Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qo‘qon-1912» «Hokim kubogi» yarimfinaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Qo‘qon-1912
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Qo‘qon-1912» klubi «Farg‘ona viloyati hokimi kubogi»da muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Guruhning so‘nggi o‘yinida «Masha’l» klubi bilan bellashgan jamoa 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqa yarimfinaliga yo‘l oldi.

Uchrashuv muborakliklarning hujumlari bilan boshlandi. Ammo dastlabki hujum besamar yakun topdi.

9-daqiqada qo‘qonliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Darko Gojkovich boshi bilan muborakliklar darvozasiga aniq yo‘lladi.
24-daqiqada muborakliklar himoyachisi o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Bosh hakam penalti belgiladi. O‘n bir mertli nuqtadan Suhrob Berdiyev adashmadi – 2:0.
Birinchi bo‘lim tugashi arafasida Filip Rayevasni muborakliklar darvozaboni jarima maydonchasi ichida chalib yig‘itdi. Bosh hakam yana penalti belgiladi. Penaltini esa serbiyalik hujumchining o‘zi aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ikkinchi bo‘lim qo‘qonliklar uchun omadsiz boshlandi. 48-daqiqada himoyachilar Zafar To‘rayevni jarima maydonchasi ichida qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Andijonlik referi yana penalti belgiladi. Muborakliklar sardori Zafar To‘rayev o‘n bir mertli nuqtadan adashmadi – 3:1.
77-daqiqa muborakliklar hisobni qisqartirishdi. Zohir Qo‘ziboyev gol muallifi bo‘ldi.
85-daqiqada muborakliklar yana jarima maydonchalari ichida qo‘pollik ishlatishdi. Bu safar jabrlanuvchi rolida Bahodir Pardayev. Aynan uning o‘zi penaltini aniq amalga oshirdi.

«Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017»
“B” guruhi
5-tur
“Qo‘qon-1912-1” – “Mash’al-1” 4:2 (3:0)
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Aziz Tolipov.
Gollar: Darko Gojkovich-9, Suhrob Berdiyev-24 (pen), Filip Rayevas-44 (pen), Bahodir Pardayev -86 (pen) – Zafar To‘rayev-48 (pen), Zohir Qo‘ziboyev-77.
“Qo‘qon-1912-1”: 13. Nikita Ribkin, 6. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov (75. Ibrohim Rahimov-76), 8. Akmal Xolmurodov, 10. Javohir Sidiqov (23. Aleksandr Merzlyakov-54), 15. Oybek Rustamov, 24. Filip Rayevas (70. Sobir Hamidov-65), 25. Nikola Valentich, 29. Suhrob Berdiyev (22. Murod Xolmuhammedov-54), 31. Darko Gojkovich (18. Bahodir Pardayev-53) , 33. Jalil Kimsanov (19. Muhammadanas Hasanov-62).
Zaxira: 30. Islom Abdullayev.
“Mash’al-1”: 30. Botir Nosirov, 23. Sardor Rahmonov (33. Asilbek Begimqulov-26), 22. Sergey Kondratyev, 8. Mirzakamol Kamolov, 19. Jamoliddin Ubaydullayev, 13. Shahzod Shaymanov, 17. Vladislav Pavlenko, 29. Abdullox Olimov, 90. Zafar To‘rayev, 98. Maksim Lipin (11. Maqsad Muhamedov-46), 7. Zohir Qo‘ziboyev.
Zaxira: 12. Shoxrux Eshbo‘tayev, 55. Avaz Agaliyev, 6. Sardor Abduraimov, 27. Maradona Safarov, 9. Xumoyun Murtazoyev.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 18:37, 04.02.2017. O'qildi: 4057 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик