Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dunyodagi eng katta — Evergrande International Football School futbol akademiyasi qanday vujudga keldi?

Baho:
+ | -
OSIYO / Milliy chempionatlar / Xitoy Super Ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘z vaqtida kelishilgan o‘yinlarda ayblanib, Xitoy quyi divizioniga tushirib yuborilgan «Guanjou Evergrand» futbol klubining oyoqqa turishi uchun baquvvat homiy yordami kerak bo‘ldi. Mana shunday bir paytda mamlakatda yoshlar futboliga e’tibor qaratishda yetakchilardan biri bo‘lgan Syuy Szyain katta sahnaga chiqdi.

Syuy Szyain Evergrande Group rahbari hisoblanadi. Xitoydagi eng ulkan kompaniyaga boshchilik qiladigan developerning boyligi taxminan 7 milliard dollarni tashkil qiladi.

2010 yilga kelib Syuy Szyain katta tavakkalga qo‘l urdi va muammolar botqog‘ida yotgan «Guanjou Evergrand» futbol klubini sotib oldi. Uni oyoqqa turg‘izish uchun esa kuchli xorijlik futbolchilar xizmatidan foydalanildi. Bunda milliarder asosiy e’tiborni murabbiyga qaratgani holda, italiyalik Marchello Lippiga 10 million yevro yillik maosh taklif qildi va maqsadiga erishdi.

Sarf etilgan millionlar o‘zini oqladi. «Guanjou Evergrand» nafaqat super ligaga qaytib keldi, balki mamlakat chempionligini ham qo‘lga kiritdi. 2013 yilga kelib esa jamoa Osiyo chempionlar ligasida zafar quchdi, 2015 yilgi mavsum bu ish yana takrorlandi. Bunga qadar Xitoy klublari Osiyo tasnifidagi musobaqalarda 23 yildan buyon zafar quchmayotgandi.

«Guanjou Evergrand» shu qadar katta tezlikda rivojlanib bordiki, oxir-oqibat Alibaba Group asoschisi Jek Maning e’tiboriga tushdi. Boyligi taxminan 30 milliard dollar deb qaraladigan Ma «Guanjou Evergrand»ning 50 foiz aksiyasini 192 million dollarga sotib oldi.

Syuy Szyain klubning bu muvaffaqiyatlaridan ko‘ra ko‘proq, Gunchjoudan 80 kilometr uzoqlikda qurilgan futbol akademiyasi bilan faxrlanadi.

2012 yil sokingina Sinyuan shaharchasida Evergrande International Football School akademiyasiga asos solindi. Milliarder uning qurilishi uchun ba’zi manbalarda 115 million funt, boshqasida esa 150 million funt sarflagani ko‘rsatilgan.

Bu dunyodagi eng katta futbol maktabi bo‘lib tarixga kirdi. Unda doimiy ravishda 2,5 ming o‘quvchi sport, asosan futbol sir-asrorlarini o‘rganadi. 50 ta tabiiy chimli maydon, 30 ta sun’iy qoplamali manejlar, olimpiya talablari asosidagi ochiq havodagi basseyn, supermarket, kinoteatr, kutubxona, o‘yin o‘tkazish uchun katta stadionni bunda uchratish mumkin. Akademiyaning 500 nafar ishchi-xodimi va murabbiylari istiqomat qilishi uchun 4 ta minora qad rostlagan. Bularning barchasini barpo qilish uchun Syuy Szyainga 1 yilgina vaqt kerak bo‘ldi.

Akademiyaning kirish qismida 4 metr balandlikdagi jahon kubogi qad rostlagan. Bu yosh futbolchilarni asosiy maqsad — jahon chempioni bo‘lish uchun ilhomlantiradi. Unga yaqin joyga o‘rnatilgan Pele va Bobbi Mur haykallari esa kimdan o‘rnak olish kerakligini bildiradi.

Akademiya o‘quv binolariga Sokrates, Platini, Maradona kabi yulduzlar aks etgan suratlar ilib qo‘yilgan. Syuy Szyain falsafasiga ko‘ra, agar bolakaylar kimgadir o‘xshashni orzu qilsa, o‘sha kimdir faqat eng zo‘rlar bo‘lishi kerak.

«Maktabimiz menga Xogvartsni eslatadi. Bosh bino xuddi «Garri Potter»dagi kabi qurilgan», — hikoya qiladi akademiyaning futbolchi bo‘lish orzusidagi 12 yoshli tarbiyalanuvchi qizi. Darhaqiqat, binolar dizayni bolakaylarni o‘ziga rom qilib qo‘yadi. Ular oqshom vaqtidan to tong yorishguniga qadar ko‘k rangda yonib, bir necha kilometr uzoqlikdan ko‘rinib turadi.

Bunday ta’lim maskanida bo‘lish baxti hammaga ham nasib qilavermaydi. Akademiyaning yillik to‘lovi 5 800 AQSH dollarini tashkil qiladi. Agar kimdadir buncha pulni to‘lash imkoni bo‘lmasa, yechimi bor: maxsus tashkil etilgan xayriya fondi o‘z yordamini ayamaydi. Sharti — bolakayda oz bo‘lsa-da iqtidor bo‘lishi kerak.

Evergrande International Football School’ning asosiy maqsadi 8—10 yillardan keyin «Guanjou Evergrand»ga saviyali futbolchilarni tarbiyalab berish. Shundagina klub jahon yulduzlari uchun millionlar sarflamay ham, o‘z maqsadi sari olg‘a bosaveradi.

To‘g‘ri, bunday futbolchilarni tarbiyalash uchun Xitoyda malakali mutaxassislar yo‘q. Biroq bu muammodan qochish uchun sabab bo‘la olmaydi. Ispaniya, Argentina va Portugaliyadan yoshlar futbolini yaxshi tushunadigan murabbiylar olib kelindi. Ularning ayrimlari «Real Madrid»ga qarashli futbol akademiyalarida faoliyat ko‘rsatgani e’tiborga molik. Hozirda mutaxassislar 126 ta bolalar jamoasida faoliyat olib bormoqda.

Vaqti kelib Xitoy futboli oldinga sezilarli qadam tashlasa, bunga shunchaki tasodif sifatida qaralmaydi. Chunki mamlakat futbolni rivojlantirishning eng tezkor va shu bilan birga juda qimmat yo‘lini o‘ziga ep ko‘rib bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:08, 08.01.2017. O'qildi: 9085 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик