Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 05.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vest Xem
      • 06.12.2025 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Arsenal
      • 06.12.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 06.12.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Sanderlend
      • 06.12.2025 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Byornli
      • 06.12.2025 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brentford
      • 06.12.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Chelsi
      • 06.12.2025 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Liverpul
      • 07.12.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 07.12.2025 21:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 06.12.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Malyorka
      • 06.12.2025 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Xetafe
      • 06.12.2025 20:15
      • Alaves
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 06.12.2025 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Barselona
      • 07.12.2025 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Atletiko
      • 07.12.2025 18:00
      • Elche
      • -:-
      • Jirona
      • 07.12.2025 20:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Sevilya
      • 07.12.2025 22:30
      • Espanyol
      • -:-
      • Rayo Valyekano
  • «A» Seriya
      • 06.12.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Fiorentina
      • 06.12.2025 22:00
      • Inter
      • -:-
      • Komo
      • 07.12.2025 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.12.2025 16:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Lechche
      • 07.12.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Roma
      • 07.12.2025 22:00
      • Lasio
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 15 37
2 Real Madrid 15 36
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 15 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 15 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Malyorka 15 14
16 Valensiya 14 14
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Real Ovyedo 15 10
20 Levante 14 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bonuchchi:«Farzandlarim - hayotdagi asosiy quvonchim»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Leonardo Bonuchchi - bu yigit shunchaki, futbolchi emas, balki jasur va qo‘rqmas o‘yinchi. Uni yana mehribon va g‘amxo‘r ota sifatida ta’riflash mumkin. Italiya terma jamoasi hamda «Yuventus» klubi markaziy himoyasida birdek muhim rol o‘ynaydigan Leonardo Yangi yil bayrami arafasida mashhur La Repubblica gazetasi muxbirlarining suhbatlashish haqidagi iltimoslarini yerda qoldirmay, ularga ma’lum vaqt ajratdi. Natijada o‘z ishlarining chin ustasi hisoblangan ijodkorlar futbolchiga darhol savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblarni qog‘ozga tushirishdi. Bonuchchining musohaba chog‘i asosan o‘z hayotida ro‘y berayotgan voqealar xususida gapirishiga to‘g‘ri kelganini alohida ta’kidlash joiz. Chunki yozda o‘g‘ilchalaridan birining salomatligida jiddiy muammo tug‘ilgan va futbolchi oilasi bilan o‘ziga xos sinovdan o‘tgandi.

- Leonardo, keling, hammasini bir chetdan boshlaylik. Bilishimizcha, Rojdestvo bayramini uydan uzoqda qarshi olibsiz. Demakki, Italiya superkubogi uchun Qatarda bo‘lib o‘tgan o‘yinni televizor orqali tomosha qilgansiz. Shularni hisobga olib aytsak, klubingiz mag‘lubiyati ikki hissa og‘ir botmadimi? Hozirda nimadandir afsuslanmayapsizmi?

- Yo‘q, afsuslanish mutlaqo befoyda. Rojdestvoga kelsak, bayramni Vitebroda nishonladim. U yerda ham uyimiz bor. O‘zi oila davrasidagi tantanalarga nima yetsin... Ochig‘i, rosa miriqdik. Otam Telecom kompaniyasida ishlaydi, onam esa hisobchi. U ayni payt isitish moslamalarini ishlab chiqaradigan kompaniyada mehnat qilmoqda. Endi yangi yilni Sestriyereda qarshi olmoqchiman. Ya’ni xotinim Martina va farzandlarim yonida. To‘ng‘ich o‘g‘lim Lorenso Filippo iyul oyida 5 yoshga to‘ladi, Matteo Markoning tug‘ilgan kunini esa may oyida nishonlaymiz. U hozir 2,5 yoshda. Farzandlarim - hayotdagi asosiy quvonchim. Ular Yaratganning qiyosi yo‘q tuhfasi.

- O‘g‘lingiz Matteoning salomatligida katta muammo tug‘ilgandi. «Tuhfa» iborasini tilga olganda, uning holatini ham nazarda tutayotgandirsiz. Umuman, ayni payt Matteoda hammasi joyidami, muammo ortda qoldimi?

- Ha, barchasiga shukrona keltirishim joiz. Zero, iyul oyida boshlangan qo‘rquv bir necha kun oldin nihoyat, tarqaldi. Hozirda o‘ziga xos ruhlantiruvchi so‘zlarni takrorlash bilan Matteoni chinakamiga maqtayapmiz: «Sen oilamiz chempionisan, chunki eng asosiy kurashni o‘z foydangga hal qilding». Shuningdek, unga alohida qahramonliklar haqida yozilgan kitoblarni o‘qib beryapmiz. Eng quvonarlisi, Matteo akasiga qo‘shilib, yugura boshladi, shunday ekan, tez orada butunlay tiklanadi. Xullas, o‘g‘limning ham ruhiy, ham jismoniy holati maromiga tushdi.

- O‘zi o‘sha dahshatli qo‘rquv qanday yuzaga keldi? Buni eslay olasizmi?

- Yoz edi. Biz Fransiyada o‘tgan Yevropa chempionatidan so‘ng ta’til uchun Formenterega bordik. Shundan 3 haftacha muqaddam Matteo operasiya stoliga yotgandi - kichikkina chov churrasi sabab. O‘sha vaqtdayoq o‘g‘lim boshqacha bo‘lib qolgandek ko‘ringandi. Biroq boshida buni narkozning ta’sir qoldig‘iga yo‘ydik. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tdiki, Matteoning holati yaxshilanmadi, aksincha, uning xatti-harakatlari barchamizda xavotir uyg‘ota boshladi. Shunchaki, qo‘rquv domiga tushib qoldik. Xotinim bilan maslahatlashib, zudlik bilan Turinga qaytishni lozim topdik. Xayriyatki, Qirolicha Margarita bolalar gospitalida ajoyib vrachni uchratdik. U bir daqiqa kechikish ham yomon oqibatga olib kelishi mumkinligini aytib, darhol davolash kursini boshladi. Chunki tashxis natijalari yomon chiqqandi - o‘tkir patologiya. Xullas, shifokor zudlik bilan keskin choralar qo‘llash zarurligini tushuntirdi. Keyingi kuni ertalab soat 8da Matteoni operasiya xonasiga olib ketishdi. Shu bo‘yi u yerdan kunduzgi soat 4da olib chiqishdi. Eh, kutish naqadar og‘ir-a...

- Demak, naq 8 soat kutgansizlar. O‘sha vaqt nimalarni o‘yladingiz?

- Aytarli hech narsani. Faqat qandaydir bo‘shliqni his qildim. Bir narsa ko‘nglimga taskin bergani esimda: Matteo operasion xona eshigi tomon borar ekan, xuddiki, sherdek ko‘rindi. Go‘yoki, u shu xatti-harakati bilan bizdan mardonavor turishni so‘ragandek bo‘ldi. Keyinchalik o‘g‘limning sevimli o‘yinchog‘i - oq ayiqni qo‘limga olib, xona burchagiga o‘tirdim va Xudoga iltijo qila boshladim: «Har bir voqea yolg‘iz Sening irodang bilan yuz beradi. Utunaman, hali go‘dak o‘g‘limdan marhamatingni darig‘ tutma». Ma’lum fursatdan so‘ng shifoxona tashqarisiga chiqdim. U yerda oilamiz a’zolari, do‘stlarimiz - chamasi 30 kishi xabar kutayotgandi. Kimdir ko‘nglimizni ko‘tarib, qo‘llab-quvvatlab turish uchun ishidan ruxsat olib kelgan, boshqa birov shaxsiy do‘konini yopib, oldimizga shoshilgan. Ular oldida chuqur ta’zimdaman. Telivizordagi chiqishim chog‘i bejiz ko‘z yoshi to‘kkanim yo‘q. Bu barcha do‘stlarim, jamoadoshlarim, muxlislarga nisbatan mehrim-hurmatim belgisidir. Aytgancha, nafaqat «Yuventus», balki boshqa klublar ishqibozlaridan ham cheksiz minnatdorman. Ularning qiyin holatimga befarq qarashmaganidan shunchalik ta’sirlandimki, o‘sha chiqishda beixtiyor ko‘zim namlandi. Umuman, Matteo muolajalardan so‘ng 10 avgust kuni uyga qaytdi. Ya’ni shifoxonada 30 kun yotdi va bu orada atrofdagi odamlarning o‘g‘limga chinakamiga qayg‘urishganini yaqqol his etdim.

- Ushbu yoqimsiz xastalik tarixi butunlay tugadimi?

- Hali to‘liq emas. Hozir tiklanish jarayoni davom etyapti. Muhimi, o‘g‘limning umumiy holati xastalik qayta bezovta qilmasligiga umid bag‘ishlayapti. Ha, hayajon yo‘q emas. Ammo oldinga tashlagan har bir qadami umidimizni oshiryapti. Xullas, eng tahlikali vaziyat ortda qoldi va tiklanish maksimal darajada tez o‘tyapti. Boshidayoq barchasini Lorensoga yaxshilab tushuntirdik - u ukasini sira yolg‘iz qoldirmayapti. O‘zimiz ham Matteo bilan imkon qadar ko‘p gaplashyapmiz. Ya’ni unga eng yomoni ortda qolgani va endi nimadandir cho‘chishga asos yo‘qligini tushuntirishga urinyapmiz. Asosiysi, barchasi avvalgidek bo‘lishiga ishonchimiz katta. Ochig‘i, xastalik aniqlangan o‘sha haftalarda hattoki, futboldan batamom voz kechishga ham tayyor edim. Deylik, yaqinlarim o‘z ishimga e’tibor qaratish asnosida ozgina chalg‘ishim zarurligini ta’kidlashgan payt g‘azabim qaynadi hatto. Axir o‘g‘lim bir ahvolda yotganida, boshqa narsalar ko‘nglimga sig‘armidi?

- Ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladingiz. Xo‘sh, shaxsan siz eng murakkab holatda hammadan ko‘proq kimga suyandingiz?

- Albatta, turmush o‘rtog‘im Martinaga. U qat’iyatli ayol ekanligini isbotladi. Ba’zan hattoki, qaysardek ko‘rindi, ammo bu qat’iyat namunasi edi. O‘zi o‘rtamizdagi muhabbat bir ko‘rishda tug‘ilmagan. Ya’ni uning o‘zi turmush qurishimiz taklif qilgan va birga baxtli bo‘lishimizga ishontira olgandi. Tan olaman, Martina menga barqarorlikni singdirdi. Unga qarab, yiqilishdan keyin turib ketish uchun kuch topdim. Deylik, bukmekerlik idorasida pul tikishga bog‘liq mojaro avj olganida ham, aynan xotinimning irodasiga tayanib, o‘zimni qo‘lga oldim. Qolaversa, Martina har bir inson o‘zi bilan faxrlanishi zarurligini to‘la anglatdi. Shu tariqa o‘zimga xos fazilatlarni qadrlay boshladim. Endi tushundimki, oiladagi har qanday tashvish bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Ularni yengib o‘tish uchun esa birdamlik bilan kurashish talab etiladi.

- Matteo shifoxonadan qaytishi bilan uning suratini ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ydingiz. Bu bolaga salbiy ta’sir qilmasmikan?

- Biz barchasini oldindan rejalashtirib qo‘yganmiz. Harakatlarimiz o‘g‘limizni tezroq odatiy-mo‘’tadil hayotga qaytarishga qaratilgan. Umuman, bu borada hech qachon shoshilmayman, keskin harakatlanmayman. Shunchaki, Matteoning xastaligidan keyin yangi hayot boshlashga urinyapmiz. Bor gap shu.

- Keling, endi futbol mavzusiga ko‘chamiz. Faoliyatingiz o‘sishiga alohida hissa qo‘shgan insonlar haqida so‘ralsa, avvalo, kimlarni e’tirof etasiz?

- «Viterbo»da shug‘ullanganimda, Karlo Perrone katta ta’sir o‘tkazgandi. O‘sha vaqt hujumchi sifatida o‘ynardim, jamoamizda Berretti sardor edi. Orada 7ta o‘yinda 4ta gol urganim esimda. O‘yin taqdirini yolg‘iz o‘zim hal etishni yoqtirardim. Biroq bir safar murabbiy oldimga yaqinlashib, shunday dedi: «Leo, sen himoyaning markazida to‘p surishing kerak. Agar futboldagi faoliyating qadrli bo‘lsa, aynan shunday qilasan». Natijada ampluamni o‘zgartirdim va bu qadam men uchun yuqoriga intilish nuqtasi bo‘ldi. Yana Alberto Ferrarinidan g‘oyat minnatdorman. U shaxsiy ruhshunosim sifatida ko‘p narsalarni o‘rgatdi: salbiy munosabatlarga qanday yondashishni, tushkun holatga chek qo‘yishni va e’tiborni saqlab qolishni. Antonio Konte esa texnik va taktik salohiyatim oshishiga turtki bergani bilan hurmatlidir. Umuman, u «Yuventus»da barchamizni o‘sish sari boshladi. Klubni 7-o‘rindan birinchi qatorga olib chiqqani va ketma-ket 3ta chempionlik medalini ta’minlagani barchasiga dalolat.

- Boshqacha aytganda, Konte futbolchilarni o‘ziga xos mashinaga aylantirdi, shundaymi?

- Yo‘q, aslo. U shunchaki, sovrinlarga tashna futbolchilar guruhini  shakllantirdi.

- Siz o‘z haqingizda gapirishni yoqtirmaysiz va doimo biroz janjalkash, qahrli ko‘rinasiz. Nega?

- Bu o‘smirlik chog‘i yolg‘izlikni xush ko‘rganim ta’siri bo‘lsa kerak. Hech qachon qandaydir himoyachi yordamiga muhtojlik sezgan emasman. Umuman, tabiatan juda kamgapman, juda. Tan olaman, birovga ishonmaslik - bu eng katta kamchiligim. Balki shu boisdir, do‘stlarim oz.

- Nega aynan 19-raqamni tanlaganingizga ham oydinlik kiritsangiz.

- Bu Ferrarinining qarori. U numerologiya va ramzlar shaydosi. Bunga qandaydir izoh berishim qiyin. Faqat shuni aytishim mumkinki, xotinim aynan 19-sanada tug‘ilgan, farzandlarim ham. Qolaversa, to‘yimiz ham shu sanaga to‘g‘ri kelgandi. Shuning uchun ham  «Yuventus» bilan yangi shartnoma tuzish jarayonida hujjatlarga aynan 19 dekabr kuni imzo chekishni xohladim.

- Endilikda «Chelsi» chorlovi eshitilmayapti...

- Shaxsan o‘zim shu yerda afsonaga aylanishni istayman (kuladi).

- Vaholanki, o‘g‘lingiz Lorenso «Torino» fanati ekan...

- Eh, endi uning bolalar bog‘chasida do‘stlari bilan gaplashishini taqiqlab qo‘yamiz, shekilli. Albatta, bu hazil. Ha, Lorenso uyda Belotti uslubida xo‘roz bo‘lib yurishni yoqtiradi. Bir safar «Torino»ning retro-futbolkasini topib, orqasiga «Pogba» yozuvini tushurib berishimni so‘radi. Tabiiyki, unga bunday qilish mumkin emasligini tushuntirib qo‘ydim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:44, 10.01.2017. O'qildi: 6401 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 8
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Эспаньол Pere Milya 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.