Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Davide Frattezi Millatlar ligasi 2-turida Turkiyaga qarshi o‘yinda urgan goli haqida fikr bildirdi. Uchrashuv italiyaliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Gol urishni juda xohlagandim, chunki Italiya terma jamoasi safida juda uzoq vaqtdan beri gol urmagandim. Belgiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin aniq javob berishimiz va yangi davrni yangidan boshlashimiz kerak edi. Umid qilamanki, bu davr italiyalik muxlislarga ko‘p quvonch olib keladi», — dedi Frattezi Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.
Futbolchi o‘yin amaliyoti yetishmayotgani sababli «Inter»ni tark etib, «Lasio»ga o‘tgan edi. U yangi jamoasi safida A Seriyaning 5 ta uchrashuvida 3 ta gol urishga ulgurdi.
«Terma jamoada sermahsul bo‘lishim uchun, avvalo, klubimga foyda keltirishim va eng muhimi, muntazam o‘ynashim kerak. Bu mening asosiy maqsadim edi.
O‘tgan mavsumda sodir bo‘lgan voqealardan keyin ichimda kuchli ishtiyoq paydo bo‘ldi va bu his hali uzoq vaqt meni tark etmaydi. Gollarim bilan terma jamoaga yordam bera olishimga umid qilaman. Rostini aytsam, bu mavsum bunchalik yaxshi boshlanishini kutmagandim», — dedi Frattezi.
2 oktyabr kuni Italiya Millatlar ligasi 3-turida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.