Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Lester» «Manchester Siti»ning noxush an’anasini davom ettiradimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya Premyer Ligasining navbatdagi turida “Suonsi”dan mag‘lubiyatga uchragan Klaudio Raneri shogirdlari 18-o‘rinda borayotgan “Xall Siti”dan atigi bir ochkoga oldinda bormoqda. Voqealar rivoji shu tarzda ketadigan bo‘lsa, “tulkilar” “shaharliklar”ning tarixiy anti-rekordini takrorlashi mumkin.

“Suonsi” klubining ishlari so‘nggi paytlarda ancha o‘ngidan kelmoqda. So‘nggi to‘rt uchrashuvda 3 g‘alaba qozongan “Suonsi” xavfli zonadan biroz uzoqlashgandek. Mouson va Olssonlarning kiritgan gollari “Lester” ustidan g‘alaba qozonishga yetarli bo‘ldi. Jamoaga Pol Klementning kelishi Uels jamoasiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda, shekilli.

Premyer Ligada 14-mag‘lubiyatini qabul qilib olgan “tulkilar” esa xavfli zonadan bor-yo‘g‘i 1 ochko oldinda bormoqda. Shu tariqa Jeymi Vardi jamoadoshlari ketma-ket beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilishdi. O‘tgan mavsumda esa “Lester” atigi uch bora mag‘lubiyatga uchragandi xolos.

Raneri vaziyatdan chiqa oladimi?

O‘tgan yilgi natijalarini ko‘rsatishga “Lester”da hech qanday imkoniyat yo‘q. Biroq, Angliyaning amaldagi chempionlari chempionatda jon saqlab qolishlari mumkin. Bunday voqea ro‘y bermasa, “Lester” “Manchester Siti” kabi chempionlikni qo‘lga kiritgandan so‘ng keyingi mavsumda Premyer Ligani tark etgan ikkinchi jamoaga aylanib, tarix zarvaraqlarida qolishi mumkin.

Premyer Ligada “shaharliklar” bunday natijaga ega yagona jamoa hisoblanishadi. “Manchester Siti” 1937-yil mayida o‘z tarixida ilk Premyer Liga chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, birr yil o‘tib, 1937/1938-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra 22 jamoa ichida 21-o‘rinni band etgan. Chempionatning eng hujumkor jamoasi (80 gol) bo‘lishi ham «Siti»ni Premyer Ligada saqlab qololmagan.

Hozircha Klaudio Raneri shogirdlari hujumda eng yomon natija ko‘rsatayotgan uchinchi jamoa hisoblanadi. Chempionat tugashiga 13 tur qolgan bir paytda, italiyalik murabbiy vaziyatni o‘nglay oladimi ? Buni esa vaqt ko‘rsatadi, albatta.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:08, 13.02.2017. O'qildi: 5343 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик