Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahongir Mehmonov: «Maqsadim «Navbahor» bilan yuksak cho‘qqilarni zabt etish»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Mavsumlar oralig‘ida "Navbahor" tarkibiga boshqa klublarda faoliyat yuritayotgan ayrim namanganlik futbolchilar kelib qo‘shilishdi.

Ana shunday transferlardan biri himoyachi Jahongir Mehmonov bilan bog‘liq. Mahoratli himoyachi so‘nggi yillarni Farg‘onaning «Neftchi» jamoasida o‘tkazayotgandi. Mehmonovni «Navbahor»ga qaytishi jamoamiz markaziy himoya chizig‘ini mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiy hol. Shu sababli, muxlislar Jahongirni qaytishini katta xursandchilik bilan qarshi olishdi. Mehmonov bilan suhbatlashib, o‘zimizni va muxlislarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savollarga javob oldik.

- “Navbahor”ga qaytishingiz qay tariqa amalga oshdi?
- Mavsumlar oralig‘ida jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov va klub direktori Nosirjon Sultanovlarning takliflariga ko‘ra yana «Navbahor» jamoasiga qaytdim. Qolaversa, Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbayevich Bozarov ham jamoaga qaytishimni istaganliklari sababli Namanganda to‘p surishga qaror qildim. O‘zim tug‘ilib o‘sgan viloyat sharafini munosib tarzda himoya qilib, muxlislarimizni ijobiy natijalarimiz orqali xursand qilishga harakat qilamiz degan umiddaman. «Navbahor» klubini menga begona bo‘lmaganligi sababli ham qaytishni lozim topdim.
- Bundan oldin ham “Navbahor”ga qaytish istagi bormidi?
- Albatta bor edi. Yuqorida aytib o‘tganimdek «Navbahor» jamoasi men uchun begona emas. Aynan jamoadagi faoliyatim orqali xalqqa tanildim, do‘stlar ortirdim. Qolaversa, o‘z uyida o‘ynash har qanday futbolchiga ham yoqadi. Shundan kelib chiqqan holda qaytish istagi oldin ham yuzaga kelgandi. Biroq, turli sabablarga ko‘ra «Navbahor»ga qaytishim amalga oshmagandi. Qaytish vaqti 2017 yilgi to‘g‘ri kelganligi sabab yana qadrdon jamoam safida to‘p surish imkoniga ega bo‘lyapman.
- Jamoa safida bir oydan beri mashg‘ulotlarda qatnashmoqdasiz. Tayyorgarlik jarayoni qay tarzda o‘tmoqda?
- Jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni a’lo darajada davom etmoqda. Kuniga ikki mahaldan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarning ertalabkisida asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashga qaratilmoqda. Kechki paytdagi mashg‘ulotlarda esa texnik va taktik jihatlarni kuchaytiradigan mashqlar bajarilmoqda. Bundan tashqari nazorat uchrashuvlari orqali o‘yin amaliyotini ham shakllantirib bormoqdamiz. O‘tkazilayotgan mashg‘ulotlardan barcha jamoadoshlarimning ko‘ngillari to‘lmoqda.
- Bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov haqida qanday fikr bildira olasiz?
- Ilhom aka Mo‘minjonov haqida faqat iliq fikrlarni bildirishim mumkin. Murabbiyimizning mashg‘ulot o‘tkazish jarayonlari menga har tomonlama manzur bo‘ldi. Yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishimiz uchun o‘z imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanishimizni talab etmoqdalar. Bir so‘z bilan aytganda barchamiz murabbiy boshchiligida ahil va inoq bir jamoaga aylanganmiz. «Navbahor» klubini aynan Mo‘minjonov boshchiligida yuksak natijalarni qayd etishiga ishonchim komil.
- O‘tgan mavsumda jarohat tufayli ayrim uchrashuvlarda maydonga tusha olmadingiz. Ayni paytda jarohat bezovta qilmayaptimi?
- Chindanam, jarohat tufayli o‘tgan mavsumdan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlarda maydonga tusha olmadim. Ayni paytda esa jarohatim umuman bezovta qilmayapti. 2016 yilgi chempionat yakunlanishiga bir nechta tur qolganida jarohatdan qutulib maydonga qaytgandim. Ko‘plab futbolchilarni jarohat olishlari futbolda uchrab turadi. O‘z navbatida jarohat asoratlari ham o‘zini bildirishi mumkin. Shukurki, hozirda jarohatimdan butunlay qutulishga erishdim.
- Umuman olganda Farg‘onaning “Neftchi” klubidagi faoliyatingiz haqida nima deya olasiz?
- Farg‘onaning «Neftchi» klubidagi faoliyatim xususida gap ketganida, faqat ijobiy fikrlarni aytishim mumkin. Jamoada samarali tarzda faoliyat olib borganligim bois «Neftchi»dagi ishtirokimdan yorqin xotiralar qoldi. Farg‘onada to‘p surish orqali yangi do‘stlar ortirdim. Ular bilan o‘tgan vaqt davomida ahil-inoq bo‘lish bilan bir qatorda aka-ukalardek munosabatda bo‘ldik. Farg‘onadagi faoliyatim davomida o‘z vazifamni sidqidildan bajarib, «Neftchi»ning yuksalishi uchun qo‘limdan kelganicha harakat qildim. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va jamoadoshlarim Baxtiyor Yoqubov, Mansur Saidov va Akmal Xolmatov kabi futbolchilar yordamida jamoada o‘z o‘rnimga ega bo‘ldim. Do‘stim Shukurali Po‘latov va Dilyorbek Ermatov esa har jabhada menga ko‘mak berishdi. Barcha futbolchilar bir-birimizga yordam berib, imkoniyatimiz darajasida to‘p surishga intilib, «Neftchi» jamoasini yuqori natijalarni qo‘lga kiritishi uchun harakat qildik. O‘z navbatida jamoa muxlislariga ham rahmat aytib o‘tmoqchiman. Ishqibozlar zarur damlarda jamoani qo‘llab-quvvatlab bizga dalda bo‘lib turishdi. Shuningdek, «Neftchi» klubida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga ham bildirilgan ishonch va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib o‘taman.
- Klub rahbariyati va murabbiylar «Neftchi»dan ketishingizga qanday munosabat bildirishdi?
- Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov «Neftchi»dan ketishimni umuman istamagandi. Lekin, ayrim sabablarga va tushunmovchiliklarga ko‘ra ketishga qaror qildim. Klub rahbariyati bilan kelisha olmaganligim ham «Neftchi»dan ketishimga sabab bo‘ldi.
- Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sifatida “Navbahor”ning o‘tgan chempionatlardagi qatnashuvini kuzatganligingiz aniq. Jamoaning ishtiroki borasida qanday fikr bildira olasiz?
- Jamoaning 2016 yilgi chempionatda qayd etgan natijasi «Navbahor» klubiga umuman yarashmaydi. Barchaga ma’lumki, jamoa o‘zbek futbolida o‘z obro‘siga ega sanaladi. O‘z vaqtida chempionlik ham qo‘lga kiritilgan. Qolaversa, boshqa bir qator yutuqlar ham qayd etilgan. «Navbahor» O‘zbekiston chempionatlari tarixida bu kabi mushkul ahvolga tushmagandi. Jamoaga befarq bo‘lmaganligim sababli «Navbahor»ning o‘yinlarini kuzatib borishga harakat qildim. Ayniqsa jamoaning chempionat so‘nggidagi «Bunyodkor», «Andijon» va o‘tish turnirida «Norin» jamoalariga qarshi uchrashuvlari diqqat bilan kuzatib, «Navbahor»ga muxlislik qildim. Futbolchilik faoliyatimdagi dastlabki klubimni oliy ligada qolishini istaganim uchun ham natijalarga befarq bo‘la olmasdim. Yangi mavsumda «Navbahor»ni yuksak cho‘qqilarni zabt etishini istaganligim va natijalarni ijobiy ko‘rinish olishi uchun ham jamoaga qaytdim deb ayta olaman. Mavsumlar oralig‘ida «Navbahor» a’zosiga aylangan boshqa jamoadosh do‘stlarimni maqsadi ham shunday ekanligini aytib o‘tgan bo‘lardim.
- Mavsumlar oralig‘ida “Navbahor”ga bir qator tajribali futbolchilar jalb etilmoqda. Yangi mavsumda jamoa chempionatda nechanchi o‘rinlar uchun kurash olib boradi deb o‘ylaysiz?
- Yuqorida aytib o‘tganimdek, «Navbahor» jamoasi bilan birgalikda yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borishga harakat qilamiz. Chempionat deyarli bir yil davom etadi. Shuni hisobga olganda har qanday vaziyat ro‘y berishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda qaysidir o‘rinni olamiz deb va’da bera olmasakda, yaxshi natija qayd etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz.
- Ahillikda gap ko‘p. Ayni paytda jamoa a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan munosabati qanday?
- Ayni paytda jamoada ajoyib muhit xukm surmoqda. «Navbahor» tarkibida mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan deyarli barcha futbolchilar bilan oldindan tanishman. Kim bilandir aka-ukadek bo‘lsam, yana boshqalari bilan do‘stmiz. Bir so‘z bilan aytganda ahil jamoa jam bo‘ldi. Biror-bir tadbirga boradigan bo‘lsak ham barchamiz birga bo‘lmoqdamiz. Jamoadagi ichki muhit chin ma’noda do‘stona ruhda desam xato bo‘lmaydi. Barchamiz mashg‘ulotlarda ko‘tarinki kayfiyatda qatnashib, hordiq chiqarish paytida ham bir-birimizga iliq munosabatda bo‘lmoqdamiz.
- Yanvar oyidagi yig‘in davomida “Navbahor” bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi. O‘tgan o‘yinlar haqida nima deya olasiz?
- Jamoamizning Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yig‘inlari chog‘ida bir qator nazorat o‘yinlarida maydonga tushdik. Qaysidir uchrashuvda g‘alaba qozondik va ayrimlarida imkoniyatni boy berdik. Qishki yig‘inlarda asosiysi natija hisoblanmaydi. Muhimi o‘yin amaliyotini shakllantirishdan iborat. Bundan sharoitda kimnidir o‘yini chiqmaydi yoki hali to‘liq tayyor bo‘lmaydi. Gohida ertalabki jismoniy mashqlarni bajarib, jiddiy yuklamalarni olgan holda kunning ikkinchi yarmida nazorat o‘yinida maydonga tushiladi. Shu sababli uchrashuvlar paytida qiyin bo‘ladi. Qishki mashg‘ulotlarda yuklamalarni olish muhim sanaladi. Aynan shu jihat uzoq mavsum davomida jismoniy tomondan mukammal bo‘lishimiz uchun asqotadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda mag‘lubiyatga uchragan o‘yinlarimizda tushkunlikka tushayotganimiz yo‘q. Chempionatdagi natijalarni ijobiy ko‘rinish olishi nazorat o‘yinlaridan ko‘ra muhimroq sanaladi. Bir so‘z bilan aytganda tayyorgarligimiz yaxshi o‘tmoqda.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:58, 06.02.2017. O'qildi: 6581 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.