Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • AFC U-23
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • 1:2
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • 0:0
      • Xitoy
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • -:-
      • BAA
  • «A» Seriya
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 0:0
      • Parma
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • 1:0
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • -:-
      • Bolonya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 19 40
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ketmoqchi-yu, ketmadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Nafaqat Fransiya chempionati, balki dunyoning ko‘zga ko‘ringan hujumchilaridan biri bo‘lgan Aleksandr Lakazett mana ikki yildirki, «Lion»dan ketish niyatida. Shu davr ichida u bir qator risoladagidek takliflar olgan bo‘lsada, Lionni tark etmadi. Quyidagi maqola fransiyalik to‘purarni qo‘lga kiritolmagan jamoalar haqida.

«PSJ» (Parij, Fransiya)

Qachon xaridor bo‘lgan: 2015 yil

Taklif bahosi: 45 mln. yevro

Moliyaviy «feyr-pley» qoidalariga amal qilmaganligi uchun transfer mavsumlaridan chetlatilgan «PSJ» jazo muddati tugashi hamono bozor sari otlandi. 2015 yil yoz oylarida jamoa tarkibni bir qator o‘yinchilar, jumladan, hujumkor futbolchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirgandi. Parijliklar Pol Pogba va Aleksandr Lakazett­ni nishonga olgandilar. O‘sha paytda ulardan ko‘ra jiddiyroq muammoga duch kelgan «MYU» aynan shu futbolchilarni ko‘z ostiga olib qo‘ygandi. Har ikki xaridor ham Lakazett uchun 30 mln. yevro taklif etishdi. Ammo bu narx «Lion»ni qoniqtirmadi. «MYU»dan farqli o‘laroq, «PSJ» Liga 1ning eng yaxshi to‘purarini qo‘lga kiritish rejasidan voz kechmay, muzokarani davom ettirdi. Prezidentlarning o‘zaro uchrashuvida tomonlar bir to‘xtamga kelishdi - parijliklar Lakazett uchun 45 mln. yevrodan voz kechadilar, lekin hujumchi yana bir mavsum «Lion»da to‘p surganidan keyin yangi jamoasiga yo‘l oladi.

Buni qarangki, deyarli naqddek ko‘ringan kelishuv ham amalga oshmadi - so‘nggi pallada «Lion» sohibi Jan-Mishel Oles lafzidan qaytib, bunday sermahsul hujumchi uchun 50 mln. ham kam ekanini ma’lum qildi. Oxir-oqibat, «PSJ» «MYU» vakili Anxel Di Mariyani safiga qo‘shib oldi.

«Arsenal» (London, Angliya)

Qachon xaridor bo‘lgan: 2016 yil

Taklif bahosi: 40 mln. yevro

Keyinchalik Arsen Venger Lakazettni o‘z jamoasiga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi. Ma’lumki fransiyalik mutaxassis o‘z yurtidagi ko‘plab iqtidor sohiblariga katta futbol eshiklarini ochishi bilan dong taratgan. Mahsuldorligi avvalgi mavsumga qaraganda biroz pasayib qolgan hujumchi esa Fransiyani tezroq tark etish payiga tushib qoldi. Rejani tezroq amalga oshirish maqsadida Londonga yo‘l olish haqidagi xabarni «Tvitter» orqali ma’lum qildi. Shuningdek, futbolchining Arsen Venger bilan uchrashgani to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ldi. Aleksandrning «Lion»dagi shartnoma muddatini uzaytirishdan bosh tortganligi mish-mishlarning bejiz emasligini isbotlayotgandek edi. Nima bo‘lganda ham, jamoa roziligisiz 2019 yilning yozigacha «Lion»dan ketolmasdi. «Arsenal» esa uni qo‘yib yuborishlari uchun «sherlar»ga 40 mln. yevroni hozirlab qo‘ygandi. Biroq «Lion»dan rad javobi berildi. Bu safar bosh murabbiy Yuber Furnye mutasaddilar fikrini bayon etdi: «Baho 50-60 millionga ko‘tarilmaguncha Lakazett «Lion»dan hech qayerga ketmaydi!». Narx esa oshmadi.

«Atletiko» (Madrid, Ispaniya)

Qachon xaridor bo‘lgan: 2015 va 2016 yillar

Taklif bahosi: 40 mln. yevro

Fransiya va Angliya grandlari taklifini rad etgan hujumchini Diyego Simeone ikki marta Madridga olib kelishga urinib ko‘rdi. Avvaliga murabbiy Lakazettni Mario Manjukich o‘rniga mo‘ljalladi, keyin Diyego Kos­taning «Chelsi»dan qaytishi ustida bosh qotirdi. Bu reja ham amalga oshmagach, Simeone yana Aleksandrni qo‘lga kiritishga harakat qildi. Barcha urinishlar zoye ketdi - murabbiy «hindular» bilan sezilarli siljishga erishgan bo‘lsada, «PSJ» va «Arsenal»dek grandlar uddalay olmagan ishni ro‘yobga chiqarishga «Atletiko» ham ojizlik qildi. Boz ustiga, madridliklar hujumchiga kamtarona ish haqi taklif etishgandi. Barchaga rad javobini bergan fransuz yana «Lion»­da qoldi.

«Vest Xem» (London, Angliya)

Qachon xaridor bo‘lgan: 2016 yil

Taklif bahosi: 70 mln. yevro

Londonning bu jamoasi «top»lar toifasidan emas. Lekin yuksak mahorat sohibini safga qo‘shib olish uchun har qanday xarajatga tayyor ekanligi Angliya chempionatining moliyaviy qudratini yaqqol namoyish etdi. Lakazett­ning roziligini olishga «bolg‘alar» o‘tgan yilning bahorida kirishdilar. Avvaliga atigi 30 mln. taklif etildi. Bu da’vogarlar orasidagi eng past baho edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ana shu «atigi 30 «limon» «Vest Xem» uchun rekord darajadagi transfer bo‘lardi. Fransuzlarni esa bu holat umuman qiziqtirmasdi.

Rekord transferning ularga qanday aloqasi bo‘lishi mumkin? Xullas, «Lion» taklifni rad etib, muzokara davom etishi bahoning sezilarli darajada oshirilishi bilan bog‘liq ekaniga sha’ma qildi. Shundan so‘ng ko‘pchilik «Vest Xem»ning kurashni to‘xtatishini taxmin qilishdi. «Bolg‘alar» savdoni yanada qizdirib, iyun oyida «Lion»ga 52 mln. yevro taklif etishdi. Fransiyadan kelgan navbatdagi rad javobi londonliklarni qattiq ranjitdi. Slaven Bilich Lakazett nomini hech qachon tilga olmaslikka ont ichib, argentinalik Jonatan Kalyerini jamoaga qo‘shib oldi. Shu bilan birinchi divizion to‘purari hamda «Vest Xem» o‘rtasidagi qissa yakuniga yetgandek edi. Biroq yanvar oyida «Lion» prezidenti Londondan qiymati 70 mln.ga teng bo‘lgan taklif olib, yana rad javobi berganini ma’lum qildi.

Aftidan, Aleksandr Lakazett - «Lion»ning tengi yo‘q o‘yinchisi. Har qanday «sher» ham qachondir keksalikni tan olishi aniq. Qolaversa, hujumchining amaldagi shartnomasi tobora yakuniga yaqinlashmoqda. U esa o‘z mahoratini boshqa jamoada sinab ko‘rish orzusidan voz kecholmayapti. Qani ko‘raylik-chi, voqealar rivoji qanday davom etarkin?

«Bolg‘alar» savdoni yanada qizdirib, iyun oyida «Lion»ga 52 mln. yevro taklif etishdi. Fransiya­dan kelgan navbatdagi rad javobi londonliklarni qattiq ranjitdi. Slaven Bilich Lakazett nomini hech qachon tilga olmaslikka ont ichib, argentinalik Jonatan Kalyerini jamoaga qo‘shib oldi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:27, 25.02.2017. O'qildi: 6519 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.