Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • 1:3
      • Milan
      • 17.01.2026 00:45
      • Piza
      • 1:1
      • Atalanta
      • 17.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Inter
      • 17.01.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Sassuolo
      • 18.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.01.2026 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Jenoa
      • 18.01.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Fiorentina
      • 18.01.2026 22:00
      • Torino
      • -:-
      • Roma
  • AFC U-23
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 1:1
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • 3:2
      • BAA
      • 17.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Xitoy
      • 17.01.2026 20:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Janubiy Koreya
  • La-liga
      • 17.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • 0:2
      • Jirona
      • 17.01.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Levante
      • 17.01.2026 20:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 17.01.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 18.01.2026 01:00
      • Betis
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 18.01.2026 18:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Valensiya
      • 18.01.2026 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Alaves
      • 18.01.2026 22:30
      • Selta
      • -:-
      • Rayo Valyekano
  • APL
      • 17.01.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.01.2026 20:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Brentford
      • 17.01.2026 20:00
      • Lids
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.01.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Byornli
      • 17.01.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 17.01.2026 22:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Arsenal
      • 18.01.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Nyukasl
      • 18.01.2026 21:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Everton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 20 43
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 20 34
7 Atalanta 21 32
8 Bolonya 20 30
9 Lasio 20 28
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 21 14
20 Verona 20 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Piza 1-1 Atalanta

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Udineze - Inter
17/01/26 Napoli - Sassuolo
18/01/26 Kalyari - Yuventus
18/01/26 Parma - Jenoa
18/01/26 Bolonya - Fiorentina
18/01/26 Torino - Roma
19/01/26 Milan - Lechche
19/01/26 Cremonese - Verona
20/01/26 Lasio - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kumirlarning kumirlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hozirgi kungacha afsona darajasiga chiqib olgan futbolchilar ham yoshlik chog‘larida kimlargadir havas qilib, to‘p bilan oshno tutingan. Jumladan, o‘xshashi yo‘q zarbalari, chiroyli gollari hamda burro tili bilan tanilgan shvesiyalik forvard Zlatan Ibragimovich kuni kecha yoshligini yana esga olib, braziliyalik Ronaldo haqida bir qancha maqtovli fikrlar bildirdi. «Soccer.ru» esa bundan ilhomlanib, darrov «kumirlarning kumirlari»dan ajoyib ramziy terma jamoa tuzdi.

Darvozabon

Tomas N~Kono (Kamerun) - Janluiji Buffonning kumiri

Ma’lumki, hozirgi davrning eng yaxshi golkiperlaridan biri Tibo Kurtua Iker Kasilyasning chinakam muxlisi hisoblanadi. Yana bir mahoratli posbon David De Xea esa Janluiji Buffonning o‘yinlariga shaydo. Eng qizig‘i, hatto Mario Mandjukich ham hujumchi bo‘lishiga qaramay, Buffonni o‘z kumiri hisoblardi. O‘z navbatida, Kasilyas daniyalik afsona - Peter Shmeyxeldan ilhom olgan. Jiji esa kamerunlik Tomas N`Kono tufayli futbolga, darvozabonlik kasbiga mehr qo‘ygan. Yodingizda bo‘lsa, kamerunlik kiper Valeriy Nepomnyashiy ustozligida JCH-1990ning chorak finaligacha yetib borgandi. Xullas, agar N~Kono bo‘lmaganida, Buffon shunchalik obro‘-e’tibor qozona olmasdi. O‘ylaysizki, bu - hazil- a?! Aslo bunday emas. Negaki, Jiji kumiri sharafiga o‘g‘liga ham Tomas deb ism qo‘ygan.

 

Himoyachilar

Michel Salgado (Ispaniya) - Dani Karvaxalning kumiri

«Real»ning qanot himoyachisi Dani Karvaxal 10 yashar chog‘ida «Qirollik klubi» akademiyasida mashg‘ulotlarga kirishgan. Futbolchining aytishicha, u o‘sha paytlardayoq Michel Salgado kabi, himoyaning o‘ng qanotida o‘ynashga ahd qilib qo‘ygan ekan. «Michel Salgado bolaligimdanoq mening kumirim bo‘lgan. Menga uning kuchliligi, har bir to‘p uchun kurashishi juda yoqardi va maydonda xuddi unga o‘xshab o‘ynashni orzu qilardim. Birgina farq shuki, men hujumlarga nisbatan ko‘proq qo‘shilaman», - deydi Daniel.

Ronald Kuman (Gollandiya) - Jerar Pikening kumiri

«Barsa» tarkibidagi eng jo‘shqin va qiziqqon futbolchilardan biri tabiiyki, shu jamoaning sobiq a’zolariga havas ruhida o‘sgan. Aslini olganda, Jerar ikkita futbolchining muxlisi: gollandiyalik Kuman Pikega o‘yin borasida namuna bo‘lgan. Bolgariyalik Stoichkov esa o‘yinchilik vaqtida ham, hozir ham «Barsa»ning «notiq»laridan biri bo‘lib, doimo antimadrid ruhida yuradi. Ana endi o‘xshashlikni sezgandirsiz?

Chiro Ferrara (Italiya) - Fabio Kannavaroning kumiri

Jahon chempioni bo‘lgan, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan futbolchining kumiri haqida alohida to‘xtalmaslik - ayb, bizningcha. Xullas, Fabio Neapolda tug‘ilib-o‘sgan har bir bolakay kabi, «Napoli»ga muxlislik qilar, uni ayniqsa, himoyachi Chiro Ferrarining harakatlari juda hayratlantirardi. Kannavaro o‘smirlik davriga yetgach, orzusidagi inson bilan birga to‘p surish imkoniga ega bo‘ladi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, «ustoz-shogird»ning yo‘llari ayro tushadi: Chiro Turinga, Fabio esa «Parma»ga transfer qilinadi. Shunga qaramay, oradan yillar o‘tib, ularning yo‘llari yana kesishadi: o‘n yillik faoliyatdan so‘ng Kannavaro «Yuventus»ga qabul qilinadi, Ferrara esa ana shu voqeadan bir yil o‘tib, katta futboldagi faoliyatini yakunlaydi. Birgalikda o‘tgan o‘sha mavsum esa ikki mohir himoyachini qalin do‘stlarga aylantiradi.

Roberto Bettega (Italiya) - Paolo Maldinining kumiri

Futbol shunday bir ajoyib sport turiki, unda hatto kumirlarning ham o‘z kumiri bo‘ladi. Jumladan, hozirgi zamonning eng kuchli himoyachilari, xususan, Serxio Ramos uchun «etalon» bo‘lgan Paolo Maldini ham yoshligida kimgadir havas qilib to‘p surgan. Eng qizig‘i, bo‘lg‘usi «Milan» afsonasining kumiri «Yuventus» himoyachisi Bettegaga o‘xshashni orzu qilardi. Yosh Paolo sevimli futbolchisi 1982 yilgi mundialda oltin medalga ega chiqolmagani uchun qattiq g‘am chekadi. Negaki, Roberto og‘ir jarohat olib, «Skuadra Adzurra»ning JCHga yo‘l olgan tarkibidan tushib qolgandi. 

 

Yarim himoyachilar

Joan Miku (Fransiya) - Toni Kroosning kumiri

Bir marta jahon, ikki karra YECHL g‘olibi bo‘lishga ulgurgan Toni Kroos yoshligida Joan Mikuning muxlisi bo‘lgan. Shu bois, Toni hadeb ota-onasiga xarxasha qilib, «Verder»ning fransiyalik legioneri to‘p suradigan 10-raqamli libosini olib berishlarini iltimos qilardi. Nihoyat, Kroos 13 yoshga to‘lganida, orzusiga erishdi - tug‘ilgan kunida unga aynan shu libosni sovg‘a qilishdi. «Miku jamoaning o‘yinini boshqarar edi, shuning uchun men uni buyuk futbolchi sifatida bilaman», - deydi Kroos. Buni qarangki, ayni vaqtda Tonining o‘zi eng yaxshi «dirijyor»lar sirasiga kiradi.

Pablo Aymar (Argentina) - Lionel Messining kumiri

Yaxshi bilamizki, Krishtianu Ronaldu o‘ziga nisbatan «yagona va takrorlanmas» jumlalarini ishlatilishini xohlaydi. U hatto, yoshligida kimgadir havas qilganini ham sir tutadi. Messi esa undan farqli ravishda, Pablo Aymar o‘zining kumiri bo‘lgani haqida ko‘p gapiradi. Ayniqsa, vatandoshi «River Pleyt» sharafini himoya qilib yurgan kezlarda Messi uchun Aymardan ko‘ra kuchliroq futbolchi dunyoda yo‘q edi. Leoning so‘zlariga ko‘ra, u Pabloning to‘p bilan ishlashini, texnikasini, kutilmagan yurishlarini ko‘rib, unga o‘xshagan futbolchi bo‘lish uchun tinimsiz mashq qilgan ekan. Natijani esa ko‘rib turibsiz: «shogird» «ustozi»dan shunchalik o‘zib ketdiki, ta’rifga til ojiz...

Bernd Shuster (Germaniya) - Xavining kumiri

Bernd Shuster «Barselona»dagi sakkiz yillik faoliyatdan so‘ng avvaliga «Real», keyin esa  «Atletiko» klublarida to‘p surgan. Oradan yana bir necha yil o‘tganidan keyin esa «Qirollik klubi»ni boshqargan. Xavi esa Shuster hatto Madrid klubiga o‘tib ketganidan so‘ng ham uning muxlisi bo‘lib qolaverganini qo‘rqmay tan oladi. «Men Bernd Shusterdan juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Zero u mening yoshlikdagi kumirim bo‘lgan. Yarim himoya markazida o‘ynay boshlaganimda, Shusterning harakatlarini diqqat bilan kuzatardim. Keyinroq esa uning o‘yinidan namuna ola boshladim: birtepar uslub, kerakli vaqtda tezlikni oshirish, raqib himoyachilari orasidan o‘tib ketish va hokazo...»

Devid Bekxem (Angliya) - Antuan Grizmanning kumiri

Bekxem va Grizmann o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalash uchun Antuan tomonidan aytilgan so‘zlarning o‘zi yetarli: «Men uning ashaddiy muxlisiman. Devid maydonda ham, uning tashqarisida ham ideal inson edi. Doim tartibli, ozoda kiyinardi. 2012 yili Londonda o‘tgan Olimpiya O‘yinlarining ochilish marosimi kechagidek yodimda: u qayiqda suzib keldiyu, ammo soch turmagi «qilt» etgani yo‘q. Sochimni darhol shunaqa turmaklagim keldi... Ha, men chindan ham Bekxemga o‘xshashni istardim. Yugurganimda, qo‘llarimni siltab chopaman, chunki u shunday qilardi. Qayerda bo‘lmayin, imkon qadar 7 raqamni olishga intilaman, chunki u shu raqamda to‘p surardi».

Hujumchilar

Ronaldo (Braziliya) - Zlatan Ibragimovich va boshqa ko‘pchilikning kumiri

So‘nggi avlod hujumchilari (balki boshqa chiziq vakillarining ham)ning eng sevimli futbolchisi. Hattoki, eng «zo‘r», «takrorlanmas» Zlatan Ibragimovich ham aynan «Fenomen»ga o‘xshashni istashini bir necha marta takrorlagan. «U maydonda xuddi sehrgardek ko‘rinardi. O‘ylashimcha, Ronaldogacha hech kim bunaqa o‘yin ko‘rsatmagan. Hozir ham bu hech kimning qo‘lidan kelmaydi. Bunday so‘zlarni Zidanga nisbatan ishlatish ham mumkin. Bu ikki afsonaning maydondagi harakatlarini qoyil qolib kuzatmaslikning iloji yo‘q edi».

Roberto Badjo (Italiya) - Andrea Pirloning kumiri

Futbol ishqibozlari dunyosidagi mashhurlik bo‘yicha hujumchilar orasida Ronaldo bilan faqat Roberto Badjogina raqobatlasha olishi mumkin. «Ilohiy dumcha» millionlab qalblarni, shular qatori, tabiiyki, bo‘lg‘usi yulduzlarni ham o‘ziga rom qildi. «Milan» va «Yuventus»dagi o‘yinlari bilan tanilgan, yoshligida «Inter»ga ishqibozlik qilgan Andrea Pirlo Lotar Mateusga havas qilib ulg‘aygan bo‘lsa-da, qaysi klubda o‘ynashidan qat’iy nazar, Roberto Badjoni o‘z kumiri deb bilardi. 90-yillar oxiriga kelib, Pirloning yo‘li Milanda kumiri bilan kesishdi va hatto, uning raqibi sifatida maydonga tushdi.

So‘nggi so‘z o‘rnida: shubhasiz, biz sanab o‘tgan 11 nafar sobiq futbolchi bilan kumirlardan iborat jamoa mukammal ko‘rinish hosil qilmaydi. Shuningdek, maqsadimiz - eng mashhur sobiq yulduzlardan jamlangan ramziy terma tuzish ham emas. Aks holda, ro‘yxatdan, albatta, Zidan va Maradonalarga ham joy ajratgan bo‘lar edik. Biz shunchaki, Ibragimovichning e’tirofidan keyin to‘la kuch bilan to‘p surayotgan ayrim taniqli futbolchilarning kumirlariga e’tibor qaratdik, xolos. Siz esa tarkibga o‘zingiz istagan afsonaviy futbolchilardan xohlagancha qo‘shib olishga haqlisiz. Lekin avval o‘ylab oling: o‘zi kimga chin dildan muxlislik qilasiz?..

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:42, 26.02.2017. O'qildi: 7219 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Верона Gift Orban 7
5 Милан Rafael Leau 7
6 Болонья Rikkardo Orsolini 7
7 Интер Xakan Chalxanoglu 7
8 Наполи Rasmus Xeylund 6
9 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
10 Рома Matias Soule 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.