Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • 3:0
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • 1:1
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Inter
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • 0:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

31/12/25 Byornli - Nyukasl
31/12/25 Chelsi - Bornmut
31/12/25 Nottingem Forest - Everton
31/12/25 Vest Xem - Brayton
31/12/25 Arsenal - Aston Villa
31/12/25 Man. Yunayted - Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

12 sovrindor, 75ta medal, 24ta kubok

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mana, kun o‘tgani sayin oliy liga-2017 starti yaqinlashmoqda. Hisob bo‘yicha 26-milliy chempionatimiz bizga nimalarni taqdim etishi - vaqt hukmidagi masala. Hozirgi holat bo‘yicha taxmin qilsak, joriy yil yakuniga borib ham, O‘zbekiston chempionati sovrindor jamoalari soni oshmasa kerak. Fahmlagandirsiz, bugun oliy liga tarixidagi medallar taqsimotiga doir statistikani havola etmoqchimiz. Zero, 25 mavsum ortda qoldi va barchasini birdaniga eslash ancha qiyin. Shunday ekan, sovrindorlarni yaxlit jadvalda keltirish statistika ixlosmandlari ko‘nglidagi ish bo‘lsa kerak. Ha-ya, medal sohiblari barobarida milliy kubok egalariga ham to‘xtalish maqsadga muvofiq.

«Oltin» jamoa - «Paxtakor»

Chempionlik masalasidagi statistika ancha ixcham. Zero, 25ta mavsumda atigi 7ta jamoa oltin medal yutgan. Bular - «Paxtakor», «Neftchi», «Bun-yodkor», «Do‘stlik», «Nav-bahor», MHSK va «Lokomotiv». «Sherlar» bu borada hali uzoq yetakchilik qilishsa kerak. Har holda, ularning hisobida 11ta oltin medal bor va bu eng yaqin ta’qibchilarnikidan naq 6ta ko‘pdir.

FAKT. «Paxtakor» 2002-2007 yillar oralig‘ida 1-o‘rinni hech kimga bo‘shatmagan va ketma-ket chempion bo‘lish rekordini 6 mavsumga yetkazib qo‘ygan. Qolgan chempionlarda oltin medallarning jami soni ham shuncha emas. To‘g‘ri, «Neftchi»ning qatorasiga 4 marta shohsupaga ko‘tarilganini ham aytish joiz (ikkinchi yaxshi ko‘rsatkich).

«Kumush» jamoa - «Neftchi»

Farg‘ona jamoasi medallarning umumiy soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bormoqda garchi anchadan buyon sovrindorlar qatoriga kirolmayotgan bo‘lsada. «Neftchi» hisobidagi jami 15ta medaldan naq 9tasi aynan ikkinchi probalidir. Umuman olganda, oliy liga kumush medali shu kunga qadar 8ta jamoaga nasib etgan - «Neftchi»dan tashqari, «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Buxoro», MHSK, «Nasaf» va «Mash’al». Demak, «oltin» egalaridan faqat «Navbahor» va «Do‘stlik» hisobida ikkinchi probali medal yo‘q.

FAKT. Oxirgi marta 2006 yili 2-o‘rindan joy olgan «Neftchi» kolleksiyasidagi kumush medallar chempionat tarixidagi jami ikkinchi probali sovrinning naq 37,5 foiziga tengdir. Ketma-ket «kumush» olish bobida ham aynan Farg‘ona klubi rekordchi sanaladi. «Neftchi» Yuriy Sarkisyan boshqaruvida qatorasiga 5 marta (1996-2000 yillar) 2-o‘rinni egallagan. Yana bir e’tiborli natija: farg‘onaliklar ilk mavsumdan to 2004 yilgacha turnir jadvalida ikkinchi qatordan past-ga tushishmagan.

«Bronza» jamoa - «Nasaf»

Uchinchi probali medal egalari 9ta. Lekin jami 25ta medaldan 18tasi 2ta jamoa mulkiga aylangan. Bu borada «Nasaf» oldinda - qarshiliklar 10 marta finishga uchinchi bo‘lib yetib kelishgan. «Nasaf»ning bu yurishi yangi asrdan keyin boshlanganini ham aytish joiz. «Navbahor» esa o‘z hisobidagi 8ta «bronza»ni 2004 yilgacha yig‘ishtirgan. Demak, bronza medali sohiblari: «Nasaf», «Navbahor», «Lokomotiv», «Paxtakor», «Neft-chi», «So‘g‘diyona», MHSK, «Qizil- qum» va «Mash’al».

FAKT. Hali-hamon chempionlik baxtidan bebahra qolayotgan «Nasaf» ketma-ket ravishda 4 marta bronza medali yutgani bilan maqtanishi mumkin. «Navbahor»da esa «bronza» seriyasi 3 mavsumga teng. Namanganliklar bunday natijani 2 marta qayd etishgan. Mavjud 25ta «bronza»dan 18tasi shu ikki klubga tegishli ekanligi yuqorida ta’kidlandi. Buni foiz hisobida keltirsak, 72 (!) raqami kelib chiqadi.

Kubok jamoasi – yana «Paxtakor»

«Paxtakorchilar» billur sovrin yutishda ham mutlaq yetakchilar. Jamoa 13 marta finalga chiqib, ulardan 11tasida kubokni o‘ziga bo‘ysindirgan. Yurtimizda kubok musobaqasi 24 marta o‘tkazilgan bo‘lsa, ularda g‘olib chiqqan jamoalar soni chempionlarniki bilan teng - 7ta. Lekin chempionlar va kubok egalari tarkibi bir xil emas. Ya’ni chempionlardan birgina MHSK kubok olmagan va uning o‘rnida «Nasaf» gavdalanadi.

FAKT. 2001-2007 yillar oralig‘ida billur sovrin «Paxtakor»dan ortgan emas. Boshqacha aytsak, naq 7 mavsumga cho‘zilgan ushbu seriya futbolimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Ya’ni «Paxtakor»dan boshqa birorta jamoa qatorasiga 7 marta bitta sovringa ega chiqmagan.

O‘zbekiston chempionati va kubogining barcha sovrindorlari

Yil Chempion 2-o‘rin sohibi 3-o‘rin sohibi Kubok sohibi (mavsum)

1992 «Paxtakor»  «So‘g‘diyona» «Navbahor»  «Neftchi» 

1993 «Neftchi»  «Paxtakor» «Navbahor»  «Paxtakor» (

1994 «Neftchi»  «Nurafshon»|«Navbahor» «Neftchi» «Buxoro» 

1995 «Neftchi» MHSK «Navbahor»  «Navbahor» 

1996 «Navbahor» «Neftchi» MHSK «Neftchi» 

1997 MHSK  «Neftchi» «Navbahor»  «Paxtakor» 

1998 «Paxtakor»  «Neftchi»  «Navbahor» «Navbahor»

1999 «Do‘stlik»  «Neftchi»  «Navbahor»         -

2000 «Do‘stlik»  «Neftchi» «Nasaf»  «Do‘stlik» 

2001 «Neftchi»  «Paxtakor»  «Nasaf»  «Paxtakor» 

2002 «Paxtakor»  «Neftchi»  «Qizilqum»  «Paxtakor» 

2003 «Paxtakor»  «Neftchi»  «Navbahor»  «Paxtakor» 

2004 «Paxtakor»  «Neftchi»  «Navbahor»  «Paxtakor» 

2005 «Paxtakor» «Mash’al»  «Nasaf»  «Paxtakor» 

2006 «Paxtakor» «Neftchi» «Nasaf»  «Paxtakor» 

2007 «Paxtakor»  «Quruvchi»|«Mash’al» «Paxtakor» «Bunyodkor» 

2008 «Bunyodkor» «Paxtakor»  «Neftchi»  «Bunyodkor» 

2009 «Bunyodkor»  «Paxtakor»  «Nasaf»  «Paxtakor» 

2010 «Bunyodkor»  «Paxtakor»  «Nasaf»  «Bunyodkor» 

2011 «Bunyodkor»  «Nasaf»  «Paxtakor» «Paxtakor» 

2012 «Paxtakor» «Bunyodkor» «Lokomotiv»  «Bunyodkor» 

2013 «Bunyodkor»  «Lokomotiv»  «Nasaf» «Bunyodkor» 

2014 «Paxtakor»  «Lokomotiv»  «Nasaf»  «Lokomotiv» 

2015 «Paxtakor» «Lokomotiv»  «Nasaf» «Nasaf» 

2016 «Lokomotiv»  «Bunyodkor»  «Nasaf»  «Lokomotiv» 

Izoh: ilk mavsumda «Neftchi» va «Paxtakor» jamoalari teng miqdorda ochko to‘plashgan va ikkisiga ham chempionlik maqomi berilgan, natijada kumush medal egasiz qolgan.

Sovrindorlarning umumiy jadvali

T|r. Klub            «Oltin»     «Kumush»   «Bronza»   Kubok     Jami:

1. «Paxtakor»           11             5                1            11          28

2. «Neftchi»              5               9                1             2           17

3. «Bunyodkor»           5               3                -              4           12

4. «Do‘stlik               2                -                -              1           3

5. «Lokomotiv»         1               3                 1             2           7  

6. MHSK                    1               1                 1            -             3

7. «Navbahor»           1               -                 8             3            12

8. «Nasaf»                -               1                10            1            12

9. «Mash’al»             -               1                 1              -             2

10. «Buxoro»            -                1                 -              -             1

11-12. «So‘g‘diyona»    -                -                 1              -             1

11-12. «Qizilqum»    -               -                  1              -             1

Jami:                      26            24                25             24           99

*** Xullas, jami 99ta sovrin (75ta medal va 24ta kubok 12ta jamoa mulkiga aylangan.

*** Atigi 3ta jamoa - «Paxtakor», Neftchi» va «Lokomotiv»da 4ta turdagi sovrin ham mavjud.

*** Agar ozgina ijodga erk berib, chempionlikni 10, kubokni 5, 2-o‘rinni 3 va 3-o‘rinni 1 ochko bilan baholasak, quyidagi tartib yuzaga keladi: «Paxtakor» - 181 ochko; «Neftchi» - 88; «Bunyodkor» - 79; «Navbahor» - 33; «Lokomotiv» - 30; «Nasaf» - 18; «Do‘stlik» - 15; MHSK - 14; «Mash’al» - 4; «Buxoro» - 3; «So‘g‘diyona» -1; «Qizilqum» -1.

A.AHMEDOV

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:05, 23.02.2017. O'qildi: 9870 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.