Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempionlar ligasi guruh bosqichida ketma-ket 10 bor ishtirok etadigan «Bunyodkor» ko‘chasida bayram

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Bunyodkor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha — 7 fevral kuni Qatarda «Al-Jaish»ga qarshi saf tortgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatorasiga o‘ninchi bor ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

«Qaldirg‘ochlar» ilk bor 2008 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida debyut qilib, birinchi urinishdayoq yarim finalga qadar yetib borgandi. Oradan 4 yil o‘tib jamoa yana o‘sha natijasini takrorlay olgan va bu borada O‘zbekistonning eng oldi jamoasiga aylangan. Har ikki safar ham jamoani Mirjalol Qosimov final ostonasiga qadar yetaklab kelgan.

Ikki yil avvad «Bunyodkor» o‘z tarbiyalanuvchisi Sardor Rashidovni «Al-Jaish»ga pullagandi. Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi mavsumida Qarshining «Nasaf» klubi darvozasiga yo‘l topgan Rashidov, oradan bir yil o‘tib sobiq jamoasiga qarshi muvaffaqiyatsiz to‘p surdi. Nafaqat u, balki jamoadoshlari ham «Bunyodkor» darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Uchrashuvdan oldin Sardor Rashidovni qo‘riqlaydigan futbolchi Akrom Komilov bo‘lishini ko‘pchilik taxmin qilib ulgurgandi. Himoyachining o‘zi esa dadil fikr bildirib, raqibidan qo‘rqmasligi haqida aytib o‘tgandi.

«G‘alaba uchun har taraflama tayyorgarlik ko‘rdik. Bahsga hamma yuz foiz tayyor. Sardor Rashidovga qarshi o‘ynashdan xursandman. Bugun ikkalamiz uchun ham qiziqarli bo‘ladi. Men uning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilaman» - dedi Akrom Komilov.

Sardor Rashidov 120 daqiqa davomida gol ura olmagani yetmaganidek, penaltilar seriyasida ham omadli bo‘lmadi. «Bunyodkor» posboni Murod Zuhurov ikki zarbani bartaraf qilib, «qaldirg‘ochlar»ni guruh bosqichiga olib chiqdi. JCH—2014 yo‘lidagi pley-offda ham Zuhurov penaltilar seriyasi bilan to‘qnash kelgan bo‘lib, iordaniyaliklarning birorta ham zarbasini qaytara olmagandi. Oradan 3 yildan ziyod vaqt o‘tib, darvozabonda o‘sish ko‘rindi.

«Men darvozabonman. Vazifam darvozamni goldan himoya qilish. 120 daqiqa davomida gol o‘tkazmadim. Keyin esa penaltilar seriyasida jamoamga yordam berishga urindim. Ya’ni, vazifamni bajardim xolos. Sardor Rashidov ikki yildan buyon biz bilan birga emas. Shuning uchun ham uning qaysi tomonga zarba berishini bilmasdim. Tavakkaliga sakradim va to‘p yo‘nalishini topdim» - dedi Murod Zuhurov.

Sardor Rashidov «Bunyodkor»ning asosiy tarkibida to‘p surayotganida Rustam Ashurmatov o‘rinbosarlar safida edi. Oradan vaqt o‘tib himoyachi o‘sha Sardor Rashidov jamoasiga gol urishga tayyor holga kelib ulgurgandi.

«Jamoamiz yosh bo‘lishiga qaramay, guruh bosqichiga chiqdik. Hamma bir-biriga yordam berib o‘ynadi. Bu esa qiyin bo‘ldi. Mehmonxonadayoq gol urishimni his qilgandim. Bu haqda xonadoshim Dilshod Hamroyevga ham aytgandim. Hozir esa penaltilar seriyasida bo‘lsa ham gol urganimdan xursandman. Urishim bilan Dilshodga xonadagi gapimni eslatdim» - dedi Rustam Ashurmatov.

Sergey Lushchan boshqaruvida «Bunyodkor» mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmadi. Ketma-ket ikki mavsumni 4-o‘rinda yakunlagan Toshkent grandi, 2016 yil kumush medallarga ega chiqdi.

Lushchan boshqaruvida «qaldirg‘ochlar» Chempionlar ligasining guruh bosqichida ikki bor muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassis har safar «Bunyodkor»ni guruh bosqichiga olib chiqadi. Avvalgi ikki mavsum pley-offi Toshkentda o‘tib, toshkentliklar Amirliklarning avvaliga «Al-Jazira», keyinroq esa Aziz Haydarov to‘p suradigan «Ash-SHabob» klublarini turnirdan chiqarib yuborgandi. Bu safar esa Qatardan g‘alaba bilan qaytdi.

«G‘alaba qozonish yoqimli, ayniqsa u kuchli jamoa maydonida qo‘lga kiritilgan bo‘lsa. Men yoshlarimiz uchun xursandman. Endi ular bilan guruh bosqichida to‘p suramiz. G‘alabaga hissa qo‘shgan barchaga rahmat aytaman. Guruh bosqichida qiyin o‘yinlar kutib turganiga qaramay, munosib ishtirok etishga harakat qilamiz» - dedi Sergey Lushchan.

«Al-Jaish»ning fransiyalik bosh murabbiyi katta ehtimol bilan o‘yin taqdirini asosiy daqiqalarda hal qilish haqida o‘ylagan. Bu holat klubning penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rmaganidan ham sezilib qoldi.

«Bunyodkor»dan yomon o‘ynadik deb aytmagan bo‘lardim. Romarinyoda ikkita vaziyat bo‘lsa-da, foydalana olmadi. «Bunyodkor» yaxshi himoyalana oldi. Raqib tartibli o‘ynashga va chidamli bo‘lishga harakat qildi. Lotereyalar seriyasiga kim tayyor bo‘lsa, o‘sha g‘olib chiqardi. «Bunyodkor» bu borada ustun ekan» - dedi Sabri Lyamushi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:22, 08.02.2017. O'qildi: 9255 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик