Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alessandro Florensi: «Oilam eng katta yutug‘im»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Roma» klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Alessandro Florensi FIFA 1904 nashriga intervyu berdi. Jarohat tufayli maydonga tusha olmayotgan futbolchi «Skuadra adzurra»ning JCH-2018 saralash bahslaridagi, «Roma»ning esa Italiya «A» seriyasidagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

— Alessandro, maydonga qachon qaytasiz?

— Tizzam asta-sekin tuzalib bormoqda. Vrachlarning aytishlaricha, hammasi joyida ekan. Endilikda tizzamning qanchalik «nagruzka»ni ko‘tarishini sinab ko‘ramiz.

— Siz uchun «Roma» qanday ahamiyat kasb etadi?

— Klub - ikkinchi oilam va uyim. Bolaligimda ham qachonlardir «Roma» libosida maydonga tushishni orzu qilganman. Niyatim amalga oshishi uchun esa barchasini qildim. Hozir bundan faxrlanaman.

— Franchesko Totti mavsum tugagach, faoliyatini yakunlashi mumkin. Shundan so‘ng sardorlik bog‘ichi sizga o‘tadimi?

— Kim biladi deysiz? Balki Franchesko o‘ynashda davom etar. Ayni payt vise-sardor Daniele De Rossi ekanligini unutmang. U ajoyib ishlarni amalga oshirib, haqiqiy yetakchiga aylangan.

— «Roma» 16 yillik tanaffusdan so‘ng skudettoni qo‘lga kiritishi mumkinmi?

— Albatta, bosh sovrinni «Yuventus»dan olib qo‘yish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Shu o‘rinda aytish joiz, jamoamiz kun sayin kuchayib bormoqda.

— Hozir Rimda istiqomat qilasizmi?

— Ha. Lekin markazda emas, shahar tashqarisida yashayman. Rim — mo‘’jizaviy shahar, mening uyim. Bu yerda har doim nimadir ro‘y beradi. Shaharda hamma narsa bor: tarix, madaniyat, sport.

— Nima deb o‘ylaysiz, «A» seriyasi boshqa chempionatlardan nimasi bilan farq qiladi?

— Ligamiz ishonchli tarzda avvalgi o‘rniga qaytishda davom etmoqda. Menimcha, butun Italiya, bu yerdagi klublar shuning uchun mehnat qilishmoqda. To‘g‘ri, hozir «A» seriya saviya borasida Angliya premyer-ligasiga tenglasholmaydi. Lekin yaqin orada jahonning eng kuchli birinchiliklari bilan raqobatlasha olamiz. Top-futbolchilar yana Italiya klublari bilan shartnomalar imzolashmoqda. Buning o‘zi ham ko‘p narsani anglatadi.

— Italiya terma jamoasi yana kuchlilar qatoriga kira oladimi?

— Bunga shubha bo‘lishi mumkin emas. Tarkibimizda tajribali futbolchilar bilan birga yosh iqtidorlar ham bor. Jamoaning yangi ustozi Jampyero Ventura yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz uchun mehnat qilmoqda. U taktik jihatdan ancha kuchli mutaxassis.

— Arrigo Sakkining «Italiya futboli o‘ta konservativ va eskirgan», degan fikrlariga qo‘shilasizmi?

— Eskirgan degan fikrga qo‘shilmaymanu, lekin taktika haqida gapiradigan bo‘lsak, italyan futboli shubhasiz konservativ.

— 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati haqida nima deysiz?

— Har bir futbolchi o‘z terma jamoasining yirik turnirda ishtirok etishini istaydi. Yevropa chempionatida Italiya yomon o‘ynamadi. JCH-2018 saralash bahslarida ham yaxshi harakat qilmoqda. Lekin meni shaxsan qachon oyoqqa turishim qiziqtiradi. Avvaliga jarohatimni bartaraf etay, keyin mundial borasida bosh qotiraman.

— Antonio Konte yana italiyalik murabbiylarga e’tibor qaratishlariga sabab bo‘ldi. Uning o‘yin uslubi sizga yoqadimi?

— Juda ham. «Chelsi»da uning ishlari yurishayotgani men uchun yangilik emas. Konte juda ko‘p ishlaydi. Antonioning uslubi Angliyada natija berayotganidan xursandman. Aynan u tufayli Italiya futboli oldinga bir qadam tashladi. Yevroda ham yaxshi o‘yin namoyish qilganimiz uning xizmatlaridir. Antonioni juda hurmat qilaman.

— Futbolchi sifatida yana nimani istardingiz?

— «A» seriyada o‘ynashni boshlaganimdanoq istaklarim amalga oshdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo yana bir-ikkita sovrin yutsam, kamlik qilmasdi.

— Yozda qiz farzandli bo‘ldingiz. U hayotingizni qanchalik o‘zgartirib yubordi?

— Bo‘lajak rafiqamni uchratgan va qizim tug‘ilgan kunlar hayotimdagi eng yaxshilaridir. Otalik mas’uliyati muhim va o‘zgacha. Turmush o‘rtog‘im, qizim va oilam eng katta yutug‘imdir. Umid qilamanki, ular uchun ham shunday. Ishonmasligingiz mumkin, jarohat tufayli ko‘proq vaqtimni qizalog‘im Penelopa bilan o‘tkazdim.

— Siz ham «Roma»da 40 yoshgacha o‘ynamoqchimisiz?

— (kuladi) Bilmadim. Yashasak ko‘raveramiz. Lekin butun oilasi «Roma»ga muxlislik qiladigan futbolchi uchun bu jamoa safida o‘ynash katta sharaf.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:59, 25.02.2017. O'qildi: 3277 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик