«Milan» klubi 2026/27 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi uy libosining (formasining) rasmiy taqdimotini o‘tkazdi.
«Milan» klubi va Puma global sport brendi jamoaning 2026/27 yilgi mavsum uchun yangi uy libosini taqdim etdi: bu futbol olamidagi eng ramziy estetikalardan biriga, ya’ni «rossoneri»ning klassik ko‘rinishdagi vizual tiliga qaytishdir.
Ushbu formada barchaga tanish bo‘lgan qizil-qora yo‘l-yo‘l chiziqlar qaytdi — ular yaqqol ko‘zga tashlanadigan, keng va darrov tanib olinadigan tarzda futbolkaning ham oldi, ham orqa tomonini to‘liq qoplab turibdi. Liboslar jamlanmasi oq shorti va qora getrilar bilan to‘ldirilgan.
Bu har doim ajralib turib taniladigan qiyofadir. Bu shunchaki oddiy chiziqlar emas; bu «Milan»ni belgilab beruvchi ramzdir. Har bir detal mana shu o‘ziga xoslikni yanada mustahkamlaydi.
Futbolkadagi «Milandan butun dunyoga» degan yozuv dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga bo‘lgan hurmatni ifodalaydi, ular tufayli klub o‘zini har bir qit’ada o‘z uyidagidek his qiladi. Yoqaning orqa qismida esa mumli muhr ko‘rinishida «Milan» emblemasi joylashtirilgan: «Milan»ning asl mohiyati har bir futbolkaga o‘ziga xos haqiqiy imzo sifatida muhrlangan, bu — otalardan farzandlarga o‘tib kelayotgan mangu an’anadir.
Bularning barchasi bir bo‘lib, ushbu futbolkani uni o‘ziniki deb biladigan barcha insonlarga bo‘lgan sevgi izhoriga aylantiradi», — deyiladi Milan klubining rasmiy bayonotida.



