Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Unai Emeri: «Men Yevropa Ligasining «qiroli» emasman, «Aston Villa» bilan yangi sahifa ochmoqchiman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri ushbu musobaqada 4 marta g‘olib chiqqaniga qaramay, o‘zini Yevropa Ligasining «qiroli» deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Ispaniyalik mutaxassis mazkur turnirda uch marta «Sevilya» va bir marta «Vilyarreal» bilan zafar quchgan, 20 may kuni esa uni Germaniyaning «Frayburg» klubiga qarshi navbatdagi final kutib turibbdi.

«Men bu turnirning qiroli emasman. Hozir «Aston Villa» bilan faoliyatimda yangi sahifa ochildi. Ilgari bo‘lgan voqealarning barchasi o‘tmishda qoldi. Ertaga hozirgi jamoam bilan va ayni damdagi raqibga qarshi bahsda g‘alaba qozonishimiz kerak», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.

Emeri boshqaruvi ostida «Villa» yevrokuboklarda jiddiy o‘sishga erishdi. Jumladan, jamoa 2024 yilda Konferensiyalar Ligasi yarim finaliga, bir yil o‘tib Chempionlar Ligasi chorak finaliga qadar yetib bordi, endi esa so‘nggi 30 yil ichidagi ilk yirik sovrin ostonasida turibdi. Birmingemliklarning oxirgi jiddiy muvaffaqiyati 1996 yilga to‘g‘ri keladi — o‘shanda ular Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritishgan edi. Jamoa o‘zining so‘nggi yevrokubogini esa undan ham avvalroq, ya’ni 1982 yilda Yevropa chempionlari kubogida g‘olib chiqib qo‘lga kiritgan.

Emeri jamoa katta o‘yinlardagi bosimni yengib o‘tishni o‘rganganini va buni ijobiy omil sifatida qabul qilishi kerakligini ta’kidladi. «Bosim hamisha bor, lekin uni pozitiv qabul qilish lozim. U faqat haqiqatan ham muhim bo‘lgan narsa uchun kurashayotganingda paydo bo‘ladi», — dedi mutaxassis.

Murabbiy, shuningdek, «Villa» uchun mavsum juda og‘ir boshlanganini, jamoa barcha turnirlardagi dastlabki 6 ta o‘yinning birortasida ham g‘alaba qozona olmaganini eslatib o‘tdi: «Mavsum boshlanishidan to‘g‘risi juda xavotirda edim. Ammo futbolchilarning qiyinchiliklarga ko‘rsatgan reaksiyasi hayratlanarli bo‘ldi. Biz ulg‘ayganlik va mas’uliyatni his qila olish fazilatini namoyish etdik».

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da yanglaydi.

Kiritildi: 22:47, 19.05.2026. O'qildi: 533 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик