Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Buffon, Ronaldu, Messi, Zlatan – yulduzlar qanday kashf etilgan?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ayni paytda jahon futboli cho‘qqisida turgan ko‘plab futbolchilar hozirgi darajasiga yetishida ularning bolalik va o‘smirlik chog‘larida skautlarning nazariga tushishi ulkan ahamiyatga ega. UYEFA rasmiy sayti eng yorqin futbol yulduzlari qanday va kim tomonidan kashf etilganini yodga oldi.

Lionel Messi

«Barselona» o‘ng qanotida 14 yil davomida to‘p surgan va klubning oltin davrlaridan birida Yoxan Kruiffga yordamchilik qilgan 70 yoshli Karles Reshak ko‘proq bu jihatlari bilan emas, balki Lionel Messini kashf qilgani bilan tanilgan. Aynan Reshak bir paytlar Diyego Maradonanin kataloniyaliklar safiga kelishida hissa qo‘shga agent Xose Mingella tavsiyasiga ko‘ra Messi uchun ikki haftlaik sinov uyushtirgan. U Messining o‘yinini bir necha daqiqa ko‘riboq bir to‘xtamga kelib bo‘lgan. «Men uni ko‘rishim bilan uni qo‘yib yubormasligimiz kerakligini aytgandim. U o‘zgacha o‘lchamda o‘ynardi. Bolaligidanoq u oddiy futbolchi bo‘lmasligi ayon edi», – deya xotirlaydi Reshak.

Janluiji Buffon

«Uni yassi oyoqligi tufayli «Milan» rad etgandi, biroq men uning iste’dodini darhol payqadim», – deya esga oladi Buffonning salohiyatini sezgan «Parma» darvozabonlar murabbiyi Ermes Fulgoni – «U 12-13-yoshligidan men bilan ishlashni boshlagandi. Odamlar esa men uning bir kun kelib jahonning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishini takrorlashdan charchamasligimdan kulardi». Buffonning o‘zi ham bu darajaga yetishishida Fulgonining roli katta ekanligini e’tirof etib keladi.

Antuan Grizmann

Bir necha klublar tomonidan rad etilgan 14 yoshli Grizmanni «Real Sosedad»ning fransiyalik skauti Erik Olyat Parij yaqinidagi turnirda payqab qolgan. «Men uning to‘pni nazorat qilishini va uzatishini ko‘rdim – u buni juda oson bajarardi. Shunda men bu bola rivojlansa qay darajaga chiqishi mumkinligi haqida o‘zimdan so‘radim», – deydi 54 yoshli mutaxassis. U hozirgacha agent yollamagan Grizmanning faoliyatidagi eng yaqin maslahatchisi bo‘lib kelmoqda.

Eden Azar

Belgiya terma jamoasining oltin avlodi sardori o‘z vatani oliy divizionida hech qachon to‘p surmagan. «Tyubiz» yoshlar jamoasida o‘ynagan Azar Fransiyaning «Lill» klubi akademiyasi rahbari Jan-Mishel Vandammning e’tiboriga tushgan. «Men o‘yinni raqiblaridan ancha yaxshi tahlil qiladigan futbolchini ko‘rgandim. U o‘zining dastlabki shartnomasini imzolaganda 16 yoshida asosiy jamoaga o‘tishni istashini aytgandi. O‘shanda men kulgandim, biroq u buni uddaladi», deya xotirlaydi Vandamm.

Zlatan Ibrohimovich

15 yil davomida «Malmyo»ning yoshlar murabbiyi bo‘lib ishlagan Jonni Jillensyo kuzatib borgan yuzlab futbolchilar orasida Zlatan Ibrohimovich ham bor edi. «Men hech qachon Zlatan kabi qobiliyatga ega yosh futbolchini ko‘rmaganman. U 14-15 yoshidayoq yuqori texnikaga ega edi. g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va o‘z-o‘zini doimoiy rivojlantirish istagi uning kuchli tomonlaridir. U har doim o‘zining kechagi holatidan yaxshiroq bo‘lishga intiladi», – deydi Jillensyo.

Robert Levandovski

1997-2004-yillarda «Varshava»da tarbiyalangan Levandovskining ilk ustozlaridan biri Kristof Sikorski uning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. «U juda ozg‘in edi. Uning oyoqlari daraxt shoxlariga o‘xshardi va men boshqa futbolchilarni uni sindirishidan qo‘rqardim. Men unga jismonan baquvvat bo‘lish uchun ko‘proq go‘sht yeyishni maslahat bergandim. Esimda, mavsumlarning birida jamoam 158 ta gol urgan edi, ularning yarmini Levandovski urgandi», – deya xotirlaydi Sikorski.

Tomas Myuller

Filipp Lam va Bastian Shvaynshtayger singari futbolchilar «kashfiyotchisi» hisoblangan skaut Yan Pienta 11 yoshli Myullerni u bir o‘yinda 8 ta gol urgan mintaqaviy turnir vaqtida payqab qolgan. «Bu yoshda siz ishlash etikasiga, reaksiya vaqtiga va albatta texnikaga e’tibor qaratasiz. Tomas ajoyib edi. Himoyachilar uni to‘xtatishi juda qiyin edi, chunki u o‘z sezgisiga tayanib ajoyib o‘yin ko‘rsatardi», – deydi Pienta.

Krishtianu Ronaldu

«Madeyraning «Nasyonal» klubining «Sporting»dan 25 ming yevrolik qarzi bor edi. Ular bu qarzni to‘lay olmasligi oydinlashgach, uni qoplash uchun juda yaxshi bir futbolchini olishga rozi bo‘lishimizni so‘rashdi», – deya eslaydi lissabonliklar skouti Aurelio Pereyra. «Uning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi hayratlanarli edi. 12 yoshli bolakay shunday ajoyib o‘yin ko‘rsatdiki, men klubni uning shartnoma huquqlarini qo‘lga kiritishga ko‘ndirdim. Boshida bu g‘alati ko‘ringan edi, biroq bu shu harakatlarga arzirdi».

Ueyn Runi

«Kopplhauz Kolts»ning 11 yoshgacha bo‘lgan jamoasida o‘ynagan 8 yoshli Runini «Everton» skauti Bob Pendlton payqab qolgan. «Men bu yosh bu hujumchi har safar to‘pga tekkanida qandaydir yangicha harakat qilishiga urinayotganini sezib qoldim. Yosh Ueynning o‘zgacha iste’dodi borligi ko‘rinib turardi. Uni anchadan buyon bilgan murabbiylar ham uni maqtardi. Hakamlar esa o‘yindan keyin u bilan gaplashishim uchun meni chaqirgandi», – deb xotirlaydi Pendlton.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 13:11, 14.01.2017. O'qildi: 22519 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик