Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Davron Fayziyev: «Futbolchilarni kelishidan ko‘ra, ketishidan qo‘rqyapman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi barcha jamoalar qatori yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiryapti. Bir nechta  o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishga ulgurgan jamoa navbatdagi sinov bahsini ertaga «Qizil-qum»ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin «Bunyodkor» akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tadi. Biz jizzaxliklar safidagi o‘zgarishlar, taraddud jarayoni hamda kelgusidagi rejalar xususida «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Davron Fayziyevdan intervyu oldik.

- Tayyorgarliklar reja asosida ketyapti, - deya so‘z boshladi D.Fayziyev. - Ushbu yig‘inimiz 4 fevralgacha davom etadi. Shu kuni futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi va ularga qisqa muddatli dam beramiz. Keyin chempionat boshlangunicha Toshkentda shug‘ullanamiz. Boisi, oliy liganing dastlabki ikki turini aynan poytaxtda o‘tkazamiz. Dastlab «Bun-yodkor», so‘ngra «Lokomotiv» mehmoni bo‘lamiz. Xullas, bizni O‘zbekiston chempioni va vise-chempioniga qarshi kechadigan murakkab o‘yinlar kutib turibdi.

- Demak, qur’a chinakamiga «So‘g‘diyona» uchun omadsiz kelibdi-da?

- Shubhasiz. Ko‘pchilik «Baribir, har qanday holatda ham barcha jamoalar bilan o‘ynaymiz-ku», deydi. To‘g‘ri, bu fikrga qo‘shilaman. Lekin chempionatni ketma-ket og‘ir o‘yinlar bilan boshlash futbolchilarning ruhiyatini tushirib yuborishi mumkin. «Lokomotiv» va «Bunyodkor» OCHLda ishtirok etishadi, bu klublar o‘z oldilariga jiddiy maqsadlarni qo‘yishadi. Men futbolda ko‘proq har bir narsaning yomon tomonini o‘ylayman. Yigitlar bu uchrashuvlardan keyin «sinib» qolmasliklari kerak. Taqvim biz uchun omadsiz keldi. Dastlabki to‘rtta turda mamlakatimizning kuchli jamoalariga qarshi maydonga tushamiz. Uchinchi turga kelibgina o‘z maydonimizda «Olmaliq» jamoasini qabul qilamiz. Keyin esa Qarshida o‘tgan yilgi bronza medali sohibi mehmoni bo‘lamiz. «Nasaf» bilan o‘yin ham yengil o‘tmaydi. Bugungi kunda eng yaxshi seleksiya ishlarini Olmaliq va Namangan jamoalari olib borishyapti. «Navbahor» tarkibiga Nemanya Yovanovich, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, G‘iyos Komilov singari futbolchilar qo‘shilishdi. Shu kunlarda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan «Olmaliq» murabbiylar shtabi ham legionerlarni ko‘rikdan o‘tkazyapti.

- Bugunga kelib «So‘g‘diyona»ni qaysi futbolchilar tark etishdi?

- Afsuski, asosiy tarkib a’zolarining ko‘pchiligi jamoadan ketishdi. Jumladan, Murod Xolmuhammedov, Akmal Xolmurodov, Jahongir Jiyamurodov, Muzaffar Muzaffarov, Bobur Qosimov kabilar boshqa klublardan qo‘nim topishdi. Yana bir iste’dodli futbolchimiz Mo‘min Meliyev esa «Mash’al»ga o‘tishni lozim ko‘rdi. Meni hayron qoldirgan jihati, 1997 yilda tavallud topgan ushbu o‘yinchi muborakliklarning o‘rinbosarlari safida o‘ynar ekan. O‘tgan mavsum Mo‘minni asosiy jamoaga ham jalb qilgandim. Bundan tashqari, «So‘g‘diyona»da ijara asosida to‘p surgan Jamshid Hasanov va Sarvar Xolmatov o‘z klublari ixtiyoriga qaytishdi. Alam qiladigani shundaki, yil davomida futbolchilarga o‘yin amaliyotini berasiz, jamoangizda nisbatan o‘sishga erishishadi, lekin endi foydalari tegadigan paytda o‘z klublariga qaytib ketishadi.

- Jamoangiz safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar bormi?

- O‘z vaqtida «Paxtakor», «Andijon», «Dinamo» klublarida o‘ynagan G‘ulom O‘runov, «Sho‘rtan»dan Sunnatilla Mamadaliyev ayni payt mashg‘ulotlarimizda qatnashishyapti. Shuningdek, Rustam A’zamov, Azamat Isroilov kabi tajribali futbolchilar ham «So‘g‘diyona» tarkibida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishyapti.

- O‘tgan yili o‘rinbosarlar jamoasida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan iste’dodli yoshlar bormi?

- Albatta, bor. Shahboz Jo‘rabekov, Sahob Rasulov, Doston Oripov kabi o‘yinchilar hozir asosiy jamoa bilan birga shug‘ullanishyapti. Ular hali tajriba orttirishlari, o‘z ustilarida ko‘proq ishlashlari lozim.

- Mashg‘ulotlarda yana yangi futbolchilar paydo bo‘lishi mumkinmi?

- Mumkin. Boshqa tomondan, hozir biz bilan shug‘ullanayotgan futbolchilar yuz foiz «So‘g‘diyona»da qoladi, deb ham bo‘lmaydi. Baribir, yana o‘zgarishlar ro‘y beradi. Safimizga yangi futbolchilarning kelib qo‘shilishi barobarida ayrim o‘yinchilarimiz boshqa klublarga yo‘l olishlari mumkin. Ularning kelishidan ko‘ra, ketishidan qo‘rqyapman. Bilasizmi, murabbiy hamisha ham seleksiya jarayonida muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Futbolchilarni taklif etishda xatolarga yo‘l qo‘yadi. Biz ham bundan mustasno emasmiz. Ishonch bildirgan o‘yinchingiz uni oqlay olmay, sizni uyaltirib qo‘yadi. Bu holat jahon futbolida ham kuzatiladi. Fikrimga isbot tariqasida birgina Pol Pogbani olish mumkin. Fransiyalik yarim himoyachining transferi omadsiz bo‘ldi. Pogba o‘zi uchun sarflangan pullarni oqlamadi. Bunday o‘xshamagan xaridlar ko‘p uchraydi.

- Legionerlarni sinab ko‘rish istagi yo‘qmi?

- Birinchidan, xorijliklar tekinga kelishmaydi. Ikkinchidan, yaxshi saviyadagi legionerning narxi baland. Hozirgi sharoitimizda nafaqat biz, balki chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar ham saviyali legionerni xarid qila olmaydilar. Klubimizning moliyaviy imkoniyatiga qarab ish yuritamiz. Iloji boricha yoshlarga, o‘sishni astoydil xohlayotgan yigitlarga e’tibor beraman va ularga suyanaman. Hozir vaziyat shunday.

- O‘tgan mavsum uchun klub rahbariyatining futbolchilar va murabbiylardan qarzdorligi yo‘qmi?

- Menimcha, yuz foiz kamomadi yo‘q jamoaning o‘zi bo‘lmasa kerak. Hamma klublarda o‘ziga yarasha muammolar bor. Biz ham bundan mustasno emasmiz. Lekin sekin-asta qarzdorlik yopilyapti, maoshlarni berib borishyapti. Mavsum boshlanguniga qadar barcha qarzdorlik yopiladi, deb va’da qilishgan.

- Murabbiylar shtabida o‘zgarish qilmaysizmi?

- Shunday reja yo‘q emas. Klub rahbariyati yaxshi yordamchi murabbiy olishim kerakligini aytgan. Hozir bu haqda o‘ylayapman. Tez kunda ana shunday mutaxassis klubimizda ish boshlaydi. Chunki PFL qaroriga ko‘ra, 2017 yilgi mavsumda «PRO» guvohnomasiga ega bo‘lmagan murabbiyning oliy liga klubini boshqarishiga ruxsat berilmaydi. Menda esa bunday lisenziya yo‘q.

- Boshqa tomondan, «PRO» guvohnomasiga ega juda ko‘p murabbiylarimiz ishsiz yurishibdi...

- Lekin bu OFKning talabi. Duch kelgan kishiga jamoa taqdirini topshirish ham noto‘g‘ri-da. Bu qarorni qo‘llab-quvvatlayman. Murabbiylar o‘qishlari, izlanishlari kerak. O‘z ustida ishlamay qo‘yganlar ham yo‘q emas.

- «PRO» lisenziyasiga o‘qish rejangizda bormi?

- Shunday niyatim yo‘q emas, klub rahbarlari PFLga bu borada xat bilan murojaat qilishgan. Agar joriy yil «PRO» uchun o‘quv kurslari tashkil etilsa, unda tahsil olaman. Bu - davr talabi. Mabodo, ushbu mavsum imkon topilmasa, kelasi yili, albatta, «PRO» lisenziyasi uchun o‘qiyman

- Qaysi chiziqlarni kuchaytirish haqida o‘ylayapsiz?

- Meni o‘ylantirayotgan eng katta muammo - mudofaa chizig‘i. Markaziy himoyamizni kuchaytirishimiz shart. Boisi, ushbu pozisiyaning ikki asosiy vakili jamoamizni tark etishdi. Murod Xolmuhammedov va Akmal Xolmurodovning o‘rnini munosib himoyachilar bilan to‘ldirishimiz lozim. Qolaversa, bir yaxshi hujumchi bo‘lsa ham yo‘q demasdim (kuladi).

- Himoyani kuchaytira oladigan futbolchilar bormi?

- Ayni payt shu haqda o‘ylayapmiz. Hozirgi futbolchilardan Elyor Oripov mudofaa markazida o‘ynay oladi. O‘tgan yili uni bu chiziqda sinab ko‘rgandik. Yaxshi taassurot qoldirgandi. Lekin baribir, tajribali himoyachi olishimiz kerak.

- Forvard zarurati haqida gapirdingiz. Lekin nafaqat oliy liga, balki futbolimizda hujumchi muammosi bir necha yildan beri dolzarbligini saqlab qolyapti...

- Bu fikrga qo‘shilaman. Faqat OCHLda o‘ynayotgan klublarimiz safidagina mahoratli hujumchilar bor. Boshqa jamoalarda esa yuqori saviyadagi forvardlarni ko‘rmayapman. Aytish mumkinki, qolganlarning darajasi deyarli bir xil.

- O‘rinbosarlar tarkibida iste’dodli hujumchilar bormi?

- Albatta, bor. Lekin hamma gap ularning asosiy tarkibda o‘ynab ketishida. Ular berilgan imkoniyatdan foydalana olishadimi? Bu savolning javobini anchadan beri topolmayman.

- Klub rahbarlari bilan uchrashdingizmi? Yangi mavsum rejalari xususida nima deyishyapti?

- Toshkentga kelgunimizga qadar kunora uchrashib turgandik. So‘nggi ikki yilda o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu mavsum ham vaziyat ijobiy tus olishiga umid bog‘lab turibmiz. Viloyatimizdagi futbol mutasaddilari qo‘llab-quvvatlashadi, degan niyatdaman.

- «So‘g‘diyona» yangi mavsumda qanday maqsadlarni ko‘zlayapti?

- Jamoa rahbarlari tomonidan hali aniq vazifa qo‘yilgani yo‘q. Lekin mening bu borada shaxsiy qarashlarim, niyatlarim tayin. «So‘g‘diyona» o‘tgan mavsumdagidan past o‘rinni egallamasligi shart. Xabaringiz bor, o‘tgan yilni 10-o‘rinda yakunlagandik. O‘ylashimcha, bu o‘sha paytdagi holatimizdan kelib chiqib gapirsak, yomon natija emasdi. Jamoamiz rahbarlari ham 8 yoki 6-o‘rindan past natija bo‘lmasligini istashsa kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 19:19, 12.02.2017. O'qildi: 11652 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик