Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov maqolasi: Oliy liga va maosh

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda oliy ligadagi qaysidir o‘rtamiyona futbolchining 120 million ko‘tarma puli evaziga bir jamoadan ikkinchisiga o‘tganini eshitib qoldim. Umuman olganda ham, oliy ligamizda to‘p suradigan o‘rtacha futbolchining ko‘tarma narxi — 100-150 million so‘mni tashkil qiladi.

Bu transfer summasi emas. Hech eshitganmisiz, biror futbolchining oliy ligadagi bir jamoadan ikkinchi jamoaga falon pulga transfer qilinganini? Bu voqeaning sodir bo‘lishi deyarli ilojsiz. Chunki bizda futbolchi klub bilan asosan 1 yilga shartnoma tuzadi. Ko‘proq muddatga tuzish xavfli. Sababi, klublarimizning 2-3 yillik istiqbol rejalari bo‘lmaydi, asosan bir yillik byudjet tuziladi. Ya’ni klubning ikki yildan keyin qanday moliyaviy holatda bo‘ladi, futbolchining bugungi shartnomada ko‘rsatilgan oyligini to‘lay oladimi, buni aytish qiyin. Shuning uchun futbolchi o‘zini risk ostiga tashlashni istamaydi va bir yilga shartnoma tuzadi.

Bir yilga shartnoma tuzilishining yana bir sababi — ko‘tarma pullardir. Klub bilan shartnomasi tugagan futbolchi qishda Yevropa tili bilan aytganda, erkin agentga aylanadi. Futbolchi talabgor klubga hech qanday transfer qiymatisiz o‘tishi mumkin. Klub buning evaziga futbolchiga ko‘tarma pul beradi. Ya’ni har yili eski klubi bilan shartnomasi tugaydigan futbolchi har yili erkin agentga aylanadi va har yili o‘sha 100-150 million pulni cho‘ntagiga oladi.

Agar klub futbolchini aldab, 5-6 oy oylik to‘lab, uyog‘ini to‘lamay, ko‘chaga tashlab qo‘ygan taqdirda ham, o‘sha ko‘tarma pul va 5-6 oydagi maosh evaziga, futbolchi o‘rtacha bir oyda 15 million atrofida pul topmoqda. Bu O‘zbekiston sharoitida oddiy xalqqa nisbatan bir necha barobar ko‘p, shunday emasmi?

Ikki xil oylik bor: byudjet va xususiy sektor. Xalq ta’limi yoki sog‘lomlashtirish davlatning, boshqacha aytganda, soliq to‘lovchilarning bo‘ynida, shuning uchun vrach yoki o‘qituvchining maoshi byudjet to‘laydi. Buni bilamiz. Vrachning yoki o‘qituvchining xalqqa keltirayotgan nafi qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan darajada, qandaydir foyda yoki zarar o‘lchoviga kiritib bo‘lmaydi. Davlat adolat va insof doirasida shu va yana boshqa byudjet sohalariga maosh belgilaydi. Rozimiz.

Keyingi xususiy sohada esa, oylikni korxona rahbari belgilaydi. Oylik albatta, o‘sha korxonaning daromadiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi shart.

Tasavvur qiling, siz bir ishlab chiqarish korxonasi rahbarisiz. O‘n ishchingiz bilan bir oyda 10 millionlik mahsulot ishlab chiqarasiz va uni sotasiz. 10 millionga. Endi, o‘sha o‘n nafar ishchining har biriga 2 milliondan oylik bera olasizmi? Ya’ni bir oyda maosh uchun 20 million sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Har oy 10 million daromad, 20 million maosh. Agar siz mana tarzda ishlasangiz, tez kunda bankrot bo‘lasiz. Demak, xususiy sektordagi maoshlar korxona rentabelligiga bog‘liq bo‘ladi.

Endi savol tug‘iladi, futbol sohasida, futbolchilar qaysi sohaga kiradilar? Byudjetmi yoki xujalik sektori? Agar byudjet bo‘lsa, futbolchining bir yildagi mehnati o‘qituvchi yoki vrachnikidan o‘n barobar ko‘p bo‘lishi aqlga sig‘adimi?

Agar xujalik sektori deb qabul qilsak, futbol klublarimiz futbolchilarga oyiga 15 million maosh to‘lay oladigan qadar daromad qila olyaptilarmi?

Masalan, oliy ligamizda 500 ga yaqin professional futbolchi muntazam to‘p sursa, ularning o‘rtacha oylik daromadi 5-10 millionni tashkil qilar ekan. Sal kamroq bo‘lishi ham mumkin, o‘rtacha hisoblaganda. Yana o‘sha bir o‘qituvchining oyligidan bir necha barobar ko‘p. Xo‘sh, bu summalar, umuman bir yaxshi futbolchiga necha pul to‘lash kerakligi qaysi qonuniyat asosida paydo bo‘lgan? Asoslimi?

Sportchilarning oddiy xalqdan ko‘ra ko‘proq pul topishini oddiy qabul qilishimizning sababi aslida, noo‘rin taqqoslashdan kelib chiqadi. Bu haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmaganmizligimizning ham sababi shu yerda. Hamma yerda shunaqa, deb Yevropadagi futbolchilarning aql bovar qilmas maoshlari haqida o‘ylab qolamiz va hammasi normal deb ketaveramiz. Hatto futbolchilarimizning saviyasi tanqid ostiga olinganda, ba’zi «futbolni yaxshi tushunadigan» mutaxassislarimiz yevropalik futbolchilar daromadini pesh qilganini va Messidan ming barobar kam oylik olayotgan futbolchilarimiz saviyasi Messidan sezilarli past bo‘lishini normal baholaganliklarini eshitganman.

Rostan ham Ueyn Runi bir haftada oliy ligamizda to‘p surayotgan o‘sha 500 ga yaqin futbolchilarning bir oyda topadigan jami daromadidan ko‘p maosh oladi. Farq, dahshat-a? Terma jamoamizning omadi kelib qolsa, o‘sha Runi to‘p suradigan Angliya bilan 0:0 o‘ynab qo‘yishi ham mumkin. Shuni nazarda tutsak, futbolchilarimiz ancha kam pul topayotganga o‘xshab qoladi. Va o‘sha 5 million haqida gapirganda, Runi bilan solishtiramiz, o‘qituvchi bilan emas. Xo‘p, deb ketaveramiz. O‘qituvchi bo‘lish oson, yaxshi futbolchi bo‘lish oson emas. Iqtidor kerak.

Shunaqa deb ketaveramiz. Aslidachi? Aslida gap saviyaning o‘zida emas. Shartli «Lokomotiv» va «Manchester Yunayted»da to‘lanayotgan maoshlarning asoslariga e’tiborni qaratish lozim.

Ueyn Runiga haftasiga 300 ming yevro maosh to‘layotgan «Manchester Yunayted» o‘sha haftada bu summadan bir necha barobar katta pul topadi. Umuman Yevropa klublari har xafta futbol ishlab chiqaradilar va uni sotadilar. Futbolni futbolchilar, murabbiylar, personal va boshqalar ishlab chiqaradilar. Muxlislar, teletomoshabinlar sotib oladilar. O‘sha futbolfurushtlikdan kelib tushgan pulga qarab maosh belgilanadi. Ya’ni Runiga to‘lanayotgan pulning ortida asos bor. «Ayaks» sotayotgan futbol arzonroq, demak, «Ayaks» futbolchilariga kamroq pul to‘laydi. Hammasi bog‘langan.

Xo‘sh, «Lokomotiv» yoki «Nasaf» yoki boshqa bir futbol klubimiz futbolni nech puldan sotishmoqda-yu, uni ishlab chiqarayotgan futbolchilariga uning qancha qismini bermoqda? Bir turda 8 stadionda hammasi bo‘lib 5-6 ming (har o‘yinga o‘rtacha 1000 tadan kam) muxlis kirayotgan futbolimiz haftasiga qancha pul topmoqda?

To‘g‘ri, boyagi korxona misolida aytadigan bo‘lsak, ishlab chiqarishni rivojlantirib, tovarni raqobatbardosh qilib olguncha, ba’zida, daromaddan ko‘ra kattaroq harajat qilinishi normal holat. Ammo bu vaqtincha bo‘ladi, hamda tovar narxini oshirish yoki harajatni kamaytirishga yo‘naltirilgan tizimda ishlanadi. Yildan yilga ahvol o‘nglanib qoladi. Bizdachi?

Futbolchilarning oyligi kamayib ketsa, rag‘bat bo‘lmasa, futbolga bo‘lgan qiziqish o‘ladi, yaxshi futbolchilar chiqmay qo‘yadi, deyishingiz ham mumkin. Yo‘q.

Qarang, 10 nafar bokschimiz olimpiadaga bordi va 200 ming dollar yutish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mana shu o‘n nafardan tashqari, minglab bokschilar bor. Ular futbolchilar kabi katta maosh olishmaydi. Ularda 200 ming yutish imkoniyati ham bo‘lmadi. Lekin o‘sha 10 nafar bokschi chiqdi-ku? Boshqa bokschilar boksni tashlab ketishmadi-ku? Odil Ahmedov yoki Vitaliy Denisov yetishib chiqishi uchun yana 490 futbolchiga 5 milliondan oylik to‘lab yurishga muxtojmizmi?

Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov boshqa holatda ham yetishib chiqqan bo‘lardilar. Hatto ko‘proq Ahmedovlar yetishib chiqardi balki. Sababi, O‘zbekiston chempionati klubida to‘p surib yurishdan foyda yo‘q, oylik kam, imkon qadar o‘z ustida ishlab Rossiyaga yoki boshqa chet elga ketishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Ko‘proq ter to‘kadi. Aksincha, kuchli 490 talikka kirvolib, o‘qituvchidan besh barobar ko‘p oylikda tirikchilikni o‘tkazib yurish varianti bo‘lmasa, Ahmedovlar ko‘payadi, deb o‘ylayman.

Ana Rossiyani misol qilish mumkin, mamlakat chempionati aslida Italiya yoki Fransiya ligasidan past saviyada, ammo futbolchilarga ko‘proq oylik to‘lanadi. «Krasnodar» futbolchisi hech qachon «Torino» yoki «Napoli»ni orzu qilmaydi, chunki shundog‘am ko‘p pul topmoqda.

Agar klublarimiz ko‘rsatilayotgan futbol saviyasiga yoki daromadga qarab oylik to‘lashganda, ko‘pgina iqtidorli futbolchilarimiz allaqachon o‘zlariga chetdan yaxshiroq, raqobatbardoshroq liga axtarib qolishardi, nazarimda. Bu esa, bizga futbolda ham xuddi boksdagi kabi ajoyib hikoyalar taqdim etgan bo‘lardi. Bir iqtidorli o‘smir futbolchining tinmay o‘z ustida ishlashi… «Olmaliq»da kam oylik to‘lashlarini bilgani uchun, kuchliroq ligani niyat qilib, yana ikki barobar ko‘proq shug‘ullanishi. Bir sabab bo‘lib, Yevropaning kuchli jamoasi nazariga tushishi, u yerda yulduzga aylanishi. Albatta, katta pul topib, loy suvoq qilingan hovlisini qasrga aylantirishi, qavmi qarindoshlarining moddiy muammolarini yechib berishi. Qahramonga aylanishi. Ajoyib.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 12:40, 03.02.2017. O'qildi: 10330 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.