Ispaniya La ligasining 22-turi doirasida "Real" safarda "Osasuna" jamoasi mehmoni bo‘ldi va g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limda Ronalduning zarbasidan keyin hisob ochilgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ikkinchi taymda esa Zidan shogirdlari g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Dastlab Xamesning uzatmasidan keyin Isko darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Lukas Vaskes yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu g‘alabadan keyin madridliklar o‘z ochkolarini 49taga yetkazishdi va jadvalda yana peshqadam bo‘lib olishdi.
Ispaniya chempionati, 22-tur
Osasuna – Real Madrid 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 24 Ronaldu, 1:1 – 33 Leon, 1:2 – 62 Isko, 1:3 – 90 Vaskes.
Osasuna – Sirigu, Bonnin (Garsiya Subiriya, 15), Sanxurxo, Vuyadinovich, Fuentes (Klerk, 53), Romero, Tyensa (Loe, 61), Chaushich, Berenger, Rivyer, Leon.
Real Madrid – Navas, Danilo (Xames, 57), Varan, Ramos, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Isko (Kovachich, 88), Benzema (Vaskes, 72), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Fuentes (10), Modrich (28), Tyensa (37), Xames (61), Chaushich (90).