Bugun 12 oktyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6252 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2573 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.10.2025

      05:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      06:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      14:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      18:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      18:40 "Непобедимый".
      19:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      01:00 Д/ф "Месси".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.10.2025

      05:30 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      05:55 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      06:20 Д/ф "17 часов до вершины".
      06:55 "Непобедимый".
      07:25 LIVE Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка. Прямая трансляция.
      08:15 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      10:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:30 "Вы это видели".
      11:20 "География спорта". Камышин.
      11:50 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
      13:40 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      14:30 "Команда мечты".
      15:00 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Отдельные виды. Финалы.
      17:55 LIVE Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      20:00 "Непобедимый".
      20:30 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      20:55 LIVE Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Финал. Прямая трансляция.
      23:00 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      23:25 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      00:25 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 7 в Краснодаре, Россия.
      02:25 "Команда мечты".
      02:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США. Прямая трансляция.
      04:30 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Отдельные виды. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.10.2025

      07:00 Матч! Парад.
      08:00 Профессиональный бокс. Мэнни Пакьяо против Эрика Моралеса. Бой за титул WBC International во 2-м полулёгком весе.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Команда МАТЧ".
      11:25 Д/ф "Лев Яшин - номер один".
      12:40 "Вы это видели".
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. Финал. Прямая трансляция.
      16:45 LIVE Футбол. Женщины. Winline Кубок России. Финал. ЦСКА (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:30 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Зенит" (Санкт-Петербург) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Рио-де-Жанейро, Бразилия. Чарльз Оливейра против Матеуша Гамрота.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/4 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.10.2025

      06:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      07:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/4 финала.
      09:00 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      14:50 LIVE Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Мужчины. Прямая трансляция.
      17:20 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала.
      21:15 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Южном Лимбурге, Нидерланды. Мужчины.
      22:15 LIVE Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Олимпийский кросс-кантри. Прямая трансляция.
      00:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Даунхилл.
      00:15 LIVE Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри. Прямая трансляция.
      02:15 Велоспорт. Париж-Тур во Франции.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала.
      04:30 Велоспорт. Париж-Тур во Франции.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Faqat futbol emas, bulki butun sport xitoyliklar qo‘liga o‘tyaptimi?

Baho:
+ | -
OSIYO / Milliy chempionatlar / Xitoy Super Ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A
Hozirgi kunda futbol xitoylik milliarderlar uchun asosiy maqsadga aylangan. Birgina o‘tgan yilning o‘zida ular dunyoning deyarli barcha eng zo‘r futbolchilariga aql bovar qilmaydigan darajadagi maoshlarni taklif qilishdi.    Masalan, Xalk «Shanxay Telleys»ga o‘tib ketdi, uning «Zenit»dagi sobiq jamoadoshi Vitsel esa «Yuventus»dek obro‘li jamoaga rad javobini berib «Tyanszin Syuanszyan»ni tanladi. Argentinalik mashhur Karlos Teves dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. «Shanxay Shenxua» unga yiliga salkam 40 million yevro haq berayapti. «Chelsi» hujumchisi Diyego Kosta esa 30 million yevrolik taklifni eshitib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Xatto u bosh murabbiy Antonio Konte bilan tortishib qolishga ulgurdi. Kostaning sobiq klubdoshi Oskar endi Xalk bilan bitta jamoada to‘p surayapti. «Aristokrat»lar asosiy tarkibga kira olmagan braziliyalikni 52 million funtga pullashdi. Xitoyga shuningdek, Odil Axmedov bilan «Krasnodar»da o‘ynagan Fyodor Smolovni ham chaqirishgandi, biroq hujumchi mo‘may taklifga rozi bo‘lmagandi. Bundan tashqari, xitoylik boyvachchalar birgina futbolchilarning xaridida to‘xtab qolishmadi. Osiyolik ishbilarmonlar endi  klublarni ham sotib olishyapti. Shunaqa gaplar.   Italiya Milanda endi futbol to‘laligicha Xitoyga tegishli, desak ham bo‘laveradi. O‘tgan yozda chakana savdo bilan shug‘ullanadigan Suning Holdings Group kompaniyasi «Inter»ning 68,5 foiz aksiyalarini sotib oldi (shu jumladan, Massimo Morattining hamma ulushini ham). Xitoy giganti «Inter»ni yanada kuchaytirib va yanada «internasional» qilmoqchi ekanini e’lon qildi. Yangi xo‘jayinlar 150 million yevroga yangi futbolchilarni olib kelishdi, lekin bu yurish o‘z samarasini bermadi. Natijada, mavsum startini muvaffaqiyatsiz boshlab bosh murabbiy De Burni ishdan ozod etishdi. Hozirgi kunda esa «Inter» g‘alabalar seriyasini boshidan o‘tkazayapti va Chempionlar Ligasi zonasiga ancha yaqinlashib olgan. Milan shahrining boshqa bir grandi - «Milan»ning ham sotilgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Kelishuv bo‘yicha klub aksiyalarining 99 foizi Xitoyning Sino Europe Sports Group kompaniyasi ixtiyoriga o‘tishi ko‘zda tutilgandi. Ammo o‘shandan beri kelishuv kuni ikki marta qoldirildi. Boshqa bir ma’lumotga qaraganda, xaridorlar italiyaliklarga qalbaki hujjatlarni taqdim etishgan ekan. Shuning uchun, bu haqdagi aniq ma’lumotlar 2017 yilning 3 martida e’lon qilinadi.   Angliya APL vakili «Vest Bromvich Albion» ham endi xitoyliklarga tegishli. U o‘tgan yilning sentyabr oyida Guochan Lai (salkam 2,8 milliard dollar sohibi) boshchiligidagi investorlar guruhi tomonidan sotib olingandi. APLdagi ikkinchi «Xitoy jamoasi»ga «Sautgempton» ham aylanishi mumkin. Uning nazorat aksiyalari paketini Xitoyda stadionlar qurilishi bilan shug‘ullanuvchi Lander Sports Development kompaniyasi sotib olishni istayapti. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, klub xo‘jayinlari 180 million funtlik taklifni rad etib, 270 million so‘ramoqdalar. Bundan tashqari, chempionshipning birdaniga uch ishtirokchisiga ham xitoylikliklar egalik qilishayapti. O‘z vaqtida Garvard va Oksfordda o‘qigan Toni Sya 76 million funt evaziga «Aston Villa»ni o‘ziniki qilib olgan. «Villa»ga kelgach, Sya o‘z intervyusida «Manchester Siti» shayxlarining top-transferlarga pul yo‘naltirish taktikasini nosog‘lom rivojlanish modeli deya qattiq qoralagandi. Yozda «Aston Villa» transferlarga 60 million yevro sarfladi, ammo shunga qaramay chempionatda atigi 13-o‘rinda borayapti. Darvoqea, Syani universitetdagi natijalarga doir hujjatlarni qalbakilashtirishda, uning kompaniyasi Recon Groupni esa qalloblikda ayblashgan. O‘tgan yozda Fosun International investisiya kompaniyasi 45 million funt evaziga «Vulverxempton»ni xarid qilgandi. Unga ko‘ra, xitoyliklar yaqin ikki yil ichida klubga 30 million funt sarflashlari kerak. Bu xaridga ham ba’zi bir savollar bo‘lgan. Fosun Jorje Mendeshga tegishli Gestifute kompaniyasining 20 foiziga egalik qiladi. Shu yozning o‘zida Mendeshning mijozi Ivan Kavaleyru 7 million funtga «Monako»dan «Vulverxempton»ga o‘tdi va bu bilan u ingliz jamoasi tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylandi. Hammasi bo‘lib esa «Bo‘ri»lar safiga 14 nafar futbolchi kelib qo‘shilgan. Kuzda Xitoyning Trillion Trophi Asia kompaniyasi «Birmingem» aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi. Klubning sobiq xo‘jayini - gonkonglik biznesmen Karson Yen pullarni o‘zlashtirgani uchun hozir qamoqda o‘tiribdi. Xitoyning yana bir kompaniyasi China Media Capital Holdingsga «Manchester Siti»ni (shuningdek, MLS ishtirokchisi «Nyu-York»ni) boshqarayotgan Citi Football Group kompaniyasining 13 foiz aksiyasi tegishlidir.   Ispaniya Wanda Group kompaniyasi o‘tgan qishda «Atletiko»ning 20 foiz aksiyasini sotib olgandi. Uning egasi Van Szyanlin - Xitoydagi eng badavlat (33 milliard dollar puli bor) kishi sanaladi. Kelishuv 45 million yevroni tashkil etgandi (Agar madridliklarning katta qarzlari bo‘lmaganida bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin edi). Szyanlinning rejalaridan jahondagi eng zo‘r o‘yinchilarga pul sarflash o‘rin olmagan. Bu yerda uni avvalambor yangi aloqalar va «Atletiko» akademiyasiga xitoylik futbolchilarni olib kelish imkoniyati qiziqtirayapti. Umuman olib qaraganda, Szyanlinning sportga doir rejalari ulkan: u 1,2 milliard evaziga eng yirik marketing agentlik Infront Sports - Mediani xarid qildi. Infrontning o‘zidan 25ta sport turiga aloqador 180 media huquq va yuzlab xomiylik shartnomalarini sotib oldi. Yana u Ironman brendi ostida triatlon musobaqalarini tashkil etib kelgan ushbu kompaniya uchun 650 million berdi. Van Szyanlin yangi turnirlarni tashkil etishni rejalashtirayapti (ish yangi Chempionlar Ligasigacha ham borib taqalayapti) va uning so‘zlariga qaraganda, u Xitoyda sport industriyasi rivoji uchun katta imkoniyatlarni ko‘rayapti. «Bizni faqat pul qiziqtiradi» - dedi milliarder. Xullas, Szyanlin sportni o‘zgartirayapti. Taxminan o‘sha vaqtda o‘yinchoq mashinalarni ishlab chiqaruvchi Rastar Group kompaniyasi  «Espanyol» aksiyalari nazorat paketini sotib oldi. Yangi xo‘jayinlar «Espanyol»ni Chempionlar Ligasiga olib chiqishga va qarzga botib qolgan jamoaga pul topishni o‘rgatishga va’da berishdi.   Qolgan dunyo Memfis Depayga pulni «Lion» qayerdan oldi? Xitoyning IDG Capital Partners kompaniyasi yordam berdi. Osiyoliklar klubning 2 foiz aksiyasini taxminan 100 million yevroga xarid qilishdi. «Lion» ushbu pullarni transferlar va qarzlarni yopishga sarflayapti, IDG esa «Lion» brendidan Osiyoda foydalanish va klub direktorlar kengashidan o‘rin olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xitoyliklar Depaydan tashqari Balotelli bilan Dantega ham pul berishda yordam berishayapti. Aniqrog‘i, o‘tgan yilning yozidan boshlab «Nissa»ning 80 foiz aksiyasi Xitoy-Amerika investisiya guruxiga tegishli bo‘lib kelayapti. Jamoa «PSJ»dek raqibini orqada qoldirib, Chempionlar Ligasi zonasidan joy egallab turibdi. Shuningdek, xitoyliklar ikkinchi ligadagi «Sosho»ni «Pejo»dan sotib olishgan, «Oser» nazorat aksiyalari paketi ham ularga qarashli. Eng qayg‘uli voqeaga gollandiyaning «Den Xaag» jamoasi sababchi bo‘lib turibdi. 2015 yilning qishida pekinlik biznesmen Van Xuey (uning kompaniyasi yaqinda Italiya superkubogini Pekinda tashkillashtirgandi) klubni taxminan 6 million yevroga sotib olgandi. Investor jamoani Yevropa maydonlariga olib chiqishga so‘z bergandi, lekin buning o‘rniga «Den Xaag» sal bo‘lmaganda tashqi boshqaruv ostiga tushib qoladi. Boisi, Van Xuey to‘lov muddatiga amal qilmagan (ammo keyinchalik baribir to‘lagan). Xitoyliklar Praganing «Slaviya»siga ham qo‘l tekkizib bo‘lishgan. Klubning 60 foiz huquqi ularga tegishli. Yana Portugaliya ikkinchi ligasining xomiysi ham xitoyliklardir. Nihoyat, ular hattoki Ukraina futboligacha ham yetib kelishdi. Mamlakat futboli ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi «Sumi» klubi Smart-Mentors investision kompaniyasi nazoratiga o‘tgan. Xitoyliklar mavsum oxirigacha klubni boshqarishadi, so‘ng jamoani moliyalashtirishda ishtirok etishni yoki to‘laligicha sotib olishni aniqlab olishadi. Kim va nimaga futbolni pulga ko‘mib tashlayapti? Bu savolga yaqin orada javob topish oson bo‘lmaydi.   Basketbol Futbolda braziliyalik yulduzlar yoki ingliz klublari uchun berilayotgan millionlar sizni chalg‘itmay tursin. Chunki, Xitoyning o‘zida eng mashhur sport turi basketbol bo‘lib qolaveradi. Misol uchun, yaqinda faoliyatini tugatgan Kobi Brayantning Xitoydagi fanatlari Messi yoki Ronaldunikidan ko‘ra ancha ko‘pdir. Xitoy - MBA uchun xorijdagi eng asosiy bozor sanaladi. Jamoalar muntazam ravishda u yerga turlar uyushtirishadi, 2016 yilning oktyabrida esa liga u yerda MBA mashg‘ulotlar lagerlari ochilishini e’lon qildi. Bundanda muhimrog‘i, liga komissari Adam Silverning aytishicha, xitoylik teletomoshabinlar uchun ayrim o‘yinlarni o‘tkazish vaqtini surish kerak ekan. Hozirgi kunda o‘yinlar juda kech o‘tkazilmoqda va hech bo‘lmaganda bir haftada bitta o‘yin erta tongda bo‘lsa, Xitoyda u praym-taymga to‘g‘ri keladi. Yao Minning muvaffaqiyatlarini hozircha hech kim takrorlay olmayapti, ya’ni birortayam xitoylik basketbolchi MBAda o‘ynamayapti. Biroq o‘tgan yozda «Granada» klubi nazorat aksiyalari paketining sohibi - aksioner Szyan Lijang «Minnesota» aksiyalarining  5 foizini sotib olib basketbolga ham kirib bordi.   Xokkey Bu yerda birinchi navbatda KXL ishtirokchisi «Kunlun» jamoasini eslash kerak bo‘ladi, ammo umuman olganda, xitoyliklar MXLni ham ko‘zlari ostiga olib qo‘yishgan. 2016 yil boshida Xitoyning temir tog‘ora ishlab chiqaruvchi kompaniyasi O.R.G «Boston Bryuinz» jamoasiga xomiy bo‘ldi. Bundan tashqari 2015 yilning iyun oyida Andong Song MXLga chaqirilgan birinchi xitoylikka aylandi, lekin hozircha «Aylenders» safida hali birorta o‘yin o‘tkazmadi. Shuningdek, xitoyliklar MFL va MLBni ham ko‘zlashayapti, ammo Shimoliy Amerika bozoriga kirib borish qiyinroq bo‘ladi. Yevropadagi xo‘jayinlarning ko‘pchiligi zarar keltirayotgan aktivlardan tezroq vos kechishni orzu qilishayapti.   Muhim xalqaro turnirlar 2022 yilgi Olimpiada o‘yinlari Pekinda bo‘lib o‘tadi. Xitoyning eng boy odamlaridan biri - Jek Maga tegishli Alibaba kompaniyasi taxminan 600 million dollarlik shartnoma tuzib, har to‘rt yillik o‘yinlarning keyingi oltitasiga xomiylik qiladigan bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, Alibaba futbol bo‘yicha jahon chempionatiga ham xomiylik qilishni mo‘ljallayapti. Aytgancha, mundial hali biror marta Xitoy zaminida o‘tkazilmagan. Shuncha narsa ularga nimaga kerak? 1.     Xalqaro bozorga birinchi navbatda o‘z geografiyasini kengaytirayotgan yuqori texnologiyali Xitoy kompaniyalari kirib kelishmoqda. Homiylik ular uchun - bu birinchi navbatda imidj masalasidir. 2.     Xorijlik yulduzlarning xarid qilinishi moliyaviy tomondan o‘zini oqlashi mumkin. Xitoydagi o‘yinlarning reytingi oshib borayapti, liganing hozirgi teleshartnomasi (2016-2020) 1,25 milliard dollarga tuzilgan (bunga ortiqcha pul berib yuborilgan deb fikr bildirayotganlar ham yetarli). Yangi halqaro musobaqalarning tashkil etilishi katta mablag‘ olib kelishi mumkin, Xitoy sport bozoriga juda katta umidlar bilan qaralayapti. 3.     Xorijiy klublar aksiyalarini xarid qilishdan asosiy maqsad, yosh xitoylik o‘yinchilarni Yevropadagi eng zo‘r akademiyalarga yuborishdan iborat. Axir Xitoy futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish bilan kifoyalanmoqchi emas, balki bir kun kelib mazkur musobaqada g‘olib chiqmoqchi.   Nima uchun ular shuncha xarajat qilishayapti yoki Xitoyda ham bundan xursandlarmi? Xorijlik futbolchilarning xaridiga doir savolga javob - aniq topilmaydi. O‘tgan yil oxirida Xitoylik rahbarlar legionerlarga aql bovar qilmas xarajatlar borasida biror chora qo‘llash kerakligini e’lon qilishgandi, aks holda bu narsa xitoylik futbolchilarning o‘sishiga halaqit berarmish (unutmang, Xitoy JCHda g‘olib chiqmoqchi axir). Endi Xitoydagilar yangi limit o‘ylab chiqishdi. Shunga qaramay, hukumat a’zolari kelajakda transfer summalari va maoshlar me’yorini o‘rnatishga va’da berishayapti.
Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 11:53, 13.02.2017. O'qildi: 14597 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.