«Tottenxem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Liverpul»ga qarshi o‘yin (0:2) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Liverpul» bizga nisbatan yaxshi o‘ynadi va haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yin boshida biz ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik. Birinchi taymdagi o‘yinimizdan hafsalam pir bo‘ldi. Buni tushunish qiyin. Ikkinchi bo‘limda «Liverpul» darajasida o‘ynadik, ammo kech bo‘lgandi.
Butun jamoa yomon o‘ynadi. Hamma gap barqarorlikda. Bugun bu jihatimiz rasvo bo‘ldi. Hozirda o‘zimiz erishgan pozisiyani egallab turibmiz. Lekin, agar bugungidek harakat qiladigan bo‘lsa, ya’ni APL g‘olibligi uchun bosim ostida o‘ynay olmasak, sovrin uchun kurashish qiyin kechadi. Dastlabki 45 daqiqada chempionlik uchun kurashishga tayyor bo‘lmagan jamoani ko‘rdingiz.
Hech narsadan shikoyat qilmoqchi emasman. Maydonda ko‘p harakat qilish bo‘yicha «Liverpul» darajasiga chiqa olmadik. Ha, jadvalda ulardan bir ochko oldindamiz, lekin bugun buni ko‘rsata olmadik.
To‘g‘risini aytish kerak, agar biz yuqori o‘riinlar uchun kurashishni istasak, birinchi bo‘limda bo‘lganidek o‘yinga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Bundan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak, shunda top-6da bo‘lish uchun kurasha olamiz», – dedi Pochettino.