Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan "Paxtakor" bugun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Rossiya premyer-ligasining ishtirokchisi bo‘lgan Tulaning "Arsenal" klubiga qarshi o‘tgan bahsda hisob ochilmadi. Bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
- Natija adolatli. «Arsenal» tashabbusga ega bo‘ldi, biz ham faqat himoyada o‘ynaganimiz yo‘q. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Ta’kidlash lozimki, bizning jamoa Rossiya chempionati klublaridan kuchsizroq. Bundan oldingi o‘rtoqlik uchrashuvida «Krilya Sovetov»ga yutqazib qo‘ygandik (0:1). «Arsenal»ga chempionatda omad tilayman!
«Arsenal Tula» - «Paxtakor» 0:0«Arsenal Tula»: Gabulov, Ivanov, Sunzu, Vergara, Xagush, Belyayev, Bourchanu, Gorbatenko, Burmistrov (k), Aleksandrov, Rasich.
«Paxtakor»: Lobanov, Hoshimov, Ismatullayev, Oraxovas, Andreev, Alijonov, O‘runov, A.Ahmedov, Karimov, Iskanderov, Sergeev.
Zaxiradan tushganlar: Yusupov, Hakimov, Nurullayev,
Chetlatish: Sherzod Karimov 47