Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Natijasizlik nihoyasi yoxud Istominning ibratli irodasi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Tennis
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, eng avvalo, qat’iyat va ulug‘vor maqsadlar uyg‘unligidan boshlanadi. Murabbiy va iste’dodning yuksak g‘alabalardagi o‘rni hech qachon inkor etilmaydi. Ammo iste’dodli sportchida qat’iyat va katta orzu-maqsadlar bo‘lmasa, unga eng mahoratli murabbiy ham ta’sir o‘tkazishi qiyin. Murabbiyning vazifasi sportchi qalbidagi qat’iyat va oliy orzu g‘unchasini tarbiyalashdan iborat. Biz bokschilarimiz va paralimpiyachilarimizning Riodagi ulkan g‘alabalari xususida ko‘p yozdik. Hozir ham o‘sha natijalarni qayta-qayta tahlil qilsak, zarari yo‘q.

Xo‘sh, boshqa sport turlarida nega boksdagi kabi ajoyib natijalar qayd etilmadi? Nima, qolgan sport turlarida chempionlikka loyiq iste’dodlar yo‘qmidi? Albatta, bor edi. Faqat ular Ruslan Nuriddinov yoki bokschilarimiz kabi qat’iyat ko‘rsatolmadilar. To‘g‘ri, Olimpiada - olamshumul va mahobatli musobaqa. Buni har bir sport muxlisi yaxshi tushunadi. Olimpiadada ishtirok etishning o‘zi katta sharaf ekanligi ham barchaga ma’lum. Fikrimizcha, bu kabi o‘y-xayollar muxlis ahliga yarashadi. Biroq sportchining shu tarzda yondashuvi bo‘lajak mag‘lubiyatlarni tan olish bilan barobardir. Aks holda, Hasanboy Do‘smatov yoki Fazliddin G‘oibnazarov kabi bokschilar anchayin kuchli raqiblarini yengisholmasdi. Sportchi, shu jumladan, futbolchiga hech qachon oson tutib bo‘lmaydi. Har qaysi yosh yigit sport sohasini tanlayvermasligi boisi ham shu. Sport yo‘lini tutgan iste’dodning vazifasi esa, mag‘lubiyatlar oralab bo‘lsa hamki, muxlisga g‘alaba quvonchini ulashmoqdir. Shu ma’noda aytsak, Denis Istomin nihoyat, yuksak ishonchni oqladi. Ta’kidlash joiz, o‘zidan boshqa hech kim uning Novak Jokovich ustidan g‘alaba qozonishiga astoydil ishonmagani ta­yin. Denisga shu paytgacha iste’dodli tennischi sifatida ko‘p umid bog‘landi. Afsuski, aksariyat holatlarda bu umid-ishonch puchga chiqdi. Ayniqsa, so‘nggi Osiyo o‘yinlarida kuzatilgan loqayd ishtiroki muxlislarni ancha afsuslantirdi. ATR reytingidagi o‘rni keskin pasayib ketganidan ke­yin esa, ayrim muxlislarning ko‘ngli undan sovudi. Sportchi o‘zining yuqori imkoniyatlaridan unumli foydalanmasa, aniqrog‘i, tabiiy is’dedodi qadriga yetmasa, shunchaki, ommada unga nisbatan salbiy mulohaza shakllanadi. «Iste’dodli yigit, lekin o‘zining sport formasi haqida o‘ylamaydi. Bundaylarga iste’dod va ishonch xayf!» deyishadi muxlislar qo‘l siltab. Eh, tarafkashlar ko‘nglidan qolish yomon. Muxlisning qahri qattiq. Nazarimizda, Denis Istomin buni vaqtida anglab yetibdi. Ochig‘i, ATR reytingidagi 117-o‘rinni o‘ziga ravo ko‘rayotgani ko‘pchilik g‘ashiga tegayotgandi. Bu mavqe - Denis Istomin kabi tennischi uchun sira yarashmaydi. Irodasi va imkoniyatlarini qayta jamlay olgani va reytingdagi o‘rnini tanqidiy baholagani uchun Denisga alohida rahmat!

Ana, «Selta» safarda «Real»ni, «Suonsi» esa «Liverpul»ni yengib, qat’iyat va iroda kuchi nimalarga qodirligini ayrim futbolchi va murabbiylarga yana bir bora ko‘rsatib qo‘ydi. Haqiqiy professional sport ichida yengib-engilib yashaydi. Muttasil ravishda zarur natijalarni qayd etolmaslik va maqsadga yetolmaslik chinakam professionallarga begona jarayondir. Deylik, «Vest Xem» va Slaven Bilich autsayderlikni o‘ziga ravo ko‘rmadi. Shuning uchun APL birinchi davrasidagi ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin ham tinmadi. Mana, Londonning kamtar klubiga nihoyat, omad kulib boqmoqda. Denis Istomin ham inqiroz davridan munosib o‘tib, kimsan Novak Jokovichni yengdi. Pablo Koreno Busta aslida ATR reytingidagi 31-o‘rni bilan mag‘rurlanib yurgan tennischi. Asosiysi, vadandoshimiz bu raqibini yutish prinsipial ahamiyat kasb etishini chuqur angladi va «qoch-quv» qabilida kechgan bahsda g‘alaba qozonishga kuch topdi.  Avs­traliya ochiq chempionatida kuchsiz tennischining o‘zi yo‘q. Bir-biriga munosib mahoratning bu kabi oshkora namoyishida omad va g‘alaba ko‘proq Denis Istomindek mushohada yuritadigan sportchilarga yon bosadi. Demak, tennischimizga avvalgi musobaqalarda shunday mushohada yetishmagan.

Yuqorida aytganimizdek, chin muxlis oqni oq, qorani qora o‘rnida ko‘rishga qodir. U hozirning o‘zida Denisdan mamnun va Grigor Dimitrovga qarshi bahsi natijasidan qat’iy nazar, uni ulug‘layveradi. Mazkur mulohazalar APLning yakshanba oqshomidagi uchrashuvlarini kuzatish asnosida qog‘ozga tushirildi. Ya’ni kecha bo‘lib o‘tgan chorak final bahsidan avval shunday ruhda yozishga botindik. Nega? Chunki Denis Istomin minimum missiyani bajardi. Unga maksimum darajaga ko‘tarilish talabini qo‘yish noo‘rin.

Futbol muxlislari Samvel Babayan va uning shogirdlari ham Denis Istomin kabi minimum vazifani ado etishlarini kutishmoqda. Tushunarliki, bu vazifa - jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Agar milliy jamoamiz minimum talabni bajarsa, biror muxlis uning zimmasiga maksimum vazifani yuklamaydi. Bosh jamoamiz tarkibi saralash musobaqalarida bir necha bor yangilandi va saralandi, lekin sara natijadan hamon darak yo‘q. Natijasizlikning ham nihoyasi, chek-chegarasi borku, axir! Tom ma’nodagi professional muttasil natijasizlikdan charchaydi, uyaladi. Muxlisning ta’na va umid balqigan nigohlariga tik boqolmaydi. Bizningcha, bosh jamoamiz ayni chog‘ shu natijasizlik chegarasida turibdi. Boshqacha aytganda, samarasizlik manziliga yetib keldi. Bu yo‘lda yana davom etsa, nav­batdagi manzilga ham qadam tashlaydi -  o‘nglanmaydigan ishonchsizlik chohi... Murabbiy va har qaysi futbolchi bu chohga tushishni istamasa, Denis Istomin kabi qat’iyat va ishonch ruhini jamlashi zarur.

Ma’lumki, har bir murabbiy, futbolchi va jamoa o‘ziga yarasha zaxira kuchi bilan darajalanadi. Klau­dio Ranyeri har qancha tajribali sanalmasin, «Lester»da ikkinchi marta APL chempioni bo‘lish uchun zaxira kuchi yo‘qligi avvaldan ko‘pchilikka ayon edi. Klub hattoki, o‘tgan mavsum chempionlikka erisholmay, 2 yoki 3-o‘rin bilan kifoyalanganida ham, muxlislar «tulkilar»ga tasanno aytishardi, baribir. Chunki jamoa fantastik ishni amalga oshirdi. Qolaversa, bunday omad va qulay vaziyat yana qachon yuzaga kelishi tasavvurga sig‘mas holat hisoblanardi. Murabbiy va futbolchilar taqdirning bu tuhfasini qadrlashmasa, keyinchalik o‘zlarini kechirolmasdilar. Qaysidir yirik musobaqada favorit sanalmaydigan jamoalar odatda shunday vaziyatlardan unumli foydalanish evaziga natijaga erishadilar. Taqdir necha bor asosiy jamoamizga shu kabi imkonlarni yaratdi. Taassufki, termamiz hozirgacha bu imkonlardan foydalanmadi yoki ularni qadrlamadi. Ha, istamadi emas, balki qadriga yetmadi. Qaysi futbolchi yoki murabbiy jahon chempionatida ishtirok etishni istamaydi? Javob aniq - hamma birdek istaydi. Ammo istakning o‘zi bilan ish bitmaydi. Denis Istomin biroz kuchsiz sanalgan Ivan Dodichdan tashqari, kuchli raqiblarni ham yengdi. Endi u shu jihati bilan olqishga sazovor. Samvel Babayan shogirdlari ham kuchsizroq raqiblari qatorida Janubiy Koreya yoki Eron termasidan birini yengishlari shart edi. Ular esa shu shartni bajarishmadi. Holbuki, bajarish imkoni yo‘q emasdi. Mayli, hali ham bu shartni bajarish imkoni mavjud. O‘ylaymizki, Samvel Babayan buning uchun borki imkonlarini ishga soladi. Yaqinda Qurbon Berdiyev «Rubin» bilan «Barselona»ni yengish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirganining batafsil tahlili bilan tanishdik. Ma’lum bo‘lishicha, u «Barselona»ning har bir futbolchisi harakatlanish mexanizmini haddan ziyod aniqlikda o‘rganib chiqqan. Natijada «Barsa»ning eng ijodkor futbolchisiga tegishli uzatma ham to‘siqqa uchragan. Milliy jamoamiz raqiblari xuddi shu yo‘sinda o‘rganilsa, natija chiqishiga ishonchimiz komil.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:50, 06.02.2017. O'qildi: 5868 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.