Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • Superliga
      • 27.02.2026 18:00
      •   Buxoro
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 27.02.2026 18:45
      •   Andijon
      • 3:0
      • So‘g‘diyona
      • 27.02.2026 19:00
      •   Paxtakor
      • 0:0
      • Qizilqum
      • 28.02.2026 18:45
      • Neftchi
      • -:-
      • Mash’al
      • 28.02.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Surxon
      • 28.02.2026 19:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi, Payet, Pyanich va boshqalar jarima zarbasi qirollari reytingida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jahon futboli bir-biridan ajoyib va buyuk o‘yinchilarni ko‘rgan. Biroq ularning hammalari ham jarima to‘plarini qoyilmaqom darajada ijro etishmagan.

Tushungandirsiz, mazkur reyting-maqolada standart vaziyatlarning yangi «qirol»lari haqida gap boradi. Biroz oldinga o‘tib, aytish kerak, quyidagi ro‘yxatda sayyoramizning eng zo‘r futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu yo‘q. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor, albatta. Darvoqe, yaqinda Ispaniyada diqqatga sazovor bitta voqea ro‘y berdi. Aniqrog‘i, «Barselona» yetakchisi Lionel Messi mamlakat kubogi doirasidagi o‘yinda «Atletik» darvozasiga jarima nuqtasidan chiroyli gol urib, bu borada yaqin o‘tmishning benazir vakili Ronald Kumanga yetib oldi. «Everton» bosh murabbiyi Leoni hattoki, bu ko‘rsatkich bilan alohida  tabriklashga ham ulgurdi. Shuning uchun  o‘ziga xos «xit-parad»ni aynan Messi boshqarayotganidan hayron qolmaslik kerak.

Lionel Messi («Barselona», Argentina)

Yuqorida ta’kidlandi, ushbu reytingda «Real» yetakchisi Krishtianu Ronalduga joy yo‘q. Negaki, u nafaqat jarima zarbalarini golga aylantirishdan to‘xtab qoldi, balki Garet Beyl hamda Xames Rodriges yo‘lini to‘smoqda. Ya’ni ularni  bu boradagi iste’dodni ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qilyapti. Portugaliyalik yulduz «standart»lardan urgan gollarini chamasi 600dan ortiq urinish natijasida to‘plagan. Qolaversa, oxirgi paytlar mo‘ljalni yo‘qotib qo‘ygandek. Masalan, uzoqqa bormay, Yevro-2016ni olaylik. Krish Fransiya maydonlarida terma jamoalar o‘rtasidagi yirik turnirlar miqyosidagi noaniq zarbalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi - 34ta. Samarasiz urinishlar bo‘yicha keyingi ko‘rsatkichlar George Xadji (27ta) va Ronald Kuman (22ta)ga tegishli. Messiga kelsak, u jarima nuqtasidan yo‘llagan ketma-ket 3ta goli hisobiga aynan gollandiyalikka yetib oldi. Ya’ni Kuman bungacha standart vaziyatdan urgan 26ta goli bilan «Barselona» rekordchisi bo‘lib turgandi. To‘g‘ri, Lionelda ham aniq ijro foizi maqtashga arzigulik darajada yuqori emas, lekin argentinalik megayulduz «standart»­dan to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘llash bobida hammadan o‘zib ketdi. Aslida Leo zarbani oddiygina ijro etadi, ammo yuksak did bilan. Gohida esa bunday gollari o‘ta go‘zal chiqadi. U bejiz butun faoliyati davomida naq 32ta jarima zarbasini samarali ijro etmagan.

Dimitri Payet («Marsel», Fransiya)

Payet allaqachon jarima zarbalarining buyuk ustasi sifatida afsona darajasiga ko‘tarildi. Hattoki, vaqti-vaqti bilan «standart»ni kuchli zarbaga tayanib ijro etadigan Zlatan Ibragimovichni ham bu ishda mohir usta, deb bo‘lmaydi. Gap shundaki, Ibra uzoq faoliyati davomida jarima nuqtasiga juda ko‘p marta yaqinlashgan va hozirga qadar ulardan chamasi 20tacha gol urgan. Umuman, samaradorlik o‘z yo‘liga, bu borada sifat ham muhim. Shunday ekan, Payening «Vest Xem»da ochilgan iqtidori e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Statistika bo‘yicha gapirsak, Dimitri katta futbolda atigi 8ta jarima zarbasini ijro etgan va ulardan 6tasi «Vest Xem»dagi o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. Ammo «bolg‘achilar» bosh murabbiy Slaven Bilichning ma’lum qilishicha, Paye jamoada ortiq qolmoqchi emas. Shunday ekan, endi fransuz yigitining jarima zarbalarini boshqa joyda ijro qilishi ehtimoli yuqori. Balki yana «Marsel»da urinib ko‘rar...?

Daniel Parexo («Valensiya», Ispaniya)

«Ko‘rshapalaklar» sardori oxirgi vaqtlarda jarima nuqtasidan yo‘llagan gollari soni bo‘yicha Ispaniyada birgina Messidan orqada boryapti, ammo o‘rtadagi farq u qadar katta emas. Boz ustiga, agar oxirgi mavsumlarni olsak, Parexo samaradorlikni ancha oshirdi. Bordiyu, zarbalarning umumiy sonidan gollar miqdori foizi chiqarilsa, unda ispan futbolchisi Lionel Messidan ham, Krishtianu Ronaldudan ham oldinda. Zero, yarim himoyachi zarba yo‘llashda  yaxshi vaziyat va pozisiyaga nisbatan kam chiqadi. Shunga qaramay, Daniel qulay vaziyat hosil qilish uddasidan chiqyapti. U ayniqsa, masofani yaxshi his etadi. Muhimi, to‘pni kuch bilan ham, texnikasiga tayanib ham darvoza tomon to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin. Shuningdek, Parexo - turli pozisiyalardan zarba ijro etuvchi a’lo darajadagi usta.

Franchesko Lodi («Udineze», Italiya)

«Udineze»dan tashqari, «Empoli», «Katanya» va «Jenoa» kabi jamoalarda o‘ynagan «A» seriyasi faxriysini jahon futboliga katta xizmati singgan yulduzlar qatoriga qo‘shish noo‘rin. Lekin gap zamonaviy futboldagi jarima zarbalarining haqiqiy ustalari haqida borar ekan, u elit ro‘yxatga munosib. Chunonchi, Lodining bu masaladagi samaradorligi ancha baland. U o‘ynagan jamoalar o‘yinlar davomida jarima zarbalari tepish huquqiga yetarlicha ega bo‘ladigan klublar sirasiga kirmaydi. Lekin harakatsiz turgan to‘pga zarba berish bobida Franchesko juda serqirra futbolchi. Uning mahorati oldida hattoki, kimsan Janluiji Buffon ham ojiz qolgan. Go‘yoki, Lodi jarima zarbasini qalbi bilan bajaradigandek.

Daniel Vass («Selta», Daniya)

Bu futbolchi mazkur ruyxatga tushgan daniyaliklardan biri. Vass dunyo miqyosida u qadar mashhur emas, lekin «Selta»dek jangovar jamoada o‘ynaydi. U Fransiyaning «Evian» jamoasi safida to‘p surgan vaqti ham jarima zarbalaridan bir necha marta gol urgan. To‘g‘ri, Ispaniyada hali bu is’tedodini ishga solganicha yo‘q. Lekin asosiy tarkibdan joy olgan legioner YEL o‘yinida bu ish uddasidan chiqdi. Umuman, Vass faoliyati boshidan buyon 10tadan ortiq jarima zarbasini qoyilmaqom darajada bajardiki, bu hozirgi zamon uchun a’lo ko‘rsatkich sanaladi. Axir oxirgi vaqtlarda ko‘pchilik jarima nuqtasidan to‘pni o‘yinga kiritib, keyin zarba yo‘llashni ma’-qul ko‘ryapti. Daniel esa shunday holatlarda o‘yinni bezashi mumkin. Uning zarbalarini bartaraf etishda eng omadli darvozabonlar ham omadsizdek ko‘rinishlari hech gap emas.

Villian («Chelsi», Braziliya)

«Shaxtyor» va «Anji» jamoalari sobiq yarim himoyachisi standart vaziyatlardan effektli va aniq zarba berish iqtidoriga ega. Aytishlaricha, u mashg‘ulotlardan keyin ham maydonda qolib, «standart»ni ijro etish texnikasi ustida qattiq ishlaydi. Ha, Villian hozircha jarima nuqtasidan urgan gollari soni bilan ortiqcha maqtanolmaydi, chunki unda «nuqta»ga yaqinlashish imkoniyati uncha ko‘p ham tug‘ilmaydi. Lekin sifat jihatidan baho bersak, barcha gollari chiroyli chiqqan, ular orasida kichik shedevrga tortadiganlari ham mavjud. To‘pni yengilgina darvoza «to‘qqizligi»ga joylash - bu usulni uning hamyurti Ronaldinyo ham ma’qullardi, albatta. Takror aytamiz, hozirda Villianning kolleksiyasi katta emas, ammo agar Antonio Konte imkon bersami, bu boradagi statistikasi tinmay yaxshilanishi ta-yin.

Gilfi Sigurdsson («Suonsi», Islandiya)

Uels klubining sermahsul a’zosi barcha gollarini jarima nuqtasidan urmagan, albatta. Lekin uni uzoq masofalardan darvozani o‘qqa tutuvchi «zambarak»lar qatoriga qo‘shish shart. Ha, Gilfi hisobida «zambarak»dan otilgan qo‘rqinchli zarbalar barobarida yana aynan jarima nuqtasidan yo‘llagan gollar ham bor. Bir so‘z bilan aytganda, u har qanday didga mos keluvchi zarbalar ustasi. Biroq Gilfining gollari «Vest Xem» yoki  «Arsenal» singari jamoalarga to‘g‘ri kelmasa kerak, negaki, aynan shu ikki klub islandiyalik futbolchining yuksak mahoratidan aziyat chekdi. Ba’zida hattoki, noqulay ob-havo ham islandga yordam beradigandek tuyuladi. Birgina yomg‘ir tomchisi maydonga tushsa, bas, u uzoqdan darvozani mo‘ljalga olishga shay.

Kristian Erikssen («Tottenxem», Daniya)

Avvalgi mavsum, ayniqsa, uning finishida APL vakillari jarima zarbalarini ijro etish masalasida no‘noqlik qilishdi. Umuman, oxirgi 4 mavsum sarhisobiga ko‘ra, «standart»­dan samara chiqarish bo‘yicha Kristian Erikssen va Xuan Mata oldinda borishyapti. Agar Devid Bekxem bundan xabar topsami, futbolga qaytishni xohlab qolishi hech gap emas. Zero, Beks vaqtida APL doirasidagi o‘yinlarning o‘zida naq 15ta jarima zarbasini golga aylantirgan. Erikssenning Daniya terma jamoasi, «Ayaks» va «Tottenxem» klublarida «nuqta»dan urgan gollarini qo‘shib hisoblaganda ham, 15taga yetmaydi hali. Biroq unutmaslik kerak, Kristian bu borada tobora yuqoriga intilyapti. Agar jarima zarbalarini aniq bajarishi va ularning jozibasini inobatga olib gapirsak, ehtimol, u ushbu «san’at» bobida chindan ham, dahodir. Faqat hali oxirigacha ochilmagani...

Zlatko Yunuzovich («Verder», Avstriya)

Bundesligada ham bu borada alohida maqtovga loyiq futbolchi bor, albatta. Aytish o‘rinli, nemis diyorida jozibador jarima zarbalarini juda  qadrlashadi. Buni Seyad Salixovich yoki Yoxannes Gays to‘la tasdiqlashlari mumkin. Lekin Yunuzovich baribir, alohida o‘rin tutadi. U zarba yo‘llashda aniqlik va ijro bo‘yicha yengillikni mujassam etadi. Bu «Verder» yarim himoyachisidan ortiqcha mehnat talab qilmaydi, raqib darvozabonlari uchun esa haqiqiy dahshat. Yunuzovich ijrosidagi betakror zarbalar «Verder»ni juda ko‘p marta qutqarib qolgan. Biroq avstriyalik futbolchi joriy mavsum kam gol uryapti. Jamoa esa undan-da yomon o‘ynayapti.

Hoqon Chalxanoglu («Bayer», Turkiya)

Bu futbolchi havas qilsa arziydigan iste’dodga ega. U ayniqsa, o‘ng oyog‘i bilan to‘pni o‘ta xavfli darajada burishga qodir. Turk yigiti ijrosidagi har bir zarba alohida e’tiborga loyiq. Germaniyada tug‘ilgan va Turkiya termasida o‘ynashni ma’qul ko‘rgan yarim himoyachi milliy jamoasi safida jarima nuqtasidan atigi 1ta gol urdi, xolos. Lekin o‘smirlik chog‘iyoq «Gamburg»da aql bovar qilmas zarbalari bilan barchani yoqa ushlashga majbur etgandi. «Bayer» tarkibiga qo‘shilgach, bu masalada birdaniga tezlashib ketdi. Xullas, Hoqon oxir-oqibat, jarima zarbalarining buyuk ustasi sifatida gavdalanishi mumkin, axir u hali yosh, zarbalari esa o‘ta xavfli. Demakki, ajoyib «tepki»lardan salmoqli kolleksiya to‘plashga hali ulguradi. Nima derdik, Chalxanogluning eng zo‘r ijrolari oldinda bo‘lsa, ajabmas.

Miralem Pyanich («Yuventus», Bosniya va Gersegovina)

Agar Pyanich xuddi Andrea Pirlo kabi o‘ynash barobarida jarima zarbalari ijrosida tez-tez o‘z mahoratini ishga solsa, «Yuventus» fanatlari uni boshlarida ko‘tarib yurishlari turgan gap. Umuman, Miralem «standart»ning mohir bajaruvchilari orasida yetakchilardan biridir. Deylik, joriy mavsum samaradorlik bo‘yicha 1-o‘rinda bormoqda. Ya’ni bitta gol urish uchun ketgan urinishlari soni bo‘yicha qarasak, shunday. Pyanich tez orada «standart» gollari soni masalasida 20talik dovonni zabt etadi. Albatta, uning Pirloga yetishiga ancha bor. Axir Andrea 28ta qoyilmaqom jarima zarbasi muallifi va «A» seriyasi  rekordchisidir. Lekin Miralem ham yomon emas. Deylik, «Standartlar qiroli» - kimsan Juninyo Pernambukanoning shaxsan o‘zi bosniyalikni jahon bo‘yicha jarima zarbalarining eng kuchli ijrochisi sifatida maqtagandi. Bu masalada braziliyalik bilan tortishish qiyin.

Xullas, Ronaldinyo, Alessandro del Pyero, Ronald Kuman, George Xadji, Sinisha Mixaylovich, Ju-ninyo Pernambukano, Rojerio Seni, Devid Bekxem va Andrea Pirlo kabi jarimachilar tomonidan rivojlantirilgan san’at yo‘qolib ketmasa kerak. Aslida jarima zarbalari masalasida hamma teng huquqli. Har holda, malayziyalik yigitning aynan «standart»dan urgan goli 2016 yildagi eng zo‘ri sifatida tan olingani ayni haqiqat.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:36, 13.02.2017. O'qildi: 16702 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.