O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan bahsda «Andijon» Toshkentda «Bunyodkor» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda muxlislar tezkor gol guvohi bo‘lishdi. Imeda Ashortiya uzoq masofadan yo‘llagan kuchli va aniq zarbasi bilan darvozani ishg‘ol qildi hamda andijonliklarni oldinga olib chiqdi — 1:0.
Birinchi bo‘limning o‘rtalarida mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Hakam «Andijon» darvozasi tomon penalti belgiladi, ammo «Bunyodkor» bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Bilolxon Toshmirzayevning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.
Shu tariqa, birinchi bo‘lim mezbonlarning minimal ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham «Andijon» xavfliroq harakat qildi. Donyor Abdumannopov va Azizbek Turg‘unboyevning xavfli zarbalari golga aylanmadi, ammo bosim natija berdi.
Uchrashuvning so‘nggi qismida Po‘latxo‘ja Xoldorxonovning jarima zarbasidan oshirib bergan to‘pini Usmonali Ismonaliyev bosh bilan darvozaga yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, Damir Temirovning aniq uzatmasidan keyin Azizbek Turg‘unboyev gol urib, hisobni yiriklashtirdi — 3:0.
Qo‘shimcha daqiqalarda «Bunyodkor» bir to‘p kiritib, hisobni qisqartirishga erishdi, ammo bu natijaga ta’sir qilmadi.
Shu tariqa «Andijon» muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Superligasi, 9-tur
24 aprel 2026 yil
«Bunyodkor» - «Andijon» — 1:3
Gollar: Imeda Ashortiya, 6 (0:1), Usmonali Ismonaliyev, 84 (0:2), Azizbek Turg‘unboyev, 88 (0:3) — Narimon Ahmadjonov, 90+3 (1:3)