Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi turnirdan 2 ta medal bilan qaytdi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / kurash
Rukn: Yangiliklar
A A A
11-12 fevral kunlari Rossiyaning Podolsk shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha Yevropa chempioni V. Ivlev sovrini uchun IX Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda asosan Rossiya, Qozog‘iston, Belorus hamda o‘zbekistonlik polvonlar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sakkiz nafar kurashchi bilan ishtirok etdi. 
Jumladan 59 kg vazn toifasida Feruz Tuxtayev, 66 kg vaznda Danila Morozov va Nurbek O‘ktamov, 80 kg vazn toifasida Jonibek Otabekov, 85 kg vaznli sportchilar bahsida Rustam Sultonov, 98 kg vazn toifasida Jahongir Turdiyev va Ikrom Ibragimov, shuningdek o‘ta og‘ir, ya’ni 130 kg vazn toifasida Abbos Ibragimovlar yurtimiz sharafini himoya qilishdi. 
Musobaqada Feruz To‘xtayev barcha raqiblarini mag‘lub etib, yakunda oltin medal sohibiga aylandi va shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi. Jonibek Otabekov esa kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bundan avvalroq ushbu polvonimiz Vengriya poytaxti Budapesht shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgandi. Ana shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi turnirni bitta oltin va bitta kumush medali bilan yakunladi. 
Endi erkin va yunon-rum kurashchilarimiz Turkiyaga yo‘l olishadi va mavsumning navbatdagi xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi. Istambulda tashkil etiladigan turnir 3-5 mart kunlari yunon-rum kurashi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tsa, 10-12 mart kunlari erkin kurashchilarimiz gilamga chiqishadi.
Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:09, 13.02.2017. O'qildi: 4708 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик