da qanday?

Kloppning jamoasida hozir barchasi ko‘ngildagidek ketmoqda. Jamoa safida zamonaviy himoyachilardan talab qilinadigan barcha omillarga ega Virjil, iqtidorli Jo Gomes va o‘sib borayotgan Joel Matiplar “javlon urmoqda”. Bugungi kunga kelib, «Liverpul» Angliyaning eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoasi bo‘lib turgani ham bejiz emas.

 

Bugungi kunda ko‘plab top jamoalar singari «Liverpul» ham hujumni darvozabon va markaziy himoyachilar orqali boshlashni yo‘lga qo‘yib oldi. Klopp o‘z himoyachilariga yuklatilgan vazifalarni (to‘pni himoyada uzoq olib qolmaslik, qanotlardagi himoyachilarning maydon bo‘ylabharakati, kerak pallada himoya chizig‘i maydon markaziga tortilishi) to‘liq bajarilmoqda. Shuningdek, Virjil standart vaziyatlarda ham bu mavsum planini(ayni damda uning hisobida 4 ta gol mavjud) to‘liq bajarib kelmoqda. Klopp yaratgan mashina markaziy himoyadagi mustahkam o‘yin sababli yakdillik kasb etmoqda. Bu esa, bir butun mexanizm sifatida harakatlanish uchun eng muhim faktor sanaladi.

To‘g‘ri, qaysidir ma’noda Emerik Laportning jarohati sababli “Siti” “poygadan” chiqib ketdi deyish noto‘g‘ridir, biroq ushbu yo‘qotish “shaharliklar”ga katta talafot yetkazgani rost. «Liverpul» markaziy himoyada alternativ variantlarga ega bo‘lgani uchun mavsumni bir tekis o‘tkazib kelmoqda. Kuchli himoya va chaqqon hujumchilar uyg‘unligi tobora chempionlik sari yaqinlashib kelmoqda. “Manchester Siti” esa, kelasi yili (agar APLda qolsa) kadrlar bilan yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etsa, ortiqcha qiyinchiliksiz yana “poyga”ning asosiy fovoritlariga aylanishga qodir klub.

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Kiritilgan sana: 25.02.2020 23:52. O'kildi: 6968 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.