Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.11.2025

      05:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      06:05 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      12:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      18:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      02:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      04:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.11.2025

      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 3.
      10:40 Армейский рукопашный бой. Кубок Победы в Москве.
      12:00 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      14:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
      16:40 "Эволюция спорта".
      17:10 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      18:50 "Лица страны". Константин Крылов.
      19:10 LIVE Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап в Санкт-Петербурге. Женщины. Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап в Санкт-Петербурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:55 "Непобедимый".
      21:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Блочный лук. Команды.
      23:00 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира по гонкам на выносливость в Индонезии.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 "Эволюция спорта".
      01:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 2. Вечерняя сессия.
      03:10 "По ступеням пьедестала".
      03:25 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. УНИКС (Казань) - ЦСКА (Москва).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Константин Крылов.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. Денис Лебедев против Роя Джонса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1940 - 1945 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:55 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Спартак" (Кострома) - "Родина" (Москва). Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:25 Смешанные единоборства. UFC 305 в Перте, Австралия. Дрикус Дю Плесcи против Исраэля Адесаньи.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.11.2025

      05:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      06:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      07:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      09:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      12:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      14:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      16:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      16:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      17:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      20:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Женщины, мужчины.
      22:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      00:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      01:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      02:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      03:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Женщины, мужчины.
      04:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maydon.uz blogi. Qahramon Aslanovdan: Luis Enrikening «mozaika»si

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kecha “Barselona” 4:0 hisobida yutishi va bugun biz Messi-yu Suareslarni alqab o‘tirishimiz mumkin edi. Aslida muammo ham shunda — ushbu mavsumda jamoa aslida qanday holatda ekanini bilish qiyin, ajoyib va yomon o‘yinlar doimo almashib turgandek…

Sovrindor murabbiylar ko‘p. Lekin bilasizmi, murabbiyning jamoa sovrinlarida o‘z imzosini qo‘yishi uchun o‘sha paytda o‘sha jamoaning boshqaruvida bo‘lib turgani kifoya qilmaydi. Masalan “Gvardiola Barsasi” deymiz, “Simeone Atletikosi”, “Klopp Borussiyasi” va hokazo. Lekin Yevropa Chempionlar Ligasini yutgan hamma jamoalarga nisbatan bunaqa ta’rif ishlatilmaydi, to‘g‘rimi? “Anchelotti Reali” deganmisiz? “Di Matteo Chelsisi”-chi? Hatto juda ko‘p sovrinlarni yutgan murabbiyga nisbatan ham, ba’zida, avvalgi murabbiyning jamoani o‘ynatyapti, deyiladi. Bunday tasniflashning aniq chegarasi qayerda, buni qaysi formula yordamida aniqlash mumkin? Oxirida birgalikda o‘ylab ko‘ramiz buni.

Bir necha yil oldin rus kommentatorlari David Vilyaning “Barselona”da o‘ynab ketgani yoki keta olmagani haqida tortishib qolishdi. Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasini chempionlikka yetaklab borgan hujumchi “Barselona”da bor potensialini namoyish qila oldimi yoki yo‘qmi? Mavzu shu edi.

Yuriy Rozanov sherigiga savol berdi:

— Ispaniya terma jamoasida Pedro zo‘rmi yoki Vilya?
— Albatta, Vilya.
— “Barselona”da qaysi biri zo‘r?
— Bilmadim.
— Ana.

Javob shu yerda. Mana shu suhbat Pep Gvardiolaning “Barselona”sini ham va ushbu murabbiyning jamoani nega tark etganini ham tushuntirgandek bo‘ladi go‘yo.

Gvardiola o‘z jamoasida tizimli mexanizm quradi. Maydonda futbolchilardan mozaika yaratadi. Mozaikaning har bir bo‘lagi alohida olganda hech narsani anglatmasligi, hech qanday qiymatga ega bo‘lmasligi mumkin, ammo boshqa bo‘laklar bilan san’at asariga aylanadi. Futbolchilarning iqtidori bir-biriga qo‘shilib jamlanmaydi, ko‘paytiriladi. Pedro Ispaniya terma jamoasida oddiy futbolchi, “Barselona”da yulduz, Vilya esa teskarisi edi. Har qanday futbolchining “Barselona” mexanizmining bir qismiga aylanishi eng muhim jihat edi, uning individual iqtidoridan ko‘ra. Shuning uchun Buskets “Barselona” g‘oyasida dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi xolos, Parijda Matyudi undan foydaliroq menimcha.

Gvardiola klubda yana bir necha yil qolishi, jamoani yangilashi, kerakli nuqtalarga futbol yulduzlarini sotib olib, jamoani o‘sha cho‘qqida saqlab qolishi mumkin edi, ammo u ketdi. Chunki u o‘z mexanizmining ishlash prinsiplarini juda yaxshi bilardi — muvaffaqiyat kaliti futbol yulduzlarini sotib olishda emasdi. Chiroyli, naqshli bir bo‘lakni sotib olishdan ko‘ra, mozaikaga aynan kerakli bo‘lgan shakl lozim bo‘lgan. Gvardiola atrofga qarab, axtarib, balki aynan o‘sha shaklni topa olmagandi. Kuenkaning Pedroga, Alkantaraning Xaviga aylanishi sodir bo‘lmagach, Gvardiolada ketishdan boshqa yo‘l qolmagan edi. U jamoadan ketish orqali “Gvardiola Barsasi”ning imzosini, yuzini saqlab qolgandi, nazarimda.

Luis Enrike boshqacha murabbiylar sirasiga kiradi. U o‘zidan taktik geniy yasashga harakat qilmadi. Dastlabki yillarda hammasini to‘g‘ri qildi. Luis Suares fanomeni “Barselona”ni qaytadan jonlantirdi, MSN “Barselona”ning yangi yuzi va yangi g‘oyasiga aylandi. Bu o‘z natijasini berdi.

Ammo yashashda davom etish uchun qilingan transfer o‘yinlarini Enrike o‘ynolmadi. Transfer siyosati aynan Enrikega mos yo‘nalishda harakatlanmadi. Murabbiy iqtidorli futbolchilar bilan “Selta” yoki “Roma”ni kuchga aylantirishi mumkin, ammo gap “Barselona” haqida borganda, vaziyat o‘zgaradi.

Enrikening murabbiylik iqtidori “Barselona” darajasidagi top-yulduzlarni tarbiyalashga qodir emasdi. Rakitich, Turon, Gomesh, Denis Suares, Aleshi Vidal, Umtiti, Din, Matyo, Alkaser — bularning hammasi ajoyib futbolchilar, to‘g‘ri, lekin savol beraman: ularning birortasi Enrike qo‘l ostida “Barselona” darajasiga chiqa olishdimi? Boshqacha aytganda, bu futbolchilar avvalgi klublarda ko‘rsatgan o‘yinlari darajasidan bir pog‘ona yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olishmoqdami? Menimcha, yo‘q.

Bu transferlarning birortasini omadsiz deb bo‘lmaydi. Har biri yaxshi potensialga ega va kerak bo‘lganda jamoaga yordam bera olishi ko‘rinib turibdi. Ammo bu futbolchilardan mozaika yaratib, iqtidorlarni bir-biriga ko‘paytirib (qo‘shib emas), Yevropada yangi kuch yarala olishiga ishonish qiyin. Bu futbolchilarning hammasi MSNning o‘yiniga, ularning qay darajada to‘p surishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun ham “Barselona” muxlislari hali ham Inyestadan nimadir kutadilar, jamoani Busketssiz tasavvur qila olmaydilar.

Gvardiola Vilyaning transferi orqali “Barselona” qay darajada butun mozaikaga aylanib qolganini va chetdan yangi shakl qo‘shish juda qiyin bo‘lishini seza olgan va o‘z vaqtida jamoani tark etgan bo‘lsa, Enrike MSNga shunchalik ishonib qoldiki, go‘yoki, yuqorida tilga olingan chala yulduzlar yordamida o‘z mozaikasini qurmoqchi bo‘ldi, natijada bir vaqtning o‘zida ikki quyonning ketidan quvishga to‘g‘ri keldi.

Gvardiola jamoani qo‘lga olgan kuniyoq, yaratmoqchi bo‘lgan kartinasi haqida tasavvurga ega bo‘lgan, qo‘rqmasdan bir qancha yulduzlardan voz kechgan, yosh murvatlarga ishonch bildirgan va shu yo‘nalishda davom etgan. Enrike esa, o‘sha kartina haqida aniq tasavvurga ega emasdek, u o‘z asarini maydonda, amaliyot yordamida yaratishga harakat qilgandek…

Natijada turli o‘yinlarda turlicha eksperimentlar, izlanishlar amalga oshirilar, qizig‘i, eng muhim o‘yinlarda o‘sha eksperimentlardagi bog‘lamlarga tayanilmas va yana o‘sha Inyesta-Busketsga ishonilaverdi. Boshqa variantlar faqat oddiyroq o‘yinlarda sinab ko‘rildi, balki ba’zida MSNning saviyasi muammolarni yopib turdi, lekin muhim o‘yinlarda o‘sha yo‘nalish davom ettirilmadi. Bu izlanishlar shunchaki Enrikega rotasiya o‘laroq foyda berdi xolos. Yarim himoyadagi izlanishlar natijasida muntazamlikning yo‘qligi, ilk mavsumdagi Buskets-Inyesta-Rakitich bog‘lamiga putur yetkazdi. Turli sabablar natijasida har uch futbolchi ham optimal sport formasida bo‘la olmadilar.

Bu holatda eng yaxshi yo‘l “Barselona” darajasidagi top yulduzlarni sotib olish edi, tamom. Yarim himoyaga Pogba, Koutinyo, Modrich, Remzi, De Bryuyne darajasidagi yaratuvchi va tayyor yulduzni sotib olish orqali Enrike bemalol “Barselona”ni o‘tgan yillardagi saviyada ushlab tura olardi.

Eng birinchi abzasdagi savol haqida o‘ylab ko‘raylik. Qachonki murabbiy jamoaga o‘z o‘yinchilarini olib kelsa, transferlar yoki yoshlar jamoasidan qo‘shilgan bir yoki bir necha futbolchilar o‘sha jamoaning muhim yulduziga aylana olishsagina, murabbiy o‘sha jamoaga to‘liq o‘z nomini berish mumkin. Enrike MSNdek buyuk uchlikni tashkil qilgan nom sifatida tarixda qolishi aniq, ammo bugungi “Barselona”ga uning nomini berishimiz uchun Enrike jamoaga o‘z imzosiga ega bo‘lgan boshqa yulduzlarni ham olib kelishi yoki tarbiyalashi lozim bo‘lardi.

Balki aynan shuning uchun Enrike o‘z vazifasini qiyinlashtirgandir. Jamoa yutuqlarida  Messi, Suares, Neymar kabi bir shaxs sifatida hissador bo‘lishni istamagandir, uning yorqin futbolchilik davri chetga chiqishga, “delboskelik” qilishga to‘sqin bo‘lgandir (axir eslang, Enrike dastlabki mavsumda ham hozirgi yo‘nalishda ish olib bormoqchi bo‘lgan, ammo natija bermay, endi hammasi barbod bo‘layotgan, iste’fo deyarli qutulib bo‘lmas voqeaga aylanayotganda, soyaga o‘tgan, natijada MSN bor kuchi bilan namoyon bo‘lib, mavsum qutqarilib qolingandi).

Xullas, Enrikening o‘z-o‘zining “barselona”sini yaratish rejasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Menimcha, Luis Enrike uchun bu mavsum jamoadagi oxirgisi bo‘ladi. Jamoa “Kamp Nou”da Parijni 5:0 yutishi mumkin, o‘shanda ham bu Enrikening ajoyib rejasi va taktikasi sabab emas, MSNning fantastik o‘yini natijasidagina sodir bo‘lishi mumkinligini hamma bilib turibdi. O‘tgan uch yil “Barselona” tarixida eng ko‘p sovrin yutilgan davrlardan biri bo‘lsa-da, oradan yillar o‘tib, “Enrike jamoasi” degan ta’rif ishlatilmaydi. Sababi haqida gaplashdik.

Qahramon Aslanov, maydon.uz

Kiritildi: 13:13, 15.02.2017. O'qildi: 10196 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.