Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.11.2025

      07:00 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      08:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      09:40 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      11:35 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      13:30 Д/ф "КОПА 71".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      19:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      01:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.11.2025

      05:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 109 кг.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. Свыше 109 кг.
      07:10 "Страна спортивная".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      10:10 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      11:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:35 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      13:45 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Финал. Прямая трансляция.
      18:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 3. Прямая трансляция.
      23:30 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      01:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      01:35 Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан.
      03:40 "Эволюция спорта".
      04:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. Прямая трансляция.
      11:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC 173 в Токио, Япония. Анатолий Малыхин против Умара Кейна. Прямая трансляция.
      16:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Челябинск" - "КАМАЗ" (Набережные Челны). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      04:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Белогорье" (Белгород) - "Зенит-Казань".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.11.2025

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады". "Милан-Кортина 2026. 100 дней до начала".
      09:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      13:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      13:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      15:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      16:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      16:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира в Клуж-Напоке, Румыния. Женщины. До 84 кг; Мужчины. Свыше 120 кг. Прямая трансляция.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      22:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Короткая программа.
      23:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Произвольная программа.
      00:10 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Танцы на льду. Произвольный танец. Прямая трансляция.
      01:55 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sampaoli - grandlar kushandasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Uch jamoa birinchiligida «Sevilya» 2-o‘rinda ekanidan behad mamnunman!»- shogirdlarining yangi yildagi ilk g‘alabasidan ruhlangan Xorxe Sampaoli o‘z xursandchiligini shunday ta’riflagandi. Ha, olti oylik faoliyati davomida u «Barselona»dek granddan o‘zib keta oldi. Diyego Simeonedek tajribali kasbdoshidan uch marta ustun kelish uchun ajoyib zamin yaratdi - avvaliga «Universidad de Chili» taxti uchun kechgan raqobatda Xorxe Diyegodan ustun kelgan, kuzdagi o‘zaro bahs ham uning jamoasi foydasiga hal bo‘lgandi.

Chililik mutaxassisning hozirda «ettinchi osmon»da parvoz qilayotganini tasavvur qilish qiyin emas - 15 yanvar oqshomiga qadar «Real» uning qarshisida yengilmas qoyadek viqor bilan turgandi. Biroq Xorxe bu mag‘rur grandni chempionatdagi ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur etdi! Mazkur g‘alaba(2:1)dan  so‘ng «Se­vilya» peshqadamga deyarli yetib oldi. YECHLning «pley-off» bosqichida uni «Lester» kutib turibdi. Jamoa «tulkilar» to‘sig‘idan o‘tishi shart va bunga qodir. Demak, Sampaolining Andalusiya loyihasi a’lo darajada amalga oshmoqda.

«Avvallari menga Marselo Byelsa yoqardi. O‘zim bankda ishlayotgan bo‘lsamda, Byelsaning uch va to‘rtinchi divizionlardagi o‘yinlari, hatto mashg‘ulotlarini ham o‘tkazib yubormaslikka harakat qilardim. Buning uchun ishdan javob olishimga to‘g‘ri kelardi. Keyinchalik, Xosep Gvardiolaning ayrim jihatlarini o‘zlashtirdim».

Chili futbolida ter to‘kib yurgan pallalarda «yangi Byelsa», «Byelsaning shogirdi» kabi atamalar Xorxe Sampaolining joniga tegib ulgurgandi. To‘g‘ri, ajoyib terma jamoani shakllantirgan bu ikki mutaxassis o‘rtasida qandaydir telepatik rishtalar bo‘lganligini Xorxe yashirmaydi. U ham xuddi Marselo kabi futbol oldida barcha narsalardan voz kechadi. Hatto, oila va moddiy manfaatlar ham ikkinchi darajali. «Universidad de Chili»ni qabul qilgan paytida u shartnomadagi yap-yangi sedan va hashamatli qasrdan voz kechib, eskirgan avtomobil va oddiy xonadonni ma’qul ko‘rgandi.

Murabbiylikning dastlabki yo‘llarida bo‘lib o‘tgan voqeani hozir ham kulib eslaydi. 1996 yilda Sampaoli kamtarin «Belgrano de Arekito»ga ustozlik qilgan, bellashuvlardan birida qiziqqonligi uchun hakam uni o‘yindan chetlatgandi. Shunda Xorxe tribuna ortidagi daraxtga chiqqan holda shogirdlariga ko‘rsatmalar bergandi. Ana shu kamyob voqea Sampaoli faoliyatida muhim ahamiyat kasb etdi - daraxt ustidagi murabbiy surati gazetada chop etilgach, «Nyuellz Old Boyz» prezidenti Eduardo Xese Lopes Xorxedan xabardor bo‘ldi va sobiq bank xodimini o‘z jamoasiga taklif etdi.

Qizig‘i shundaki, Byelsa va Sampaoli hech qachon hamkorlikda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishmagan. Marselo «Nyuellz»ning asosiy tarkibini boshqarganida, Xorxe yoshlar jamoasida bo‘ldi, Byelsa yosh iqtidorlarni izlab, provinsiyalarni kezganida, u futbolsiz qanday hayot kechirish mumkinligi haqida bosh qotirayotgandi. Lekin shunga qaramasdan, Sampaoli Byelsaning uslubini meros qilib oldi. Uni takomillashtirdi. Chindan ham, telepatiya!

«Biz xuddi Gvardiola kabi to‘p yordamida himoyalanishga intildik. Ya’ni, ikki futbol falsafasi - bielsisto va guardiolistoni uyg‘unlashtirdik». Darhaqiqat, Xorxe Sampaoli o‘z falsafasini yil sayin takomillashtirib bordi. Argentinada qaysidir taniqli mutaxassis tomonidan yaratilgan uslub uning nomi bilan yuritilishi odat tusiga kirgan. Sampaolining «Universidad»dagi ilk mualliflik loyihasi 90 foizga bielsistodan iborat bo‘lib, Xorxe unga qisman o‘zgarishlar kiritish bilan cheklangandi. Chili terma jamoasi esa uning rahbarligida umuman o‘zgacha uslubga ega bo‘ldi. Jamoa o‘yin davomida raqibning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uslubini o‘zgartira olardi. Yoxan Kruif g‘oyalariga sodiq qolgan Xorxe doimo jamoa markaziy himoyachilarining soni raqibning markaziy hujumchilaridan bittaga ko‘proq bo‘lishini ta’minladi. JCH-2014da murabbiy 4-3-1-2, 4-3-3 va 3-4-1-2 sxemalaridan foydalandi. Shuningdek, u 3-4-3 va 5-3-2 uslubiga ham murojaat etdi - to‘rt uchrashuvda beshta taktik sxema!

Bir yildan so‘ng Amerika kubogining Argentinaga qarshi final bahsida Sampaoli 4-3-3 va 3-4-3 sxemasiga o‘xshash taktikani tanladi. Endi uning uslubi ko‘proq guardiolistoni eslatardi: bo‘ylari unchalik baland bo‘lmagan (178sm.) Xara - Medel - Silva markaziy himoyachilar uchligi o‘z kamchiliklarini mukammal darajadagi dastlabki uzatma evaziga bartaraf etishardi. «Sevilya»da guardiolisto yanada yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Masalan, jamoa har bir hududda son jihatidan ustunlikni ta’minlay oladi. Qo‘shimchasiga Sampaoli «bo‘sh» hududlarni to‘ldirishda qanot himoyachilarini safarbar eta boshladi. Bundan tashqari, «Sevilya» murabbiyning avvalgi jamoalari qo‘llagan taktik uslublardan ham unumli foydalanishni o‘rgandi. Birinchi davraning o‘zidayoq Xorxe asosan 3-3-3-1 va 4-1-4-1 sxemalariga urg‘u bergan holda yetti xil taktikani sinab ko‘rdi. E’tiborlisi, Sampaoli har qanday raqibni o‘z xohish-istagiga bo‘ysundirish niyatida bo‘lmoqda. Ispaniya superkubogining javob uchrashuvi arafasida o‘z maydonida 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan murabbiy shunday bayonot bilan chiqqandi: «Raqibni «Kamp Nou»da mahv etish maqsadini bizdan hech kim tortib ololmaydi!». Ha, Unay Emeri davrida «Sevilya» ayniqsa, safar uchrashuvlarini ko‘proq himoyada o‘tkazardi. Hozir u «tollar» kesilib ketgan.

Sampaoli jamoasining tajovuzkor tabiatini o‘sha uchrashuvning birinchi bo‘limi yaqqol ko‘rsatib berdi. Mehmonlar kataloniyaliklarga qarshi ularning jarima maydonchasi yonidayoq pressing qo‘llab, hujumga o‘tish imkoniyatidan mahrum etishdi. Vitolo, Nasri, Vaskes hamda Vyettolarning faolliklari «Barsa»ni uzoq masofaga to‘p uzatishga majbur etdi. N~Zonzi yetakchiligidagi markaziy himoyachilar esa mezbonlarning bu uzatmalarini osonlik bilan bartaraf etishdi. Natijada «Barsa» tanaffusga qadar hech narsa qila olmadi. Faqat andalusiyaliklar ancha toliqib qolganlaridan keyingina mezbonlar ustunlikka ega bo‘lishdi. Lekin shunda ham Sampaolining dastxati yaqqol sezilib turdi.

Futbol taktikasining o‘zgarib, takomillashib borishi - tinimsiz jarayon. Yaxshi samara beradigan ko‘hna g‘oyalarni zamon talablariga moslashtirish orqali ko‘pchilik murabbiylar muvaffaqiyatga erishganlar. Masalan, Gvardiola Byelsaning jangari g‘oyalariga «Breshiya»dagi ustozi Karlo Massonega xos ehtiyotkorlik bilan yondashib, «Barsa»ni yetakchi o‘rniga olib chiqqandi. Keyinchalik bu eksperimentni «Bavariya»da tatbiq etdi. Endi «Manchester Siti»da davom ettirmoqda. Xorxe Sampaoli ham aynan shu yo‘ldan bormoqda. Sampaolisto shu tariqa dunyoga kelmoqda. Odatda, murabbiyning taktik mahorati uning motivatorlik qobiliyatidan ko‘ra ko‘proq muhokama qilinadi.

«Agar jamoangizda Messi o‘ynayotgan bo‘lsa, u sizni hurmat qilishi uchun bor imkoniyatingizni ishga solishingiz talab etiladi» - «tarbiyasi qiyin» futbolchilar bilan hech qanday mammoga duch kelmaganligini Xorxe shunday izohlaydi: Amerika kubogi 2015 turnirida Arturo Vidal terma jamoani tark etib, mayxo‘rlik qilgan va avtomobilini pachoqlab olgandi. Butun mamlakat, hatto Chili prezidenti ham uni jamoadan chetlatishni iltimos qildi. Biroq Entnrenador muammoni o‘zgacha hal qildi: Vidalning maydondagi tajovuzkorligi Chili yo‘llaridagi sho‘xliklaridan ko‘ra muhimroq edi. «Vidal xatoga yo‘l qo‘ydi. Ammo men unga to‘liq ishonishimni aytdim. Bir yil avval Arturo jahon chempionatida vatan sha’nini himoya qilish yo‘lida tizzasidan jiddiy jarohat olishdan ham cho‘chimagandi», - deydi murabbiy. Sampaoli muhim bellashuvlar arafasida shogirdlarini qiziqarli filmlar bilan siylaydi: «Birinchidan, o‘zim kinoni yaxshi ko‘raman. Ikkinchidan, futbolchilar shu yo‘l bilan kuchli bosimdan tez xalos bo‘lishadi».

Har qanday futbolchining ko‘ngliga yo‘l topa olishi orqali Xorxe Samir Nasrini qaytadan kashf etdi. Ayrim mojarolarni boshdan kechirgan fransiyalik yulduz «Sevilya»da yangi boshpanaga ega bo‘ldi. «U to‘p bilan muomala qilayotganida jamoa erkin nafas oladi», - deydi ustozi. Samir to‘pni egallab olish uchun himoya chizig‘igacha chekinishdan ham erinmaydi. Oldinda esa u chiziqlar o‘rtasidagi uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mas’ul. Uzatmalar soni bo‘yicha faqat Stiven N`Zonzining ko‘rsatkichi unikidan yuqoriroq.

Sampaoli jamoani begona ko‘zlardan ehtiyot qilishga ham katta e’tibor qaratadi. Mashg‘ulotlar yopiq tarzda o‘tkaziladi. Ammo murabbiy shogirdlari bilan o‘ta samimiy munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan. Unga «master» iborasi orqali murojaat qilishlarini taqiqlab qo‘ygan - barcha uchun u - shunchaki, Xorxe. Kimdir qandaydir xatoga yo‘l qo‘ysa-yu uni tan olsa, uzr qabul qilinadi. Xullas, Xorxening sa’y-harakatlari evaziga «Sevilya» nursizlanib qolgan yulduzlar uchun o‘ziga xos shifoxonaga aylandi. Samir Nasridan keyin Stevan Yovetich ham Sampaoli ko‘magida qaytadan porlay boshladi - «Inter»da «yo‘qolib» qolgan hujumchi «Real»ning ilk mag‘lubiyatida bosh qahramon rolini ado etdi. Ha, murabbiy bu futbolchilar uchun kerakli so‘zlarni ham, maydonda o‘rinni ham topa olyapti. Quyidagi futbolchilar aynan Sampaoli ijodining mahsuli hisoblanishadi:

Stiven N~Zonzi. Emeri bu futbolchi timsolida APLda chiniqqan raqib hujumchilarining buzg‘unchisini tasavvur qilgandi. Sampaoli avvaliga Stivenning biror-bir jihatini payqay olmadi. Lekin kuzdagi eksperimentlardan so‘ng tayanch hududiga tushirdi. Ma’lum bo‘lishicha, N~Zonzi aynan shu «ijodiy to‘s-to‘palon» pozisiyasida katta manfaat keltirar ekan. Stivenning asosiy vazifasi - Nasri hamda Vaskesni o‘z vaqtida to‘p bilan ta’minlash. Shuningdek, u qulay vaziyatlardan unumli foydalanishni ham o‘rniga qo‘ya oladi. Hozirda futbolchini «Barsa» Serxio Buskets o‘rniga mo‘ljallamoqda. Gvardiola ham befarq emas, «Yuventus» esa yozda uni xarid qilishni ko‘zlamoqda.

Serxio Eskudero. Qanot himoyachilari borasida «Sevilya»ga omad kulib boqdi. Baquvvat hamda charchash nimaligini bilmaydigan Mariano bilan Eskudero Sampaoli taktikasiga juda mos tushdilar. Marianoning fazilatlari avvaldan ma’lum edi. Biroq Serxio ko‘pchilikni hayron qoldirmoqda. Muhimi, murabbiy undan nimani kutayotganini Eskudero juda yaxshi biladi. Shu bois, hujumlarga samarali ko‘mak berish barobarida himoya borasida ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.

Vissam Ben Yedder. Asli kelib chiqishi tunislik bo‘lgan hujumchi Fransiya mini-futbol ligasida sermahsul o‘yin ko‘rsatdi. «Sevilya»­ga kelgach, uyida keragidan ko‘proq qolib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Xorxe u bilan Vyettoni navbatma-nav-bat maydonga tushirmoqda. Lekin Vissam samaradorligi (har 94 daqiqada 1ta gol) bilan yaqqol ajralib turibdi. Hujumchi zarbalarining 35 foizi yakunda golga aylanmoqda! «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda Ispaniyadagi ilk «xet-trik»ni nishonlab, to‘pni uyiga olib ketdi. Tezkor va serg‘ayrat Ben Yedder Kevin Gameyrodan o‘zib ketgani bois, nufuzliroq jamoadan taklif olishga yaqin turibdi. Agar shunday bo‘lsa, Xorxe Sampaoli «Sevilya»da bosh­qa bir yulduzni kashf etadi. Bunga aslo shubha yo‘q!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:30, 02.02.2017. O'qildi: 6887 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.