Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

The Athletic Jahon chempionatlari tarixidagi eng aqlbovar qilmas voqealar reytingini e’lon qildi (top-20)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Yangiliklar
A A A

The Athletic nashri futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixidagi eng aqlbovar qilmas 20 ta voqea reytingi bilan o‘rtoqlashdi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, mundiallar muntazam ravishda muxlislar xotirasida o‘nlab yillar saqlanib qoladigan voqealar sahnasiga aylanib kelgan. Ro‘yxatdan chetlatishlar, janjallar, hakamning xatolari, futbolchilarning g‘alati harakatlari, tarixiy muvaffaqiyatsizliklar va musobaqalar taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan holatlar o‘rin olgan.

Reytingda birinchi o‘rinni 2006 yilgi Jahon chempionati finalida Zinedin Zidanning Marko Materassi ko‘ksiga bosh bilan zarba bergan mashhur epizodi egalladi. Fransiyalik yarim himoyachi uchun Italiyaga qarshi o‘sha bahs professional faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lgan. Zidan qo‘shimcha vaqtda maydondan chetlatilgan, Fransiya terma jamoasi esa penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rindan Diyego Maradonaning 1986 yilgi JCH chorak finalida Angliya darvozasiga qo‘li bilan urgan va hakam tomonidan hisobga olingan mashhur «Xudoning qo‘li» goli joy oldi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, Maradona futbol tarixidagi eng mashhur gollardan birini ham urgandi.

Uchinchi pog‘onaga Braziliyaning 2014 yilgi uy chempionati yarim finalida Germaniyadan 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lishi qo‘yildi. Bu o‘yin futbol tarixidagi eng shokli natijalardan biri sifatida baholanmoqda.

Top-5likdan shuningdek, 1982 yilgi JCHda GFR darvozaboni Toni Shumaxerning Patrik Battiston bilan qattiq to‘qnashuvi hamda 2014 yilgi mundialda Luis Suaresning Jorjo Kyellinini tishlab olgani ham o‘rin oldi.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng aqlbovar qilmas 20 voqea

  1. Zinedin Zidanning 2006 yilgi JCH finalida Marko Materassiga bosh bilan zarba berishi.

  2. Diyego Maradonaning 1986 yilgi JCHda Angliyaga qarshi qo‘l bilan gol urushi.

  3. Braziliyaning 2014 yilgi uy chempionatida Germaniyaga 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lishi.

  4. Toni Shumaxerning 1982 yilgi JCHda Patrik Battiston bilan qattiq to‘qnashuvi.

  5. Luis Suaresning 2014 yilgi JCHda Jorjo Kyellinini tishlashi.

  6. Roy Kinning 2002 yilgi JCH oldidan Irlandiya terma jamoasini tark etishi.

  7. Yosip Shimunichning 2006 yilgi JCHda bir o‘yinda uchta sariq kartochka olishi.

  8. Rivaldoning 2002 yilgi JCHda yuzidan zarba yeganini simulyasiya qilishi.

  9. Frank Raykardning 1990 yilgi JCHda Rudi Fyollerga tupurishi.

  10. Ronaldoning 1998 yilgi JCH finali oldidan asosiy tarkibdan kutilmaganda chiqarib tashlanishi.

  11. Fransiya terma jamoasi futbolchilarining 2010 yilgi JCHda ish tashlashi.

  12. Portugaliya — Niderlandiya uchrashuvining 2006 yilgi JCHda «Nyurnberg jangi»ga aylanishi.

  13. Frenk Lempardning Germaniyaga urgan goli 2010 yilgi JCHda hisobga olinmasligi.

  14. Luis Suaresning 2010 yilgi JCHda Urugvay — Gana bahsida qo‘li bilan golning oldini olishi.

  15. Pol Gaskoynning 1990 yilgi JCHda sariq kartochkadan keyin yig‘lab yuborishi.

  16. Dayana Rossning 1994 yilgi JCH ochilish marosimida penaltini ura olmasligi.

  17. Zair terma jamoasi futbolchisining 1974 yilgi JCHda Braziliya jarima zarbasi paytida to‘pni tepib yuborishi.

  18. Jahon kubogining 1966 yilgi turnir oldidan o‘g‘irlanishi.

  19. 1930 yilgi ilk Jahon chempionatidagi qator qiziq va g‘alati voqealar.

  20. Devid Bekxemning 1998 yilgi JCHda Diyego Simeonega zarba bergani uchun chetlatilishi.

2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Musobaqa tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida tashkil etiladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 11:34, 04.06.2026. O'qildi: 641 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик