Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 135 53 45 233
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Tailand 10 8 12 30
6 Qozog‘iston 9 13 23 45
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 4 9 19

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2151 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Top-goleador siri

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bundan bir necha kun oldin Nike kompaniyasi o‘zining Hypervenom3 nomli yangi butsalarini taqdim etdi. Tadbir Myunxen shahrida o‘tkazildi va unda sayyoramizning bir qator eng zo‘r hujumchilari ishtirok etishdi. Xususan, Robert Levandovski, Garri Keyn, Gonsalo Iguain va Edinson Kavanilar. Ushbu hujumchilar har doim diqqat markazida bo‘lib kelishadi. Ular chiroyli va muhim gollarni urib, o‘z jamoalarini cho‘qqiga olib chiqishmoqda. Bundan tashqari, gazetalarning birinchi sahifasidan joy olib kelishadi. Paparassilar ham ularga tinmay «ov» uyushtirishadi. Ular shunchaki, oddiy o‘yinchilar emas, balki hammani o‘zlariga ergashtiradigan brendlardir. Nike mazkur butsalarni yaratish chog‘ida ayrim futbolchilardan maslahat olib keldi, masalan, Edinson Kavani, Isko... va boshqalardan.

Ushbu hujumchilarning hammasi gol urishni juda yaxshi ko‘radi. Tadbir bahona ularning to‘purarlik sirini biroz bo‘lsa ham bilib olish maqsad qilib olindi. Edinson Kavani, Gonsalo Iguain, Miroslav Kloze, Robert Levandovski, Garri Keyn va Markus Reshford. To‘g‘ri, ularnitil to‘sig‘i ajratib turadi, ammo raqib jarima maydonida ularning barchasi haqiqiy «yirtqich»ga aylanishadi. Aynan shu jihat bobida bir-birlarini tushunib olishadi. Ularning yordami bilan yangi butsalar yaratildi. Jumladan, tadbir mehmoni Miroslav Kloze Nike Academydagi yigitlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotda birinchi bo‘lib butsalarni sinab ko‘rdi. «Hozir butsalar 60-70 -yillardagiga qaraganda, umuman, boshqacha yaratilgan, hatto, 10 yil oldingilari ham bunday emas. Asosiysi shuki, ular ancha yengillashgan» - dedi Germaniya futbolining faxriysi. Hujumchilar ko‘p, ammo har birining uslubi turlicha.

 Misol uchun, Kavanini olsak. Urugvaylik goleadorga darvozani ishg‘ol qilish uchun ko‘p vaziyat bo‘lishi shart emas. Asosiysi, uning kutilmaganda ochilishlari oqibatida barcha vaziyatlar xavfli tus oladi va shu xususiyati tufayli u ko‘p marta bo‘sh darvoza oldida paydo bo‘lib qoladi. Bu ham alohida bir san’at. Hujumchi uchun nafaqat to‘g‘ri zarba ijro etish, balki to‘g‘ri yugura olish ham muhimdir. «O‘yinlardan oldin fikr­ni bir joyga jamlash zarur. Gohida uchrashuv hisob-kitobini xayolan o‘tkazaman, keyin maydonda nima ro‘y berishi esa diqqat-e’tibor va vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi» - dedi Kavani.

Garri Keyn Kavanidan farqli o‘laroq, darvozaga ko‘proq zarba berishni ma’qul ko‘radi. APL statistikasi bo‘­yicha Keynning har to‘rtinchi zarbasi golga aylanar ekan. Natijada chempionat doirasidagi 16ta o‘yinda u 13ta gol urib, buning uchun 53ta urinishni amalga oshirgan bo‘lib chiqmoqda. Bu zo‘r ko‘rsatkich. «Har bir hujumchi vaziyatlarni qidira bilishi hamda darvozaga zarba berishni uddalashi kerak. Strategik jihatdan hujumchi uchun darvoza tomon ko‘proq zarba berish muhim, shunda gol urish uchun imkoniyat ko‘proq bo‘ladi», - dedi Keyn. U har doim ko‘p gol urib, qadamba- qadam yuqorilab borgan - Yevropa Ligasi, APL. Balki bunga sabab uning ustozi zo‘r bo‘lganligidir. «Men doim Ueyn Runining darvozaga qanday zarba berishini kuzatib kelardim. Avval translyasiyalar orqali, keyin biz Angliya terma jamoasida birga ishlay boshladik».

Markus Reshfordga ham hozir Runi ustozlik qilyapti. Uning ikkinchi ustozi Zlatan Ibragimovich faoliyati chog‘ida aksariyat hujumchilardan ko‘p gol urgan. «Asosiysi - to‘pni, maydonni his etish», - deydi «MYU»ning yosh vakili. Hozirga kelib unga Angliya futbolining bo‘lajak yulduzi sifatida qarash­yapti va ajab emaski, yaqin kelajakda shu narsa ro‘yobga chiqsa.

Yozgi transfer bozorida shov-shuv ko‘targan Gonsalo Iguainning taqdiri ajoyib kechgan. Top-snayper sifatida u haqida kam gapirishadi, gohida noaniq harakatlaridan norozi bo‘lishadi. Biroq Iguain orqasidan aytilayotgan gaplarga qaramay, muntazam gol urib kelyapti. «Darvoza oldida turganingda, faqat kuchli zarba haqida o‘ylamasliging kerak. Sifatli zarba va joyni to‘g‘ri tanlay bilish muhim», - dedi Iguain.

Faoliyatini Polshaning quyi ligalarida boshlagan Robert Levandovs­ki katta futbolga «qora yo‘lak»dan kirib kelgan. Undan hatto, «Legiya» ham bosh tortgandi. Endi esa «Bavariya» yetakchisi jahondagi eng kuchli hujumchilardan biri bo‘lib turibdi. «Bolaligimda bir-ikki marta oltita-ettitadan gol urganman», - deb eslaydi Robert Myunxendagi marosimda. Yillar o‘tib, u «Alyans Arena»da «Volfsburg»ga qarshi kechgan o‘yinda deyarli o‘sha tryukni takrorlagandi. Robert 9 daqiqa ichida 5ta to‘p kiritib, har bir zarba ketidan shafqatsizga aylanib borardi. O‘tgan mavsum polyak futbolchisi bundesligada 30ta gol urgani uchun eng yaxshi to‘purarga beriladigan bronza zambarakni qo‘lga kiritdi. Hozir u 12ta goli bilan uchinchi bo‘lib turibdi, ammo hammani quvib o‘tishi uchun hali zaxirasida yarim mavsum bor.

Yuqoridagi hujumchilarning o‘xshash tomonlari nimada? Birinchidan, hech narsaga qaramay ularning hammasi ko‘p gol urib kelmoqda. Har bir hujumchi vaqti kelib golsiz quruq seriyaga duch keladi va bu holatni to‘g‘ri qabul qilish mumkin. Ikkinchidan, endi ular Nike Hypervenom 3 yangi butsalarida o‘ynashadi. Ushbu sport poyafzallari Levandovski, Keyn, Kavani, Reshford va Iguain kabi yetuk forvardlar uchun maxsus yaratilgan. Bu yerda kompaniya hujumchilarning xohishini inobatga oldi. Endi Levandovski, Keyn, Kavani, Reshford va Iguain yangi butsalarda yanada ko‘proq gollar urishsa ajab emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:22, 12.02.2017. O'qildi: 6099 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик