Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ularning adabini beraman!». Allegri "Yuventus"ni tark etadimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Sovetskiy sport» nashrida aytilishicha, Turinning «YUventus» klubida bosh murabbiy Massimiliano Allegriga bog‘liq mashmashalar yuzaga kela boshladi. Aniqrog‘i, mutaxassis o‘z shogirdlarining harakatlaridan qoniqmayapti va ularga zug‘um o‘tkazishga urinmoqda. Bu esa Allegri uchun ko‘ngilsiz xotima topishi mumkin.

O‘zi nima bo‘lgandi?

Xabaringiz bor, bundan bir necha kun ilgari Turinning «YUventus» klubi Italiya superkubogi uchun kechgan bahsda «Milan»ga yutqazib qo‘ydi (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4). O‘yin yakuniga etgach, jamoa ustozi Massimiliano Allegri maydonda klub rahbarlari - bosh direktor Beppe Marotta va sport direktori Fabio Paratichi bilan keta turib, futbolchilar uning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishmaganidan nolidi. Kamiga, Allegri so‘zi oxirida kutilmagan jumlani ishlatdi: «Men ularning adabini berib qo‘yaman» (aslida uning gaplari bundan-da qo‘polroq edi). Baxtga qarshi, Allegri o‘z shogirdlari sha’niga bunday bo‘lmag‘ur so‘zlarni aytgan vaqtda, maydondagi telekameralarning biri murabbiyga juda yaqin turgandi. Shuning uchun mazkur ko‘ngilsiz lavha omma e’tiboriga tushib qoldi.

Italiya OAVlarida aytilishicha, Allegri kiyinish xonasida rostdan ham, shogirdlarining ta’zirini bergan. Uning fikriga ko‘ra, futbolchilar faqat o‘zlarini o‘ylayverib, jamoaviy natijani rasvo qilishganmish. Allegrining g‘azabidan hatto, argentinalik hujumchi Paulo Dibala ham chetda qolmagan. Vaholanki, Dibala amalga oshirilmagan penaltidan keyin shundoq ham tushkunlikka tushib turgan edi.

Bu - birinchisi emas

Shubhasiz, bu qiliq orqali Allegri klub xo‘jayinlarini o‘ylantirib qo‘ydi: jamoaga yangi murabbiy kerakmikan-a?! Negaki, Allegrida bunday yoqimsiz holat birinchi marta uchramayapti. Masalan, u «Milan»ga murabbiylik qilganida ham xuddi shunday voqealar kuzatilgan. Braziliyalik taniqli futbolchi Robino Allegrining haqoratlari joniga tekkani bois, shartta mashg‘ulotlardan ketib qolgandi. Boshqa bir braziliyalik hujumchi Pato esa murabbiy o‘z talablarini tushuntira olmaganidan noligan: «Bizga Karlo Anchelotti ustozlik qilganida, doim men bilan gaplashib, maydonda nimalar qilishim kerakligini sodda va lo‘nda tarz­da tushuntirardi. Allegri davrida esa faqat boshimni egib, tanqidlar eshityapman, xolos. Lekin aynan nimani o‘zgartirishim kerakligini haligacha anglab etganim yo‘q. Axir, murabbiy - umi? Odamga o‘xshab tushuntirsin-da!»

Qiziq, o‘zi Allegri qaerda ishlamasin, ikkinchi mavsumdan boshlab, mana shunday voqealar yuzaga kelaveradi. Birinchi mavsumda esa hammasi ko‘ngildagidek o‘taveradi. Misol uchun, «Milan» ham, «YUventus» ham Massimiliano ish boshlagan ilk mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Ehtimol, o‘sha paytda ham murabbiy va futbolchilar orasida ixtiloflar chiqqandir. Ammo harqalay, ular OAVga oshkor bo‘lmagan. Boshqacha aytsak, muammolar bir yildan keyin boshlangan. Deylik, Milanda Allegriga bog‘liq mashmashalar ikkinchi mavsumda kuzatilgandi (isbot uchun Patoning so‘zlari etarli). Turinda esa uchinchi yilga kelib, ustoz va shogirdlar o‘rtasiga «ola mushuk» tushdi.

Allegri nimadan norozi?

Ta’kidlash joizki, Allegri jamoa uchun omadsiz chiqqan o‘yinlardan so‘ng aksariyat hollarda shogirdlarining o‘yinini tanqid qila boshlaydi. Uning mantig‘iga ko‘ra, jamoa maydonda kim bilan o‘ynamasin, to‘pni nazorat qilib, doim g‘olib chiqishi shart. To‘g‘ri, turinliklar hozircha «A» seriya­da peshqadam bo‘lib, ECHL «pley-off» bosqichiga guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda chiqishdi. Biroq «YUventus» namoyish qilayotgan o‘yin odamni qattiq xursand qiladigan darajada emas. Boz ustiga, jamoa birinchi davrada raqibga qarab usul tanlaydigan klublarga qarshi muvaffaqiyatga erisha olmadi: «Inter», «Milan» va «Jenoa»larning bari «keksa sinora»dan ustun kelishdi - 1:2, 0:1 va 1:3.

Shuningdek, Allegriga nisbatan e’tirozlar ham bor. Ularning eng asosiysi - Massimiliano qo‘l ostidagi futbolchilarning potensial imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmaydi. Bunga yorqin misol - Gonsalo Iguain. Chunonchi, yozda «Napoli»dan 90 million evroga sotib olingan hujumchi aslo o‘ziga o‘xshamayapti. Deylik, u o‘tgan yili neapolliklar safida 36ta gol urganida, o‘rtacha har bir o‘yinda besh marta zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. «YUventus»da esa bu ko‘rsatkich uchtaga arang etmoqda. Shunga qaramay, Gonsalo 18 turda jami 10 marta raqiblar darvozasini aniq nishonga oldi. Biroq shuncha katta pulga sotib olingan futbolchi bundan-da ko‘proq gol urishi lozim.

Uni kim almashtiradi?

Ana endi o‘zingizni bir lahza «YUventus» rahbarlari o‘rniga qo‘yib ko‘ring: Allegrini bir lahzada quvib yuborish mumkin emas. Yodingizda-mi, «Milan» Allegri bilan xayrlashgandan keyin anchagina muammolarga duch kelgandi. Turinda esa tabiiyki, bunday bo‘lishini aslo istashmaydi. Lekin «YUventus» rahbarlari hatto Antonio Konteni ham saqlab qolishga ortiqcha urinishmagan ekan, demak Massimiliano bilan kelishuvni to‘xtatish unchalik qiyin bo‘lmaydi. Faqat hammasi to‘g‘ri vaqtni tanlashda qoldi. Bizningcha, mutaxassis Turinda uzog‘i bilan, yozgacha ishlaydi, xolos.

La Gazzetto Dello Sport nashrida aytilishicha, «YUventus» hozirda Allegrining o‘rniga uch nafar nomzodni o‘rganmoqda. Bular: «Sassuolo» ustozi Eusebio Di Franchesko, «Fiorentina» murabbiyi Paulu Souza va «Monako»da muvaffaqiyatga erishayotgan Leonardu Jardima. Xullas, tez orada Allegri  va «YUventus» o‘rtasida kelishmovchilik boshlanganidan xabar topsak, ajabmas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:25, 19.01.2017. O'qildi: 7850 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.