Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Krestinin: «Bolqonliklar yangi jamoaga juda tez moslashadi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Bugungi kunda Markaziy Osiyo futbolida bolqonliklar ta’siri tobora ortib bormoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning elita ligalarida Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya va mintaqaning boshqa davlatlaridan kelgan 60 nafardan ortiq futbolchi to‘p tepmoqda. Deyarli har bir klub tarkibida kamida bitta bolqonlik futbolchini uchratish mumkin. Nega bu yo‘nalish barqaror tendensiyaga aylandi va nima uchun Bolqondan kelgan futbolchilar yangi muhitga tez moslashmoqda? Bu haqda «Bunyodkor» klubining sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin fikr bildirdi.

— Markaziy Osiyo klublarida bolqonlik futbolchilarga qiziqish nega doimiy tus oldi, deb o‘ylaysiz?

— Bu tasodif emas. Sharqiy Yevropa futbol maktabi ruhiyati va ish uslubi jihatidan Markaziy Osiyo mintaqasiga ancha yaqin. Bolqonlik futbolchilar harakatchan, raqobatbardosh va maydonda maksimal natija uchun kurashadigan o‘yinchilar hisoblanishadi. Klublar ulardan nima kutish mumkinligini yaxshi biladi. Eng muhimi — ular yangi jamoaga tez moslashadi va maydonda darhol foyda keltira boshlaydi. Ko‘p hollarda bunday futbolchilar jamoada oddiy legioner emas, balki o‘yinni yetaklab boradigan asosiy figuraga aylanadi. Bolqon futboli pragmatik uslubi bilan ham ajralib turadi. U yerda asosiy e’tibor natijaga qaratilgan. Jismoniy tayyorgarlik, intizom va maydonda aniq vazifalarni bajarish — bu maktabning muhim jihatlari. Rivojlanayotgan ligalar uchun aynan shunday profildagi futbolchilar juda qadrlanadi.

— Siz o‘tgan mavsum boshqargan «Xo‘jand» klubiga hozir serbiyalik murabbiy Milan Milanovich bir necha serbiyalik futbolchilar bilan keldi. Ular jamoaga tez ta’sir ko‘rsata oladimi?

— Ehtimoli katta. Milanovichning tajribasi va rezyumesi juda jiddiy. Bolqonlik murabbiylar turli sharoitlarda ishlashga o‘rgangan bo‘ladi va yangi muhit ularni osonlikcha izdan chiqara olmaydi. Ular jamoada tizim, intizom va aniq talablarni shakllantira oladi. Shuning uchun ham bunday ligalarda ularning ish uslubi tezda ko‘zga tashlanadi.

— Siz «Xo‘jand»ni boshqargan paytingizda jamoada chernogoriyalik Igor Vukchevich ham o‘ynagan. Uning moslashuv jarayoni qanday kechgan?

— Professionallik borasida unga hech qanday e’tiroz yo‘q. Rost, ba’zan maydonda ishlari yurishmagan paytlar ham bo‘lgan. Uda imkoniyatlar yetarlicha edi, ammo atigi bitta gol urdi. Shunga qaramay, to‘psiz harakatlarda va hujum chizig‘ida to‘pni ushlab turishda jamoa uchun juda foydali ish qildi. Eng muhimi — u hech qachon sharoitdan shikoyat qilmagan. Men uning og‘zidan biror marta salbiy fikr eshitmaganman. Qiyin vaziyatlarda ham u doimo: «Hammasi yaxshi», deb javob berardi. Bu yondashuv ko‘plab bolqonlik futbolchilarga xos.

— Siz bolqon futbol maktabini tez-tez tilga olasiz. Uning asosiy ustunliklari nimada?

— Bu yerda eng muhim omil — mentalitet. Ular juda moslashuvchan va ham shaxsiy rivojlanish, ham jamoaviy o‘yinni takomillashtirish ustida ishlashga tayyor. Bolqonlik murabbiylar sabr-toqat bilan butun jamoaning darajasini oshirishga harakat qiladi. Kamroq tayyorgarlikka ega futbolchilarni ham jamoa standartlariga yetkazishga urinishadi. Ta’lim tizimi ham yuqori darajada. Futbolchilar ma’lum bir pozisiyaga qattiq bog‘lanib qolmaydi. Shu sababli ularning aksariyatida jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanmaydi. Yoshlar futbolida saralash jarayoni juda jiddiy. Shuning uchun professional futbolga faqat haqiqatan tayyor o‘yinchilar yetib keladi. Bu esa ularning yangi muhitga tez moslashishida katta rol o‘ynaydi.

— Siz ishlagan bolqonlik futbolchilar orasida eng kuchlisi kim edi?

— Men Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda ishlagan davrimda mintaqadan kelgan ko‘plab yaxshi futbolchilar bilan ishladim. Agar bittasini alohida ajratish kerak bo‘lsa, serbiyalik Igor Ivanovichni aytgan bo‘lardim. U «Bunyodkor» safida o‘ynagan. Juda kuchli futbolchi va ajoyib inson. Maydonda deyarli barcha sifatlarga ega: aniq uzatmalar, kuchli zarba, o‘yinni o‘qish qobiliyati. Uning har bir qarori o‘ylab qilingan bo‘ladi. Shuningdek, u milliy jamoa darajasida ham o‘ynagan — bu esa uning salohiyatini ko‘rsatadi.

— Siz inson sifatidagi fazilatlarni ham ta’kidlayapsiz. Bu amalda qanday namoyon bo‘ladi?

— Ularning aksariyati ochiqko‘ngil va ijobiy kayfiyatda bo‘ladi. Maydon tashqarisidagi mayda-chuyda masalalarga ortiqcha e’tibor bermaydi, asosiy e’tiborni ishga qaratadi. Menda hech qachon futbolchining moslashuvi uzoq davom etgan holat bo‘lmagan. Odatda bir necha o‘yindan keyinoq u jamoaga to‘liq kirishib ketadi. Ikki haftadan keyin esa xuddi bir necha yildan beri shu yerda o‘ynayotgandek tuyuladi.

— Bu murabbiylarga ham tegishlimi? Ulardan kimlar bilan aloqa qilib turasiz?

— Men Ivan Boshkovich bilan aloqadaman. U anchadan beri O‘zbekistonda ishlab kelyapti. U o‘z ishidan mamnun va bu mintaqada katta futbol salohiyati bor, deb hisoblaydi. Biz tez-tez Osiyo futbolining rivoji haqida suhbatlashib turamiz. Bugungi kunda bu yerga Yevropa mutaxassislari tobora ko‘proq kelayotgani ham qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

— Yaqinda Robert Prosinechki siz yetti yil boshqargan Qirg‘iziston milliy jamoasini qabul qilib oldi. U muvaffaqiyatga erisha oladimi?

— Buni oldindan aytish qiyin. Men, albatta, unga omad tilayman. U allaqachon futbolchilardan o‘z talablarini qat’iy bajarishni kutayotganini aytdi. Ammo bu yerda eng muhim savol — ushbu talablar futbolchilarning real imkoniyatlariga qay darajada mos kelishida. Murabbiyda aniq g‘oya bo‘lishi mumkin, lekin uni maydonda amalga oshirish jamoaning imkoniyatlariga bog‘liq. Ayniqsa, eng yuqori darajadagi futbolga o‘rgangan mutaxassis yangi muhitga kelganda bu masala yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 08:00, 15.03.2026. O'qildi: 939 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик