Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pul ketsa, ketsin yoki 2016 yil sarflari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xalk va Pogbaning xaridi uchun sarflangan yirik mablag‘lar, APLning transfer bozorida o‘rnatgan rekordi, Ronalduning havas qilsa arziydigan daromadi, yevrokuboklarning sovrin jamg‘armasi... Championat.com taqdim etgan navbatdagi ma’lumotlar 2016 yilgi eng yirik moliyaviy sarflar bilan bog‘liq raqamlarga bag‘ishlandi.

5,77 mln. funt sterling

Noyabrda jahondagi futbol klublaridagi maoshlar bo‘yicha reyting e’lon qilindi. Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri jamoalar yulduzlarga qancha pul to‘layotganini hisoblab chiqdi. To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, maosh vedomosti bo‘yicha «Manchester Yunayted» yetakchi ekani oydinlashdi: mankunianlar safida to‘p surayotgan futbolchilarning o‘rtacha ish haqi yiliga 5,77 million funt sterlingni tashkil qilar ekan. «Barselona» esa bu borada ikkinchi bo‘ldi. Funtda hisoblasak, Kataloniya klubida faoliyat yuritayotgan o‘yinchilarning yiliga o‘rtacha 5,65 million olishlari oydinlashdi. Uchinchi o‘rin «Manchester Siti»ga tegishli - 5,42 mln. Yuqori o‘ntalikdan shuningdek, «Real», «Chelsi», «PSJ», «Bavariya», «Yuventus», «Arsenal» hamda «Liverpul» o‘rin olishdi.

8,5 mln. yevro

Fransiya yashil maydonlarida o‘tkazilgan Yevropa chempionati yakunlariga ko‘ra, eng kam pul ishlagan terma Ukraina bo‘ldi - 8,0 mln. yevro. Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 8,5 mln.ni tashkil etdi. Tabiiyki, ukrainlarga tekkan 8 mln. yevro turnirda qatnashganlik uchun berildi. Bundan tashqari, UYEFA qo‘shimcha tariqasida har bir durang uchun 0,5 mln., chorak finalchilarga 2,5 mln., yarim finalchilarga 4 mln., finalchiga 5 mln. hamda g‘olibga 8 mln. yevro ajratdi. Portugaliya termasi Yevro-2016da hammadan ko‘p ishlab, o‘z mamlakati federasiyasi g‘aznasini 25,5 mln. yevroga boyitdi.

83,8 mln. yevro

O‘tgan galgi yevromavsumni to‘liqligicha hisoblab chiqilsa, Chempionlar Ligasida daromad ko‘rish bobida «Manchester Siti» (83,8 mln.), «Real» (80 mln.) hamda «Yuventus» (76,2) yetakchilik qilishdi. Yevropa Ligasida esa «Liverpul» 37,8 mln. ishladi.

55,8 mln. yevro

«Zenit» futbolchisi Xalkning 55,8 mln. yevro evaziga «Shanxay SIPG» klubiga o‘tishi ham Rossiya, ham Xitoy chempionatidagi eng qimmat transferga aylandi. Sankt-Peterburg jamoasi 2012 yili braziliyalik hujumchiga sarflagan pullarini qaytargan bo‘lsa, Xalk ayrim manbalarga ko‘ra, 20 mln. yevroga teng yillik maosh borasida kelishuvga erishdi. «Shanxay SIPG» ushbu xariddan Osiyo Chempionlar Ligasida unumli foydalanishni maqsad qilgandi. Biroq Xalk Chin yurtidagi ilk mavsumida klubiga yordam berolmadi. Qolaversa, u jarohatlar tufayli Xitoy superligasining aksariyat o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Bor-yo‘g‘i yettita bahsda maydonga tushib, 4ta gol urdi.

82 mln. dollar

Forbes jurnali 2015|2016 yillar mavsumi yakunlariga ko‘ra, eng serdaromad futbolchilar reytingini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, eng katta foydani «Real» klubi hamda Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ko‘rgan. Dollarda hisoblaganda, uning daromadi 82 mln.ga teng: maosh va bonuslar - 53 mln., reklama shartnomalari - 29 mln. «Oltin to‘p» sohibidan keyingi o‘rinni uning azaliy raqibi Lionel Messi (77 mln. dollar: maosh va bonuslar - 51 mln., reklamalardan - 26 mln.) egalladi. Kuchli uchlikni 37 mln. dollarlik (maosh va bonuslar - 30 mln., reklamalardan - 7 mln.) ko‘rsatkich bilan Zlatan Ibragimovich yakunlab berdi. Keyingi yozda ushbu reytingdagi summalar jiddiy ravishda o‘sishiga shubha yo‘q.

105 mln. yevro

«Manchester Yunayted» 2016 yili bir o‘yinchiga sarflangan transfer summasi borasida jahon rekordini o‘rnatdi. Mankunianlar «Yuventus» klubi va Fransiya termasi yarim himoyachisi Pol Pogba uchun 105 mln. yevro to‘lashdi. Qo‘shimchasiga Turin jamoasi bonus sifatida 5 mln. olishi mumkin. Bunga qadar rekord «Real»ga tegishli edi: madridliklar 2013 yili Garet Beylni o‘z saflariga qo‘shib olish uchun «Tottenxem»ga 101 mln. yevro to‘lashgandi. Yuqorida qayd etilgan transferga o‘zgachalik baxsh etib turgan jihat shundaki, to‘rt yil oldin aynan «MYU»da to‘p surgan Pogba «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgandi. Fransiyalik futbolchining agenti Mino Rayola mijozining jamoa almashtirishi natijasida 27 mln. yevro ishlab oldi.

1 mlrd. funt sterling

O‘tgan yozda Angliya premyer-ligasi klublari birgalikda transfer bozorida yangi rekord o‘rnatishdi - yangi o‘yinchilar uchun umumiy hisobda 1 mlrd. funt sterling sarflandi. Yuqorida ta’kidlanganidek, «Manchester Yunayted» Pogba uchun 105 mln. yevro, funtga o‘girganda - 89,25 mln. ajratdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar «Manchester Siti» xaridlariga ataldi: «shaharliklar» Jon Stounzni tarkibga qo‘shib olish uchun «Everton»ga 47,26 mln. funt sterling (55,60 mln. yevro) berishgan bo‘lsa, «Shalke»ning hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane uchun 42,50 mln. funt sterling (50 mln. yevro) to‘lashdi. Aynan Manchesterning ikki klubi APL vakillari orasida eng saxiy bo‘lishdi: «MYU» 157 mln., «Man Siti» esa 153 mln. funt sterling sarfladi.

5 mlrd. tomoshabin

Nihoyat, futboldagi eng muhim shaxslar - ishqibozlar haqida. 2016 yilning yozida Yevropa chempionatini kuzatgan tomoshabinlar umumiy auditoriyasi deyarli 5 mlrd. kishiga yetdi. Yevro-2016 tashkilotchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, avvalgi turnir bilan solishtirganda, muxlislar auditoriyasi 1,1 mlrd. tomoshabinga ko‘paydi. Bu esa asosan, final bosqichi qatnashgan jamoalar sonining ortishi bilan bog‘liq. Portugaliya va Fransiya terma jamoalari ishtirokidagi finalni televideniye orqali 600 mln. kishi tomosha qildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:42, 03.02.2017. O'qildi: 6932 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.